Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 324,65 Kb.
səhifə15/20
tarix13.04.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#97529
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Amir Temur 222

3-bosqich
YAkuniy
(10 daqiqa)



3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol talabalarni baholash mezoni orqali rag‘batlantiradi.
3.2. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi (5-ilova).

Eshitadi.
Aniqlaydi.

Nazariy qism
IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot
1.Amir Temurning harbiy mahorati
2.Amir Temurning harbiy yurishlari .
3.Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo‘llagan taktik qoidalari va harakatlari


Darsning o‘quv va tarbiyaviy maqsadi: ushbu mavzu orqali renessansning vujudga kelishi hamda buyuk allomalarning ilm fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini tarixiy manbalar asosida yoritib, buyuk allomalar ilmiy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
Dars metodi: “Aqliy hujum”, “Ma’ruza-suhbat”talabalar diqqatini mavzuning muhim savollariga jalb qiladi, savollar ma’ruza boshida va uni o‘tkazish davomida tavsiya etiladi.
Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi o‘ziga hos hususiyatlarga ega edi. Qo‘shin etti kiyom-etti qo‘lga ajratilgan, kismlarning jang maydonida hamda yurish vaktida talab darajasida harakat kilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chikilgan, ularni jang paytida operativ boshkarishga alohada katta e’tibor karatilgan. Amir Temur o‘nlik, yuzlik, minglik hamda tuman kumondonlarini tanlash masalasiga bevosita rahbarlik kilgan. Lashkarboshilik salohlyatiga ega bo‘lgan qo‘mondonlarning tug‘ri tanlanganligi va o‘z joyiga kuyilganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffakiyatli yakunlanishiga sezilarli ta’sir kursatgan.
Sohibkironning harb san’ati rivojiga kushgan ulkan hizmatlaridan yana biri - qo‘shin kanotlarini jang chogida dushman hujumidan muhofaza kilish va aksincha, dushman kuchlarini yon tomonidan aylanib utib, unga ort tomondan zarba berish maksadida to‘zilgan otlik kismning joriy etilishi dir. Bunday mutlako yangi harbiy qiem, tarihning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrih CHingizhon kabi dongdor sarkardalar qo‘shinida bulmagan. Fakat XIX aerning atokli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo‘shin kanotlarini himoyalovchi kiyom mavjudligini ko‘zatish mumkin. Harbiy mutahassislarning kayd etishicha, Napole­on Bonapart SHark mamlakatlariga harbiy safar kilishdan avval Amir Temur armiyasi to‘zilishini, uning jang olib borish yul-yuriklarini sinchiklab urgangan, zarur topgan tak­tik usullarni o‘zlashtirgan.
Amir Temur dushmaniga qo‘qqisdan qaqshatkich zarba be­rish usuli bilan shuhrat kozongan edi. Ganim o‘rdagohi aniklangach, aksariyat hollarda Sohibkiron unga mahfiy yoki o‘tish o‘ta mashakkatli bo‘lgan, hech bir kimsaning oyogi etmagan dovonlar, daralar, so‘qmoklar, tog‘u toshlar orkali, tunda ulovlarni jilovidan tutgan tarzda yaqinlashar, quyosh o‘zining zarrin nurlarini bepoyon zamin o‘zra socha boshlashi bilan g‘aflat uyqusida yotgan dushmanga quyundek yopirilar edi.
Amir Temur harbiy yurishlarga kuprok ko‘klam, yoz va ko‘z oylarida otlanishni ma’kul ko‘rar, kishning qahraton kunlarini aksar qishlov uchun mo‘ljallangan kishloklarda utkazardi. Jangu jadal va muhoraba anjomlari tartibga solinib, jibahona, ya’ni kurol-yarog omboridagi jibalar sipohiylarga o‘lashilib, yurish muhlati etib kelgach, qushin otlarga mingan. Ayni paytda ugruk (oboz) ham yulga chikkan. Sohibkiron harbiy kuchlarining umumiy mikdori 800 ming atrofida bulishiga karamay, yirik yurishlarda ishtirok et­gan lashkar soni 100 ming bilan 250 ming atrofida bo‘lgan. 1404 yil ohirida Hitoy safariga otlangan qo‘shin soni 272 ming 612 kishidan iborat edi.
SHarafuddin Ali YAzdiyning ta’kidlashicha, safar tarti- biga kura har bir tumanbegi, mingbegi, yuzbegi, unbegi o‘z darajasi, mavkei va safda egallagan urniga karab qiyom va bulinmalari bilan jangovar tartibda harakat kilgan. Tar- tibni bo‘zgan shahe oliy bosh Qo‘mondontomonidan kattik jazolangan164. Qo‘shin dam olishga tuhtaganda yoki janggohga tushganda lashkargoh atrofi bir-biriga zanjirband kilingan aravalar bilan mahkam uralgan, shoh-shabbalar bi­lan tusilgan, girdiga chetan-chapar kuyilgan, ichiga mundu urnatilgan handakdar bilan ihota kilingan. Istehkom kun- do‘zgi - yazak va tungi - taloya sokchi bulinmalar yordamida kurikdab turilgan. Fanimning korasi kurinishi bilan lash- kar handakdan chikkan hamda jangovar saf to‘zgan holda unga karshi yuzlangan. YUrish yoki muhoraba chogida boshboshdoklik hamda parokandalikka yul kuymaslik maksadida har bir bulinma, guruh qiyomning o‘z uron - paroli belgilangan.
Aksariyat vaziyatlarda ganimni janggohga kiritish mak­sadida Sohibkiron o‘zini zaif kilib kursatar edi. Ushbu strategik hiyla (savkul-jaysh) kup hollarda muvaffakiyat keltirgan.
Muholifatchi lashkar bilan dastlabki tuknashuvni raz­vedka vazifalari bilan mashgul bo‘lgan engil suvoriylar, ya’ni, korovul boshlab bergan. SHundan sung, ung va chap kanot ilgor kismlari - barangar hiravuli va juvangar hiravuli madadida asosiy ilgor qiyom manglay jangga kadam kuygan. Manglay ortidan barangar hamda juvangarning kolgan ikki bulagi, ya’ni chapavul va shakavul peshma-pesh harakat kilgan. Mabodo ushbu kuch dushmanni maglub etishga kifoya kilmasa, u holda bosh kumondon-amirul-umaro boshchiligidagi etakchi kuchlar-kul (gul) hal kiluvchi hujumga tashlangan.
Muholif lashkardan kochish belgilari va maglubiyat alomati zohir bulib kolgach, uni ta’kib etish uchun chapdast suvoriylardan to‘zilgan kuvgunchi tayin kilingan. Kuvgunchilar shikaet topganlarga shunday shiddat bilan hamla kilganki, dushman otliklarida ot surishga majol, piyodalar uchun kochishga panoh kolmagan. Kal’a yoki kurgonga chekinib, mustahkamlanishga ulgurgan ganim muhosara kilingan.
Kal’a devorlari yakinida manjaniklar kurilib, galtaklar ustiga urnatilgan arrodalar tiklanib, kamaldagilarga karata har tarafdan toshlar irgitilgan, ra’dlar ishga so- lingan. Borular ostida nakblar kavlangan. Devorlarda ochil- gan rahnalar orkali askarlar selday ichkariga yopirilib kira boshlagan. Kal’aga turt tarafdan kuyunday yopirilib kelayotgan askarlar kamal ahli tomonidan otilayotgan uk, nayza, tosh ba’zan yonayotgan moddalardan saklanish uchun boshlari- ni tusib, devorlarga kuyilgan narvon, yo bulmasa tashlangan arkon va halkalar yordamida yukoriga ko‘tarilgan.
Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod kilish, ganim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo‘lgan shaharlariga kukkisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliklarini va ayniksa, lashkarboshilarini hibsga olish, kal’a hamda kurgonlarni o‘zok muddat davomida muhosara kilish, yov kuchlarini iloji boricha keng kamrovda kurshab olish, uning kishlok, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni ba- tamom yakson etgunga kadar ta’kib kilish, fath bo‘lgan yurtlarni boshkarish uchun o‘zining ishonchli vakillarini tayin- lash singari strategik maksadlarni ko‘zlab ish yuritish Amir Temurga kuplab zafarlar olib keldi.
Amir Temur armiyasida ichiga yonuvchi modda-naft solingan ko‘zachalar, irgituvchi ut sochish kuroli-ra’dning o‘zluksiz ishlab turishini ta’minlovchi mahsus tupchilar-ra’ dandozlar mavjud bo‘lgan. Mustahkam kal’a va kurgonlarni kamal kilishda, dushman kuchlariga kirgin keltirishda samarali kurol hisoblangan ra’dni bopщaruvchi tupchilarning soni, Nizomuddin SHomiyning fikricha, 10 ming kishiga etgan. Ra’dandozlar Amir Temur tomonidan ilk marta 1379 yili Urganchni muhosara kilish vaktida jangga solingan.
«Amir Temur to‘zuklari»da kayd etilishicha, qo‘shin Kumondonlari safiga Amir Temur oliyhimmat, okil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jon- dilini bagishlagan iste’dodli shahslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan. Har bir bek yoki amir o‘z noi-
bi - urinbosariga ega bo‘lgan. Biror bek yoki amir hayotdan ko‘z yumgan takdirda noibi uning urnini egallagan.
YOvning askariy gurudini tor-mor etgan mingbegi birin­chi darajali amir unvoniga, yirik dushman kismini maglub etgan birinchi darajali amir o‘z navbatida ikkinchi dara­jali amir mansabiga va shu yusinda o‘zga bek hamda amirlar yukorirok harbiy martabaga kutarilib borgan. Janggohaa mardlik va kadramonlik ko‘rsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba’zi sabablarga kura jang maydonini tashlab kochgan askarlar ulja taksimotida ishtirok etishdan madrum kilingan. Mudorabadan yarador bulib kaytgan shahs- larning izzat-durmati joyiga kuyilgan, ularga Amir Temur­ning marhamati kursatilgan.
Biror kishvarni fath kilgan yoki ganim armiyasini maglubiyatga uchratgan sarkarda uchun uch hil mukofot ta’sis etilgan ya’ni sharafli badodir unvoni damda tug va nogora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muholifatchi taraf taht vorislari radnomoligidagi qo‘shinni parishonlikka solgan amir yoki bekning ham shavkati ziyoda kilingan.
Jangu jadal chogida shijoat kursatib, dushman gurudini kochirishga muyassar bo‘lgan unbegi shahar dorugasi, yuzbegi esa viloyat dokimi vazifasiga tayinlangan. Dushman usti­dan zafar kuchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi bilan takdirlangan.
Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga usha erlar ma’lum shart va imtiyozlar asosida bajarilish uchun suyurg‘ol tarzida inoyat kilingan. Amir Temur va temuriylar davrida suyurg‘ol er egaligining keng tarkalgan turlari- dan biri bulib, nasldan naslga o‘tgan. Suyurgol egasi davlat hisobiga tulanishi zarur bo‘lgan eoliklardan ozod kilingan. Bunday suyurgol turi «darbasta suyurg‘ol» deb yuritilgan.
Dovyurak pahlavonlar harbiy yurishlarda ko‘rsatgan jasoratlari uchun baland darajaga erishib, baobru kishilar qatoridan o‘rin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa’ kamar, qilich va saman ot kabi pahlavonlik nishonlari bilan e’zozlangan. Botirlarning kupchiligi keyinchalik unlik, yuzlik mingliklarga kum°ndonlik kilishdek mas’uliyatli vazifalarga qo‘yilgan
YUkorida tilga olingan un ikki amirdan har biri o‘z dovul (tabl) va bayrogiga ega bo‘lgan. Bosh Qo‘mondon nog‘ora hamda alamdan tashqari burg‘u, tumantug‘ va chortug‘ bilan nishonlangan.
Mingbegi tug‘ va karnayga ega bo‘lgan. YUzbegi va o‘n begiga nog‘ora berilgan. Turli qo‘shin, ya’ni qiyom qo‘mondonlari tegishli nishonlar bilan ta’minlangan. Beklarbegi yoki amirul-umaro bayroq, nog‘ora chortug‘ va burg‘u singari nishonlarga sazovor bo‘lgan.
Rui Gonsales de Klavihoning ta’rifiga ko‘ra, temuriy lashkarboshi tinchlik chogida zarhal ip bilan tikilgan havorang satin kuylak kiygan. Uning boshida dur hamda boshka kimmatbaho toshlar qadalgan burk bo‘lgan. Burkning ostidan uch qator kilib urilgan ikki kokil elkaga tushib turgan. Elchi bu yusinda ilgan sochlar Amir Temur askarlarining nishoni ekanligini alohida kayd etadi.
Harbiy yurish yoki razmdan oldin qo‘shinni ko‘rikdan o‘tkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash an’ana tusiga kirgan. Amir Temur qo‘shinning jangovar holatini sahro, dasht va yaylovlarda nazardan o‘tkazib, imtihon qilar edi. Etarli mikdordagi lashkar jam bo‘lgach, barcha qo‘shin turlari-yoychilar, nayzadorlar, sangandozlar, tahshandozlar, manjanik, arroda va tiricharh otuvchilar hamda boshka askariy qismlar ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rikdan nafakat asosiy jangovar kismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi og‘ir karvon - nug‘ruq (ovoz) ham o‘tkazilgan.
Farmoni oliyga muvofik askarlar boshdan-oyok temir so­vutlar kiyib, zarur qurol-yarog‘larni olib otga minganlar, ko‘rik uchun saflarni rostlaganlar. Maydonda har bir qiyomga taallukli ko‘k, sarik, binafsha, qizil, qora rangdagi bayrok va yalovlar hilpirab turgan. Harbiy musikachilar ijro etayotgan jangovar musiqalar ostida oliy bosh Qo‘mondonqo‘shin kismlarini birin-ketin ko‘zdan kechirib chikkan. Saf tortib turgan jangchilar nayzalarini baland ko‘tarib, hammalari bir maromda kuchli na’ra tortib, suron solib, yurishga shay ekanliklarini izhor kilganlar.
Bir favjning kurol-yarog‘i, a’lam va bayrog‘i, kiyim- kechagi, jibasi qizil, ikkinchi guruhning rangi ko‘k, uchinchi guruhning rangi oq, to‘rtinchi favjning rangi binafsha, beshinchi guruhning rangi sariq va hokazo bo‘lib, barchasi Sohibkironning tahsiniga sazovor bo‘ladi. SHu alfozda tong saharida boshlangan ko‘rik peshin ohirigacha davom etgan.
Amir Temur armiyasi safar paytida kuyidagi jango­var tartibda harakat kilgan. Bosh kuchlardan ancha ilgarida qoravul - avanpost, undan keyin manglay - (hiravul) - avan­gard, barangar, juvangar, qul, chagdavul - arergard yurgan. Qo‘shin ortidan ug‘ruq peshma-pesh kelgan.
Qo‘shinda suvli to‘siklarni kechib o‘tishga alohida e’ti­bor qaratilgan. Daryolarning sayoz erlari go‘zar-kechikka aylantirilgan va soqchi otliq guruhlar tomonidan ehtiyot kilingan. Daryo yoqasiga etib kelgan qo‘shin kechuvdan qism- bo‘lib o‘ta boshlagan. Ko‘klam va ko‘z faslining seryomg‘ir kunlarida daryo suvining kupayishi natijasida go‘zardan o‘tish ancha mushkullashgan. Teran daryolar ustida kayiklar yordamida bog‘langan ko‘prik orqali og‘ir texnika hamda ug‘ruq o‘tkazilgan. Suvoriylar ko‘pincha tezoqar daryolardan otning yugani va yoliga osilgan tarzda, piyodalar esa meshlar ko‘magida osonlik bilan talafotsiz kechib o‘tgan Sohibkiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis, keng va qo‘shin qismlarini joylashtirishga qulay bo‘lishi talab qilingan. Ayniksa, ma’rakagohning ichimlik suvi manbaiga yaqin bo‘lishi hamda razm vaktida kuyosh nurining jangchilar ko‘ziga tushmasligi maksadga muvofik hisoblangan177.

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin