Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


25 
2-MAVZU. “OILA” TUSHUNCHASI, UNING TURLARI VA 
VAZIFALARI 
1. Oila kichik sotsial gurux sifatida.
2. Oila va nikohning institusional funksiyalari.
3. Oilada reproduktiv xulq-atvor.
4. Oila-nikoh, qarindosh-urug‘ tipologiyasi. 
 
Oilani ijtimoiy institut sifatida o„rganish 
Ijtimoiy institutlar (lotincha – uskurta, muassasasi) – bu 
odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilgan tarixiy turun shakllar, 
«Ijtimoiy institutlar» termini har xil ma‘noda ishlatiladi. Masalan: oila, 
institut, soliqni saqlash institut, davlat instituti va boshqalar. Tartibga 
solish, shakllantirish va standartlashtirish jarayoni esa institutlashtirish 
deb ataladi. 
Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
1. Ijtimoiy institutlarni paydo bo‗lishining zarur shart-
sharoitlaridan biri shunga xos ijtimoiy talabalarning paydo bo‗lishidir. 
Institutlar odamlarning u yoki bu talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
birgalikda faoliyat ko‗rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini 
paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi, jinslar va 
avlodlar o‗rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Oliy 
ma‘lumot instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi, 
odamlarga o‗zini turmushini ta‘minlash uchun o‗z qobiliyatini 
rivojlantirish, namoyon etish, realizasiya uchun imkon beradi. 
2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o‗zaro hamkorlik, aniq shaxs, 
ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatining asosida tashkil 
qilinadi. Ammo boshqa ijtimoiy tuzumlar kabi ijtimoiy institut 
hamshaxslar va ularning hamkorligiga qo‗shilmaydi. Ijtimoiy institutlar 
xususiy tavsifga ega, o‗zining xususiy tizimi va sifati bor. Binobarin, 
ijtimoiy institut o‗zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy 
ta‘limdir. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy institutlar turgan tarkibiga ega, 
elementlarning integrallashgan va funksiyalarining ma‘lum bir 
o‗zgarishga ega tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida qurilishi mumkin. 


26 
Bu qanday tuzumlar? Ularning asosiy elementlari nimalardan 
iborat? Eng avvalo, bu qadriyatlar, me‘yorlar, g‘oyalar, shuningdek
odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarining faoliyati 
namunasi, tuzimidir. Bu tuzum odamlarning to‗g‘ri yurish-turishiga 
kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal 
etadi. U yoki bu jamoa jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlikni holatini 
saqlaydi. 
3. Uchinchi, institutlashtirishning eng muhim elementlaridan biri-
ijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut 
moddiy manba bilan ta‘minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni 
bajarayotgan shaxslar, muassasalar majmui bo‗lib ko‗rinadi. Shunday 
qilib, oliy ma‘lumot instituti ma‘lum bir shaxslar majmui: o‗qituvchilar, 
xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo‗lib, muassasa yoki 
oliy maktab bo‗yicha Davlat qo‗mitasi chegarasida harakat qiladilar va 
o‗z faoliyati uchun ma‘lum qimmatli materiallardan foydalanadilar 
(binolar, moliya va boshqalar). 
Har bir ijtimoiy institut o‗z faoliyati maqsadiga, shu maqsad 
yo‗liga aniq ish harakatiga, ijtimoiy dunyoqarash rollari to‗plamiga ega. 
Yuqoridagilarga asoslanib, ijtimoiy institutni quyidagicha ta‘riflash 
mumkin. 
Ijtimoiy institutlar-bu aniq ahamiyatga ega ijtimoiy vazifani 
bajaruvchi, o‗zining a‘zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida 
birgalikda ijtimoiy qadriyatlar, me‘yoriy va yurish-turish namunalari, 
vazifalarini bajarish yo‗lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni 
ta‘minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir.
Har bir institut o‗ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu ijtimoiy 
vazfalar to‗plami ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari 
darajada tashkillanadi. Bu vazifalar rang-barangdir. Nisbatan to‗la va 
qiziqarli tasnifni «institutlashtirish maktabi» deb ataluvchi maktab 
vakillari taklif qilishdi. Bu maktab vakillari S.Lipset, D.Landberg va 
boshqalar. Ijtimoiy institutning to‗rtta asosiy vazifalarini belgilashdi.
1. 
Jamiyat a‘zolarini yetishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy 
institut oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalan-
davlat; 


27 
2. 
Ijtimoiylashtirish-odamlarga mazkur jamiyatda o‗rnatilgan 
yurish-turish namunalari va faoliyat usullarini taqdim qilish (oila, ta‘lim, 
diniy usullar orqali). 
3. 
Ishlab chiqarishga va taqsimlash ijtimoiy-iqtisodiy va nazorat 
institutlari orqali ta‘minlashadi; 
4. 
Boshqarish va nazorat ishlari tartib-intizomining taalluqli 
turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy me‘yor va ko‗rsatmalar: axloqiy va 
huquqiy me‘yorlar, udumlar, ma‘muriy qarorlar orqali amalga oshirildi.
Ijtimoiy institutlar shaxslarining yurish-turishini rabatlantirish yoki 
tanbeh yo‗li bilan boshqaradi. Ijtimoiy institutlar bir-biridan o‗zlarining 
faoliyati sifati bilan farq qiladi: 
1. Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar-mulkchilik, almashtirish, pul 
banklar, turli xil xo‗jalik birlashmalari-ishlab chiqarishning to‗la 
majmuini va jamiyat boyligining taqsimlashi ta‘minlaydi. 
Ayni paytda ijtimoiy hayotning boshqa muhitini iqtisodiy hayoti 
bilan birlashtiradi. 
2. Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa 
jamoa tashkilotlari siyosiy hukumronlikni aniq shakllarini qo‗llab-
quvvatlovchi va shu hukumronlikni o‗rnatuvchi siyosiy maqsadni 
ko‗zlaydilar. Ularning barchasi mazkur jamiyatning siyosiy tuzimini 
tashkil qiladi. 
Ijtimoiy 
institutlar 
g‘oyaviy 
qadriyatlarni 
saqlash, 
jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibini ustivor bo‗lishni ta‘minlaydi. 
3. Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o‗z oldiga madaniy 
hamda ijtimoiy qadriyatlarni o‗zlashtirish va rivojlantirish, shaxsni aniq 
bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek, ijtimoiy-madaniy intizom 
standartini o‗zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me‘yorlarini 
himoyalashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi.
4. Me‘yoriy mo‗ljal mexanizmlarni axloq, etikani o‗zlashtirish va 
shaxs intizomini tartibga solish. Ularning maqsadi intizom va yurish-
turishga axloqiy dastak, estetik asos berish. Bu institutlar hamkorlikda 
umuminsoniy qadriyatlar, intizomning maxsus kodeksi va etikasini 
tasdiqlaydilar. 


28 
5. Me‘yoriy sanksiyalovchi-huquqiy va ma‘muriy aqidalarda 
belgilangan me‘yor, qoidalar va ko‗rsatmalar asosida umumijtimoiy 
intizomni tartibga solish. Me‘yorning majburiyligi davlat va taalluqli 
sanksiyalar tizimining majbur qiluvchi kuchi orqali ta‘minlanadi.
6. Marosim-timsol va vaziyat konvension institutlar. Bu institutlar 
(shartnoma asosida) qisqacha yoki uzoq vaqtga konvensiya me‘yorlarini 
qabul qilishga asoslangan. Bu me‘yorlar kundalik to‗qnashuvlarini, turli-
tuman guruhlar yoki guruhlararo intizomni tartibga soladi. Ular tartib-
intizomning tartibini aniqlaydilar, axborot almashish usullarini vaqt 
soatini 
belgilaydi. 
Salomlashish, 
murojaat 
qilish, 
masjislarni, 
yig‘ilishlarini qandaydir birlashmalar faoliyatini soatini ham belgilaydi. 
O‗zaro me‘yoriy hamkorlik (ijtimoiy muhit bilan) ijtimoiy institut 
disfunksiyasi deyiladi. Avval aytib o‗tganimizdek, ijtimoiy institutning 
aniq harakat qilish va vakillashtirish asosiy u yoki bu ijtimoiy talabalarni 
qondirishdir. Ijtimoiy jarayonlarning jadal oqimi, ijtimoiy o‗zgarishlar 
tempining tezlashishi sharoitida jamiyat talablari o‗ziga xos ijtimoiy 
institutning faoliyati va tarkibida o‗z aksini topa olmasligi ham mumkin. 
ularning faoliyatlaridan disfunksiyalar paydo bo‗lishi mumkin. 
Disfunksiyalar maqsadining aniq emasligi, uning ijtimoiy nufuzini va 
obro‗yi tushganda alohida faoliyatini «Timsoliy» faoliyatini paydo 
bo‗lishida, 
ya‘ni faoliyatining samarali maqsadga erishishiga 
qaratilmaganligida ifodalanadi. 
Jamiyat talabi qondirilmaganligi natijasida hayotiy me‘yoriy 
tartibga solinmagan, institut disfunksiyaning to‗ldirishga intilgan, shu 
maqsadda joriy me‘yor va qoidalarini buzilishlar ro‗y beradi. Bu xil 
faolliklar huquqqa qarash faoliyatlarda ifodalashi mumkin. Ayrim 
iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «tenevaya ekanomika» ya‘ni 
chayqovchilik, poraxo‗rlik, o‗g‘rilik va hokazolarga sabab bo‗ladi. 
Disfunksiyani ijtimoiy institutining o‗zini o‗zgartirish yoki bo‗lmasa 
yangi mazkur jamiyat talabini qondiruvchi institut yaratish yo‗li bilan 
bartaraf qilish mumkin. 
Tadqiqotchilar 
ijtimoiy 
institutlarning 
ikki 
xilini 
ajratmoqdalar: Oddiy va murakkab xillari. Oddiy ijtimoiy institutlar-
ijtimoiy ahamiyatga ega, aniq vazifani bajarayotgan odamlardan tashkil 


29 
topgan birlashmadir. Ular birgalikda va maqsadini ko‗zlaydilar, shu 
maqsad yo‗lida har bir odam o‗zining ijtimoiy vazifasini bajaradi. Bu 
saviyada boshqaruvchi tizim mustaqil tizim sifatida ajralmagan. Ijtimoiy 
qadriyatlar, ma‘naviyatlar, me‘yorlar o‗zlari ijtimoiy institut faoliyatini 
ta‘minlaydilar. 
3. 
Oddiy 
ijtimoiy 
institutning 
namunasi-oila 
institutlar 
A.G.Xarchyov oilani nikoh va qondoshlikda asoslangan umumiy 
maishat va o‗zaro javobgarlik bilan bolangan odamlar birlashmasi deb 
ta‘riflaydi. Oilaviy munosabatlar eng avvalo, nikohdan boshlanadi. 
Nikoh-ayol va erkak munosabatlarini tarixiy o‗zgaruvchan ijtimoiy 
shaklidir bu munosabatlar orqali jamiyat ularning jinsiy hayotining 
tartibi va huquqlarini belgilaydi. Ularning qondoshlik va er-xotinlik 
huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ammo oila nikohga nisbatan 
ancha murakkab munosabatlar tizimini belgilaydi. Chunki u nafaqat er-
xotinning balki bolalar va boshqa qarindoshlarni birlashtiradi. Shuning 
uchun oilaga faqat nikohda birlashgan guruh sifatida emas, ijtimoiy 
institutlar sifatida, ya‘ni inson avlodini davom ettiruvchi o‗zaro 
hamkorlik va munosabatlarning aniq qadriyatlar va me‘yorlar asosida 
faoliyat ko‗rsatuvchi shaxslarning aloqaviy tizimi sifatida qarash joizdir. 
Bu institut keng ko‗lamda ijtimoiy nazorat ostiga olingan. 
Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o‗tadi. Bu 
bosqichlarning ketma-ketligi oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini 
tashkil qiladi. Tadqiqotchilar bu jarayonda turli fazalarni ajratmoqdalar. 
Ammo ularning ichida eng asosiylari quyidagilardir.
A) birinchi nikohdan o‗tish-oilani tashkil bo‗lishi. 
B) bolalanishning boshlanishi - birinchi bolaning tug‘ilishi. 
V) bolalanish nihoyasi-kenja bola tug‘ilishi. 
G) «bo‗shagan uya» oxirgi farzandning nikohi va uning oiladan 
bo‗linishi. 
D) oilaning tugatilishi-er-xotinlardan birini o‗limi. 
Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish 
aqidalari mavjud: nikoh shakliga qarab oila manogom va poligam 
oilaga bo‗linadi.


30 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin