209
tutishimiz darkor. Zero, «Qari bilganni pari bilmas», deb xalqimiz bejiz
aytishmagan. Biroq, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyaning kirib
kelishi, ularni o‗zlashtirishda ma‘lum mahoratni talab qiladi. Afsuski,
hozirgacha kompyuterda ishlashni o‗rgana olmayotgan katta yoshli
rahbarlarni uchratish qiyin emas. SHu jihatdan olganda, yosh rahbar
ko‗pincha tashkilotga ilg‗or texnologiya va tezkorlik olib kiruvchi omil
sifatida qabul qilinadi.
YOsh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‗rtacha
yosh ko‗rsatkichi ko‗pincha past bo‗ladi. YOshlik (30-35 yosh atrofida)
bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‗rqmaslik va
o‗zgaruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski,
bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yuqori) xodimlarga, hatto,
shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida
o‗z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‗z sohasidagi bilimni yaxshi
egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‗zida ishtiyoq sezadi. SHu bilan
birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati
shakllanadi.
Albatta, hamma yosh rahbar ilg‗or texnologiya tarafdori va shunga
moyil deb aytish qiyin, lekin yoshlarga zamonaviylik xos. Bu esa o‗z
navbatida, yosh rahbarning zamonaviy va ilg‗or ishlab chiqarish
uslublariga murojaat etish ehtimolini kuchaytiradi. Xalqimizda, yoshi
katta bo‗lsa ham ko‗ngli yosh degan ibora bor. Demak, zamonaviy
rahbar yoshidan qat‘iy nazar ilg‗or texnologiyalar tarafdori, tashkilot
miqyosida zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga qobiliyatli bo‗lishi
lozim. Bu esa o‗tish davri talabidir.
Dostları ilə paylaş: