Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta
XULOSA VA TAVSIYALAR Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo’lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so‘zlarda urg’uni to’g’ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlaming aniq artikulyatsiyasini, ulami to’g’ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalami to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg’u. nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o’zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to’g’ri. jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalami hal etishi kerak:
Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bujumlalami erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
Ona tilidagi hamma tovushlami to’g’ri talaffuz etishni shakllantirish.
Har bir tovush, so‘z va jumlalaming aniq, ravshan talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
0‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni so‘z va jumlalami o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bodishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming’irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis - logopedga yuborishlari uchun zarurdir.
"Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilishi zarur.