4. Ijtimoiy ishning shakllanishida axloqning roli. Ijtimoiy ish kasb sifatida bir necha bosqichlarda shakllangan bo‘lsa-da, ammo bu masala mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘rganilmagan. Masalan, Markaziy Osiyo hududida ko‘maklashish, hashar, rahmdillik, g‘amxo‘rlik qilish singari ko‘rinishlarda, ijtimoiy yordam ko‘rsatish amaliy-maishiy tarzda amalga oshirilgan. Shu sababli bo‘lsa kerak, falsafa fanlari doktori, professor R.Samarov ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni faoliyat sifatida vujudga kelishini (strukturaviy- funksionalligi jihatidan) to‘rt bosqichga ajratgan. Bular:
1. Yaqin kishilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bosqichi;
2. Jismoniy va ruhiy jihatlardan nogiron bo‘lganlar, keksalar, yosh bolalar va onalarga amaliy yordam ko‘rsatish bosqichi;
3. Boquvchisini yo‘qotganlarga yordam ko‘rsatish bosqichi;
4. Mehnat bozoriga ijtimoiy ishni mehnat turi sifatida kirib kelish bosqichi50.
Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyot-larning tahlili51, umumilmiy va texnik-dasturiy axborotlar52 sharhining xulosasi sifatida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimi kasbiy modelining funksional ko‘rinishi yaratilmagan.
Ijtimoiy xizmatni umumiy tarzda tasniflaganda quyidagi darajalar va toifa-larga bo‘linadi:
Birinchi daraja: yoshi keksalarga; yoshligidayoq (yuvental nogironlar) mehnat layoqatini yo‘qotganlarga; bolalarga; mehnat layoqatini yo‘qotgan xotin-qizlarga; mehnat layoqatini yo‘qotgan erkaklarga; ishsizlarga ko‘rsatiladi.
Ikkinchi daraja: mehnat faoliyati davomida jarohat olganlarga; ko‘p farzandli oilalarga; vaqtinchalik ish joyini yo‘qotganlarga; muhojirlarga.
Uchinchi daraja: yosh oilalarga ko‘rsatiladi; farzand tarbiyasiga band yosh ota-onalarga;
To‘rtinchi daraja: oila xo‘jalik ishlariga ko‘maklashish; madaniy va maishiy ishlarni bajarish; huquqiy va iqtisodiy vazifalarni bajarish uchun va b.
Ijtimoiy ishni kasb sifatida shakllanganligi tarixiga nazar solsak, bunda quyidagi omillarni alohida inobatga olish lozim deb hisoblaymiz: