tashkillangan sotsial guruh bo„lib, uning a‟zolari umumiy ro„zg‟or,
nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, shuningdek, jamiyatning
jismoniy va ma‟naviy o„z-o„zidan qayta ishlab chiqarilish ehtiyoji bilan
shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‟langan».
Oila sotsial instituti er-xotin, ota-ona va farzandlararo munosabatlarni
tartibga soluvchi ma‘lum sotsial me‘yorlar, sanksiyalar, xulq-avtor
namunalari, huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi.
Oilaning jamiyatda tutgan o‗rni va rolini boshqa sotsial institutlar
bilan qiyoslab bo‗lmaydi. Zero, aynan oilada shaxs shaklllanadi va
rivojlanadi. Bolaning jamiyatga keskin zarbalarsiz moslashishida zaruriy
sotsial rollar o‗zlashtiriladi. Shu bois, oila tarbiyaning birlamchi instituti
sanaladi. Inson u bilan aloqani butun umri davomida his etadi.
Aynan oilada inson ma‘naviyatining asoslari quriladi. Xulq-atvor
me‘yorlari shakllanadi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari
ochiladi. Oila birgina shaxs shakllanishiga turtki bo‗lib qolmay, insonning
o‗zligini anglashiga, uning sotsial, ijodiy faolligiga turtki beradi,
individualligini ko‗rsatadi.
Oila sotsial institut sifatida so‗zsiz, jamiyat ta‘siri ostidadir. Uning
rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh oila alohida
sotsial qimmatga ega. Zero, oilaning ushbu turi sotsial-iqtisodiy va
demografik o‗zgarishlarning muhim omili sifatida xizmat qiladi.
Jamiyatning birlamchi sotsial nuqtasi sifatida oila insoniyatning
biologik mavjudligi va madaniy an‘analar vorisiyligini ta‘minlaydi. Uning
ko‗plab funksiyalari, jumladan: reproduktiv, ijtimoiylashuv, iqtisodiy,
xo‗jalik-ro‗zg‘or, hissiy, jinsiy, birlamchi sotsial nazorat sohasi, bo‗sh vaqt,
ma‘naviy muloqot va boshqalar bo‗lib, ushbu funksiyalar inson va jamiyat
hayotini uzviy bog‘liqligini ta‘minlaydi.
Oilada individ insoniy muloqot me‘yorlari va qoidalarini o‗zlashtiradi.
Har bir oila millat, din, davlat doirasida o‗z madaniy muhitini yaratadi. Oila
a‘zolariga o‗zgacha xususiyatlarni taqdim etadi. Oilaga tarkibiga kirish,
uning a‘zosiga aylanish – bu uning submadaniyatini qabul qilish va
o‗zlashtirish deganidir
7
.
7
Социальная работа. – Ростов н/Д: Феникс, 2003. – С. 291.
14
Zamonaviy sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda
oilaning turlicha shakllarini uchratish mumkin:
- bolalar soni bo‗yicha; farzandsiz, kam farzandli, ko‗p farzandli
(milliy va madaniy xususiyatlardan kelib chiqib),
- tarkibiga ko‗ra: to‗liqsiz (ota-onaning biri bilan yashovchilar),
nuklear-oddiy (ota-ona va bolalar), murakkab (kengaytirilgan, bir necha
avloddan iborat, ko‗p avlodli),
- yetakchilik, huquq va majburiyatlar taqsimotining tuzilmasiga ko‗ra:
egalitar (demokratik), an‘anaviy (avtoritar),
– geografik belgilariga ko‗ra: shahar, qishloq oilalari,
- oilaviy hayot tajribasiga ko‗ra: yosh oila, o‗rta yoshli oila, uchinchi
yoshdagi oila (pensionerlar),
- daromad darajasiga ko‗ra: yuqori daromadli, o‗rtacha ta‘minlangan,
kam ta‘minlangan, daromad manbai iste‘mol minimumidan oshmaydigan
(bu kabi oilalar daromadining 85% oziq-ovqatga sarflanadi),
- oilaviy hayotning o‗ziga xosligiga ko‗ra: talabalar oilasi, masofaviy,
nikohsiz,
- bo‗sh vaqtni o‗tkazish bo‗yicha: ochiq, yopiq,
- ruhiy sog‘liq darajasi bo‗yicha: sog‘lom, nevrotik, viktimogen
(zo‗ravonlikka moyil) oila.
Dunyo
miqyosida
sodir
bo‗layotgan
globallashuv
va
modernizasiyalash
jarayonlari
oilaning
individuallashuvi
va
avtonomlashuvini o‗sishiga olib keldi. Buning oqibatida ajralishlar soni
oshadi, tug‘ilish darajasi tushib ketadi, nikohsiz farzandlar tug‘ilishi o‗sadi,
yolg‘iz insonlar soni oshib boradi. Bularning barchasi xorijlik ko‗plab
tadqiqotchilarni oila inqirozi, hattoki, uning sotsial institut sifatida
tanazzulga uchrashi va yo‗q bo‗lib ketishi haqida gapirishlariga turtki berdi.
Ammo, O‗zbekistonda oila 62,2% holatda ustuvor ahamiyatli milliy
qadriyat sanaladi
8
. O‗zbekiston aholisining har 9/10 oilada istiqomat qiladi.
Ulardan 35% paritarxal oilalarda yashaydilar. Shu bois, mamlakatimizda
oilaning yangi shakllari an‘anaviy oilalarning butunlay yo‗qolib ketishiga
olib kelmaydi.
8
Социальный портрет узбекистанца. Результаты социологического исследования. – Ташкент:
Центр «Ижтимоий фикр», 2002. – С.
15
Oila insonlarning eng qadimiy birliklaridan biridir. Oila sinflar,
xalqlar va davlatlardan ancha oldin paydo bo‗lgan. Oilaning ijtimoiy
muhimligi va unga bo‗lgan qiziqishning so‗nmasligi, avvalo, oilaning
hayotni – inson zotini ishlab chiqarish, farzandlarni tarbiyalash, inson
ehtiyojlarini eng qulay shaklda qondirilishiga asoslanadi. Oila nikoh,
qarindoshlik, ma‘naviy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida
insonlarni biriktiruvchi jamiyatning kichik bir bo‗lagidir. Oila va
jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Insonning
dunyoga kelishi yangi avlodning paydo bo‗lishi – avlodlar almashinuvi
asosan oilada sodir bo‗ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs
sifatida shakllanishiga qadar lozim bo‗lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila
muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh urug‘iga, qariyalarga,
umuman atrof muhitga bo‗lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi.
Shu bilan birga oila urf-odatlarni, qadriyatlarni avloddan avlodga
yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi. Oila asosini erkak-ayol
munosabati emas, balki er bilan xotin, ota-ona bilan bolalar
munosabatlari ifodalaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
oila taraqqiyotiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Oiladagi ta‘lim tarbiya
xususiyatlari esa jamiyatda o‗z aksini topadi. Shuning uchun oila va
jamiyat o‗zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Oila jamiyat mahsuli sifatida
o‗zini tashkil topishi, mavjudligi va rivojlanishi bilan jamiyat oldida
qarzdordir.
Oila va gender sotsiologiyasi endi rivojlanib kelayotgan fan bo‗lib
hozirda rus va chet el olimlarining ushbu soha bo‗yicha nikoh va oila
munosabatlari haqidagi asarlarida keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Oila
va gender sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davlatlarda
uzoq vaqt va ko‗p qirrali bo‗lgan. U ko‗p, aniq faktlarga asoslangan
ma‘lumotlarni, oila va nikohga bo‗lgan turli qarashlarni tahlil qilish va
ularni barcha zamonlardagi mutafakkirlar tomonidan ma‘nosiga
tushunish kabi bosqichlardan o‗tgan. Oila va gender sotsiologiyasida
nikoh uchta asosiy yo‗nalish ajratiladi:
1. Nikoh, oila va gender munosabatlar tarixini o‗rganish;
2. Oila, nikoh instituti va gender tengsizlikning mavjud holati;
16
3. Zamonaviy oila va nikoh hamda gender muvozanatni tahlil
qilish.
Tarixiy yo‗nalishda turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda oilani kelib
chiqishi va rivojlanishi o‗rganiladi. O.Kont fikricha, oila jamiyat va
individni bog‘lab turuvchi bo‗g‘im sanaladi. Jamiyat va individ o‗rtasida
turuvchi oila haqiqiy hayotiy birlik sanaladi.
Amerikalik sosiolog X.Kristensen ma‘lumotlariga ko‗ra, oilani
tizimli o‗rganilishi XIX asrning oxirida boshlangan. Bunga qadar oila va
nikohga bo‗lgan qarashlarga din, mifologiya, falsafa o‗zining kuchli
ta‘sirini ko‗rsatgan. Ma‘lumki, Platonning sotsiologik konsepsiyasida
jamiyatning manfaatlari shaxs manfaatlaridan ustun turadi. «Benuqson,
yuksak davlat – ayollar va farzandlar birligidir. Har bir nikoh davlatga
foyda keltirilishi lozim» - deb yozgan Platon. Aristotel tahmin qilishicha
sog‘ insonning tabiati uning siyosiy tizimga «kirishib ketishi» bilan
aniqlanadi. Har qanday oila esa davlatni bir qismini tashkil etadi. Ingliz
faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679) ma‘naviy va fuqarolik
muammolarini
ishlab
chiqayotib,
nikohga
nopok,
muqaddas
tuyg‘ulardan holi bo‗lgan bir narsa deb qarashgan fikrlarni rad etdi. U
nikohga uning ma‘naviy qadriyatlarini qaytishini xohlardi. XVIII asr
ma‘rifatparvari, o‗zining alohida demokratizmi bilan ajralib turgan Jan
Dostları ilə paylaş: |