Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi: oliy toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-logik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada besh-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
birinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada uch-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
ikkinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada bir yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
toifasiz – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-logik, yuridik) oliy (bakalavriat) ma’lumotga ega bo‘lishi, ish staji talab etilmaydi484.
Ijtimoiy ishchilar vaziyatning ekspert baholash va aralashuvda birinchi o‘rinda e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgani – bular oila muhiti, oila va muhitning o‘zaro harakatda kelishganligi yoxud kelishmaganligini o‘rganishdir. Oila va ijtimoiy faoliyati sohasidagi E.Auersu-el’d (1968, 1971), K.Djermen (1973,1979), E.Xartman (1978), K.Meyer (1970) kabi mutaxassislar va boshqalar ishlab chiqqan ekologik tamoyillar hamda konsepsiyalardan o‘sib chiqqan bu yondashuv oila va uning atrof-muhiti bilan o‘zaro aloqasi to‘g‘risida egiluvchan tasavvur yaratishga yo‘naltirilgan. Zaruriy bahoni ekologik xarita yordamida olish mumkin (E. Xartman, 1978). Ijtimoiy ishchi va oilaning asosiy maqsadi oila va uning muhitidagi kelishuvchanlikka erishish hisoblanadi, agar oilaga turli mahsulotlarga ega bo‘lish, xizmatdan foydalanish, ijtimoiy muhitga singib ketishida yordamlashilsagina erishish mumkin. Aralashuv strategiyasida e’tibor asosan atrof-muhitni o‘zgartirishga jalb etilishi kerak, ular orasida – mavjud imkoniyatlardan foydalanish va yangi imkoniyatlar, brokerlar xiz-mati, oqlovchilar, shuningdek, oilalarga atrof-muhitdan eng yaxshi tarzda foydala-nishga yordamlashadigan mutaxassislarni izlash kabi jihatlar muhim. Ijtimoiy ishchilarning ma’lumotlariga muvofiq (E.Pinderx’yuz, 1985; B.Solomon, 1976) oxirgi yillarda ko‘pchilik oilalar hayotidagi asosiy muammo himoyasizlik, zaiflik hisoblanadi. Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi munosabatda o‘zgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari o‘z hayotlarining asosiy sohalari ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega bo‘lishlari hisoblanadi. Masalan, ba’zi yomon uyushgan oila ko‘pincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va vaqtda yashay-dilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turg‘un o‘zaro munosabat mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda ta’sir ko‘rsatishda yordamlashishi mumkin:
1) noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib;
2) mahsulot va xizmatlar to‘g‘risidagi muzokaralarni olib borib;
3) boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan potensial tarzda murosa qilmaydigan zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab;
4) oilaga uni o‘rab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan foydalanishda yordam berib, masalan, vaqt va borliqni rejalashtirish yordamida;
5) oila va oiladagi kelishuvni muayyan oilaviy tamoyillarni yaratish yordamida mustahkamlab.
Bunday harakatlar muhitda bo‘lganidek, oilaning ichki olamini ham o‘zgartirishi mumkin (hiyla murakkab va qiziqarli namunalarni o‘rganish uchun E.Xartman va Dj.Leard kitobiga murojaat qilish kerak, 1983).
O‘zgarishning ikkinchi juda muhim yo‘nalishi oilada ifodalangan avlodlar orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va uning bugungi kundagi oilasiga ko‘p hollarda shunday aloqalar ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqilsa, bu ta’sirlarni o‘rganish oilaning bugungi holati va hayotini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar orasidagi aloqalar, ularning imkoniyatlari ijobiy o‘zgarishga safarbar etilishi mumkin. Avlodlar orasidagi aloqalar to‘g‘risidagi axborot manbasi genogramma – oilaning bor tarixi aks etgan, qondoshlik aloqalari bilan oilaviy xarita hisoblanadi. Bunda xarita shu tarzda tashkil etilishi mumkinki, u bo‘yicha oila hayotidagi barcha asosiy hodisalarni kuzatish qiyin bo‘lmasin.
Genogramma turli avlodlarning e’tiqodlari va qarashlari, hayotiy tamoyillari va oilaning atrof olamga qarashi tizimini aks ettiruvchi so‘rovnoma usuli bilan yaratiladi va kengaytiriladi. Etnografik tadqiqotlar usuliga o‘xshab so‘rovnoma usuli oila a’zolarini o‘zlari va o‘z olamlarini anglashlarida yordamlashuvchi oilaviy madaniyatni bilish va qo‘llab-quvvatlashga undashi lozim. Bunday so‘rovnomalar ushbu oilada ustuvor va hatto faqat bu oilaga tushunarli bo‘lgan muloqotning o‘ziga xos tili hisoblanuvchi oilaviy afsonalar, rivoyatlar, tamoyillar, ba’zi ramziy harakatlar, shuningdek, fikrlash tarzi va e’tiqodlarni diqqat bilan tadqiq etish imkonini berishi mumkin (Dj. Leard, 1984). Garchi tadqiqotning bu aspektlari har qanday oila uchun foydali bo‘lsa-da, ular ijtimoiy ishchi uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki ular bu tadqiqotlar sharofati bilan hayotiy pozitsiyalar, har bir oilada deyarli turlicha bo‘lgan qadriyatlar tizimi to‘g‘risida ko‘proq bilib oladilar.
Ba’zi vaziyatlarda aniqlangan muammo ushbu oilaning yashab ketishini belgilovchi jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin (M.Selvini-Palassoli va boshqalar, 1978). Bu sharoitda uni bartaraf etish bo‘yicha bevosita zo‘r berish oila a’zolariga uning butligiga xavf soluvchi bo‘lib tuyulishi mumkin. Bunday oilalar bilan ishlashda turli kuchlarni rag‘batlantirish uchun zaruriy o‘zgarishlarga olib keluvchi ijobiy konnotatsiyadan (lotincha konnotatsiya ‒ con “birgalikda” + noto “belgi”) foydalanish yetarlicha samarali hisoblanadi. Oila bilan ishlashda ko‘pgina mutaxassislar foydalanadigan va M.Selvini-Palassoli hamda uning hamkasblari tomonidan tasviriy san’atga kiritilgan ijobiy konnotatsiya oilani tizimni u qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga olib keladi. Ijobiy konnotatsiya yordamida oilaning qarshiligiga oson va tez barham berish mumkin.
Mantiqqa mos kelmagan aralashuv turlicha amalga oshirilishi mumkin, biroq, odatda, u go‘yoki kontrparadoks bo‘ladi. Bu oila mutaxassisga mantiqqa mos kelmagan talab bilan murojaat etishi mumkin deganidir: “Simptomlarni o‘zgartiring, ammo bizning oilamizni o‘zgartirmang!”. Bu ikki o‘ta qarama-qarshi talab bo‘larkan, mutaxassis paradoksal vaziyatga tushib qoladi va uning javobi ular ifodalagan simptomlar oilaga qanday yordam berishi va uni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatuvchi dalillar hisoblanadi, bunda mutaxassis o‘zgarishning ehtimoliy natijalari haqida ogohlantiradi. Oila paradoksalga qarshi vaziyatda turadi va yashashning noxush simptomlari hamda o‘zgarish xavfining muqarrarligi o‘rtasida tanlashi lozim. Bahsli vaziyatda doimo mavjud bo‘lgan uchinchi yo‘l shundan iboratki, unda mutaxassisning fikri tan olinmaydi, biroq bundan qochishga yordamlashuvchi ko‘plab strategiyalar mavjud.
Oila tizimi bilan ishlashda alohida e’tiborni tortuvchi masalalardan biri – hayotiy siklni o‘zgartirish hisoblanadi. Bunday har bir o‘zgarish oilaning uyushganligini izdan chiqaradi va qarshi harakatni chorlaydi. Bu ko‘pincha omonat hayotiy muvozanatni turg‘unlashtirish uchun mo‘ljallangan zaruriy o‘zgarishlarga qadam qo‘yishga qodir bo‘lmaslikdan sodir bo‘ladi. Dj. Xeyli (1980), masalan, o‘z yondashuvini yoshlari “uyni tashlab chiqib keta olmaydigan” oilalarga nisbatan qo‘lladi, E.Karter va M.Makgoldrik (1980) bu masalaga oilaviy hayot sikli to‘g‘risidagi o‘z ishini nashr etish bilan ulkan ilmiy hissa qo‘shdilar.
Italiyada birinchi marta oilaviy terapiya qo‘llangan. Mazkur ishning asosi patriarxal rol va majburiyat hisoblangan. Oila bilan tizim yoki yaxlit organizm sifatida ish olib borilgan.
Qanday sinfga, irqqa va tuzilishga qarab turli oilaviy hayot turlicha qabul qilinadi. “Me’yor”dagi oila haqida gapirish qiyin, har bir oila o‘z muloqoti va qadriyatlari, xulqi o‘ziga xos namunaga ega. Shunda ekan, ijtimoiy ishchining vazifasi “Bu oila qanday yashayapti?” savolini tushunish.
Ijtimoiy ish xodimi oilalar bilan ishlashda quyidagi “Oilaviy terapiya”485 masalalariga ham alohida e’tibor qaratish talab etiladi:
1.Oilaviy terapevt munosabatlar og‘ir bo‘lgan oilalar bilan ish olib boradi. Shu boisdan ham ular quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
a) oila a’zolaridan biri u yoki bu simptomlarda namoyon bo‘ladigan betob bo‘lsa, oilaning barcha a’zolari bu kasallikni o‘zlaricha boshdan kechiradilar.
b) ko‘pchilik terapevtlar oilaning axloqida simptomlar namoyon bo‘luvchi a’zosini “identifikatsiyalangan patsiyent” yoki “IP” deb atashni afzal ko‘radilar va oilaviy o‘zaro harakat bilan bog‘liq bo‘lmagan “bemor”, “delinkvent” yoki “zaif” kabi atamalarni qo‘llashdan qochadilar.
D) bu kabi atamalardan foydalanish o‘ta asossiz. Terapevt ushbu oiladagi o‘zaro munosabatlarning yo‘lga qo‘yilgan jarayonini qo‘llab-quvvatlagancha, “identifikatsiyalangan patsiyent o‘z axloqi bilan ba’zi vazifalarni amalga oshirishi”-ni tushunmog‘i darkor.
2. Ko‘p sonli tadqiqotlar ko‘rsatdiki, oila mustaqil bir butunlik sifatida mavjuddir. Bu fenomenni ta’riflash uchun Jackson (1954) tadqiqotlarida “oilaviy gomeostaz” atamasi kiritildi486.
a) ushbu konsepsiyaga muvofiq oilaning barcha harakatlanishi oilaviy gomeostazni saqlashga yo‘naltirilgan;
b) oilaning har bir a’zosi ochiq yoki yashirin tarzda oilaviy muvozanatga erishish va uni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi;
d) oilaviy an’analar, o‘zaro harakatning qoida va namunalari – mana har qanday oilaning gomeostatik mavjud bo‘lishini nimalar ta’minlaydi;
e) qachonki oilayi gomeostaz buzilsa, oila a’zolari o‘zlarining barcha kuchlarini uni tiklashga sarflaydilar.
3. Er-xotinlik munosabatlari oilaviy gomeostaz xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi:
a) er-xotinlik munosabati o‘zida oiladagi boshqa munosabatlarning shaklla-nishi uchun o‘zakni ifodalaydi. Aynan er-xotinlar oilaning “arxitektorlari” hisoblanadilar;
b) er-xotinlik munosabatlarining buzilishi bolada ota-onalik munosabatlari-ning funksiyasini buzilishini tug‘diradi.
4. Identifikatsiyalangan patsiyent – boshqalarga qaraganda ota-onasining er-xotinlik munosabatidagi qiyinchilikni boshqalardan ko‘ra ko‘proq his qilgan, shuningdek, “bola – ota-ona” munosabatidagi buzilishga ko‘proq moyil bo‘lgan oila a’zosi:
a) uning simptomlari ota-ona bilan munosabatning buzilganligi to‘g‘risidagi SOS signalini o‘zida aks ettiradi, ular oilaviy muvozanatsizlikning bevosita natijasidir;
b) uning simptomlari – bu uning o‘z ota-onasining azoblarini kamaytirish va yumshatishga urinishidir.
5. Ko‘pgina terapevtik usullar “oilaviy terapiya” nomini olgan, biroq o‘zida oilani mustaqil bir butunlik sifatida emas, balki oilaning asosan bitta a’zosiga yo‘naltirilgan bu yondashuvning o‘ziga xosligini tasavvur qilish zarur. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) oilaning har bir a’zosida shaxsiy terapevtning mavjudligi;
b) Oila a’zolarining ularni har biri bilan alohida uchrasha oladigan bitta terapevtga murojaat qilishi;
d) patsiyentda aynan uning “foydasi uchun” oilaning boshqa a’zolarini kuzatadigan o‘z terapevtiga ega bo‘lishi.
6. Hozirgi vaqtda klinik tadqiqotlarning yana bir yo‘nalishi rivojlanmoqda. Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, oilaviy terapiya oilaga butunlikda yo‘naltirilishi darkor. Bunday yondashuvning asosi bo‘lib oilaning tan olingan “shizofrenik”i va uning butun oilasini harakat qilishi uchun kuzatuv natijasi hisoblanuvchi qator dalillar xizmat qiladi. Belgilandiki:
a) oilaning barcha a’zolari xayrixoh bo‘ladilar, “bemor”ning individual davolanishida garchi ko‘p hollarda aynan oila uning “kasalligi” manbasi hisoblansa-da, ishtirok etishga intiladilar;
b) patsiyentni kasalxonaga yotqizib davolash yoki alohida qilib qo‘yish ko‘pincha uning ahvoli yomonlashishiga olib kelgan, garchi uning kasallik simptomlari aynan oilada o‘zaro harakatning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, qarindoshlarining tashrif buyurishi bilan esa yaxshilangan;
d) ko‘pincha oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar aynan patsiyent yaxshi bo‘la boshlaganida yomonlashgan, chunki uning kasalligi oilaning birgalikda harakat qilishiga asos bo‘lgan.
7. Bu kuzatuv ko‘pgina shaxsiy-yo‘naltirilgan psixiatrlarini davolash tamoyilini qayta ko‘rib chiqish va tekshirishga undadi.
a) ular ta’kidladilarki, oilada patsiyentni qurbon sifatida qabul qilganlarida, ularga davoni belgilash va patsiyent holatini prognoz qilish osonroq bo‘lgan. Bunga quyidagilar imkon bergan:
♦ oilaning barcha a’zolari unga qurbon sifatida munosabatda bo‘lganlar;
♦ patsiyent o‘zini bemor, baxtsiz, azoblanuvchi rolida tasdiqlashga ko‘maklashgan.
b) ular patsiyent holatining ijobiy o‘zgarishiga to‘sqinlik qiluvchi ko‘chirmani yengib o‘tishdagi qiyinchiliklarni belgiladilar. Bunda ko‘chirma deb nomla-nuvchilar aslida patsiyentning sun’iy va xavotirlanuvchi sharoitda terapevtning axloqiga reaksiyasi bo‘lgan. Buning ustiga terapevtik vaziyat patsiyentga uni eski muammolardan xalos etib, biroq yangilarining paydo bo‘lishini qo‘zg‘atgancha zarar yetkazishi xavfi mavjud. Agar patsiyentning muayyan axloqi o‘zida ko‘chirmani aks ettiradi (ya’ni onasi va otasi bilan munosabatda unga xos bo‘lgan fe’l-atvorni yuzaga chiqarish), unda ehtimol terapevt uning oilasiga murojaat etgancha katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin;
d) ular s’yezdilarki, terapevt davolash jarayonida patsiyentning real hayotidan ko‘ra tasavvurlari olamiga ko‘proq qiziqadilar, u patsiyent hayotining shaxsiy versiyasini yaratadi va undan bu versiyaga mos tushuvchi axborotni olishga intiladi;
e) ular bir patsiyentning turmush tarzini o‘zgartirishga intilgancha mohiyatan chidamli oilaviy o‘zaro munosabatlarning bor majmuyini o‘zgartirishga intiladilar.
Barcha bu dalillar patsiyentning o‘z holatini o‘zgartirishga emas, balki prinsipial tarzda uning butun oilasida yangi munosabatlarni o‘rnatishga intilishi zarurligi haqida so‘zlayapti. Aynan patsiyent birinchilardan bo‘lib oilaning turmush tarzini o‘zgartirishga uringan, biroq uning barcha kuchlanishlari oila tomonidan uning o‘ziga hiyla tanqidiy munosabatga olib keldi, xolos. Bu esa unda shaxsiy kuchiga ishonchsizlikni tug‘dirdi.
8. Bu yondashuv vakillarining fikriga ko‘ra, qachonki terapevtlar oilani bir butun yaxlitlikda ko‘rib chiqsalar, unda oilaviy hayotdagi og‘riqli simptomatikaga sabab bo‘layotgan aspektlarni (birinchi qarashda sezilmaydigan) ko‘ra olgan bo‘lardilar. Warren Brodey487 er-xotinlarning “me’yoriy” qarindoshlar va simptom namoyon bo‘lganlar bilan turlicha muloqot qilishlari haqida gapiradi. “Me’yordagi” bola ishtirokida ota-onalar erkin, yengil va xavfsiz munosabatni qo‘llashlari mumkin, biroq buni axloqida u yoki bu simptom namoyon bo‘lgan boshqa bola bilan ularning o‘zaro harakatlarini kuzatib, takrorlashlariga ishonish qiyin. Munosabat-larning patologik chizig‘i oilaning bundan birmuncha azob chekuvchi a’zolari bilan muloqotda kuchayadiganga o‘xshaydi. Va hodisalarning bunday keskin o‘zgarishi paradoksal bo‘lib tuyuladi.
9. Biroq psixik kasalliklarning shaxslararo tabiati nafaqat oilaviy terapiya tarafdorlari tomonidan ta’kidlandi, Sullivan488 va From-Reicomano489 kabi muta-xassislar ham bu muammoga e’tibor qaratdilar. Oilaviy terapiya tamoyillarini ushbu kitobda taqdim etilgan shu ko‘rinishda ishlab chiqishda “Bolalar tarbiyasi” harakatining qatnashchilari faol ishtirok etdilar. Ular ham terapiyani oilaning bitta a’zosi bilan emas, balki butun bir oila bilan o‘tkazish zarurati haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydilar:
a) ushbu yo‘nalish terapevtlari ikkita jarayondan iborat: ona va bola, va terapiyaning barcha seanslari shu ikkita patsiyentning birgalikdagi ishtirokida o‘tadi;
b) shuningdek, keng ko‘lamdagi tadqiqotlar natijasi terapevtik jarayonga otani ham jalb etish zaruratini aniqladi. Shunday bo‘lsa-da, bu tamoyil muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirdi, chunki otaning terapiyaga qiziqishi shubha ostida edi.
Terapevtlar otaning ota-onalik tuyg‘usi onaning shunday tuyg‘usidan zaifroq, va agar bolaning axloqida og‘ish aniqlansa, unda xotin – bu oilaning yordamiga umid qilish mumkin bo‘lgan yagona a’zosidir. Otani o‘z farzandining psixik salomatligi uchun mas’ul ekanligiga ishontirish murakkablik kasb etadi.
Ushbu yo‘nalishning klinik amaliyotida uning “onalik”ka yaqqol ifodalangan yo‘nalishiga qaramay, psixoterapevtik jarayonga doimiy ravishda “otalik”ni jalb etish zaruriyati yuzaga keladi. Biroq hatto terapevt bilan ishlashga ota jalb qilingan taqdirda ham bu yondashuv vakillari er va xotinni ularning er-xotinlik munosabatlarini nazardan qochirgancha faqat bolaning ota-onasi sifatida ko‘rib chiqadilar. Er-xotinlik munosabatlarining keskinlashuvi ota-onalik munosabatlarida aks etishi haqida yuzakigina eslab o‘tilgan, xolos. Demak, Murray Boweo490 so‘zlariga ko‘ra: Amaliyot ko‘rsatdiki, bunday ota-onalar hissiy jihatdan yopiq, patsiyentdan ko‘ra e’tiborni ko‘proq bir birlariga jamlaganlar, biroq ayni vaqtda patsiyent ularga muhtoj. Qachonki ota-onalardan qay biridir e’tiborini patsiyentga qaratsa, patsiyent tez va avtomatik tarzda inqirozga yuz tutadi. Ota-onalar hissiy jihatdan yopiq bo‘lganlarida patsiyent ustidan o‘z “boshqaruv”larini muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Uni mumkin bo‘lgan axloq, jazo, o‘g‘il yoki istalgan har qanday “boshqaruvchi” ta’siri doirasida belgilangan qat’iy muomala vositasida nazorat qiladilar. Qachonki ota-onalar hissiy jihatdan tarqoq bo‘lsalar, ularning barcha “boshqaruvchi” ta’sirlari teng darajada samarasiz bo‘ladi.
10. Oilaviy terapevtlar otani individualdan ko‘ra oilaviy terapiya bilan qiziqtirish osonligini aniqladilar:
a) bunday yondashuv tarafdorlari terapevtik jarayonda otaning roli muhimligini ta’kidlaydilar, oilaviy hayotda bo‘lganidek terapiyada ham hech kim uning o‘rniga gapira olmaydi yoki uning o‘rnini egallay olmaydi. Otaga uning ahamiyatini tushunishga yordamlashgancha terapevtni terapevtik ishda qatnashishga jalb qilish oson bo‘ladi;
b) xotin (ona rolida) terapiyani soxtalashtirishi mumkin, biroq bu holatda terapevtik jarayon unda ota ishtirok etganiga qaraganda boshqacha rivojlanadi.
d) oilaviy terapiya, umuman olganda, oila uchun muhim. Er va xotin: “Nihoyat biz munosabatlarimizni birgalikda hal qilishimiz mumkin”, deb ayta oladilar.
11. Terapevt birinchi intervyuda nima uchun oila a’zolaridan biriga terapevtik yordam zarurligi haqidagi shaxsiy tasavvuridan kelib chiqib, harakat qiladi:
a) odatda, birinchi uchrashuv begonalardan kimdir Djonnini “axloqida og‘ishi bo‘lgan bola” deb atagani uchun sodir bo‘ladi. Qoidadagidek, bu uchrashuv o‘zini tarbiyasi og‘ir bola Djonnining onasi roliga muvofiq tutayotgan xotinning (uni Meri Djons deb ataymiz) tashabbusi bo‘yicha yuzaga keladi. Bolaning axloqida og‘ishish aniqlangan va, shubhasiz, u ona sifatida aybdor;
b) biroq, balki Djonnining axloqi begonalardan kimdir uni tarbiyasi og‘ir, deb aytishidan ancha ilgariroq umum tan olingan qoidalardan og‘a boshlagandir;
d) begonalardan kimdir (odatda, o‘qituvchi) Djonnini “og‘ishgan xulqli bola” deb atamagunlariga qadar, Djonsning oila a’zolari, ehtimol, o‘zlarini uning axloqida go‘yoki hech qanday o‘zgarish sezmagan kabi tutgandirlar. Uning axloqi oilaviy o‘zaro harakatda muayyan vazifani bajargani sababli qabul qilingan.
e) odatda, simptomatikaning paydo bo‘lishiga qandaydir hodisa sabab bo‘ladi. Bunday hodisalar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
♦ oila o‘zagiga nisbatan tashqi muhitning o‘zgarishi: urush, inqiroz va h.k.
♦ ajdodlar oilasidagi o‘zgarishlar: buvining kasalligi, buvaning moliyaviy qiyinchiliklari va h.k.
♦ kimdir oilaviy negizni to‘ldiradi yoki tashlab ketadi: buvi oilada yashashga keladi va oila chegarani kengaytiradi; yana bir farzand dunyoga keladi; qiz turmush-ga chiqadi va h.k.
♦ biologik o‘zgarishlar: bolaning ulg‘ayishi, onaning menopauzasi, otani kasalxonaga joylash.
♦ ahamiyatli ijtimoiy o‘zgarishlar: oilada tarbiyalanayotgan bola maktabga boradi, oila boshqa uyga ko‘chadi; otaning mansab lavozimi oshadi; o‘g‘il kollejga o‘qishga kiradi va h.k.
f) bunday hodisalar simptomlarning paydo bo‘lishini qo‘zg‘atishi mumkinligi sababli er-xotinlik munosabatida umumiy o‘zgarishlarni uyg‘otadi. Ular er-xotinlik munosabatlari uchun keskin vaziyatni yaratishi mumkin, chunki shu bilan oilaviy muvozanatni buzgancha oilaviy munosabatlar transformatsiyasini talab qiladi;
g) oilaviy gomeostaz ba’zi muddatda oila a’zolari uchun funksional bo‘lishi va boshqalarida bunday bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga, oilaning har bir a’zolari har bir hodisani turlicha boshdan kechiradilar;
h) biroq agar oila a’zolaridan biri hodisadan kuchli hayajonlansa, boshqalar ham u yoki bu tarzda shuni boshdan kechiradilar.
12. Meri Djons bilan birinchi uchrashuvdan keyin terapevt uning eri (uni Djo deb nomlaymiz) bilan munosabatiga nisbatan ba’zi taxminlarni qilishi mumkin. Agar boladagi mavjud simtoplarning asosiy sababchisi er-xotin munosabatlarining disfunksionalligi haqidagi faraz to‘g‘ri bo‘lsa, unda terapevt, birinchi navbatda, er-xotin o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqishi zarur:
a) Meri va Djo qanday odamlar? Ular qanday oilada tarbiya topganlar? Avvaliga ular turli oilada tarbiyalangan ikkita turli odamlar edilar. Endi ular yangi – o‘z shaxsiy oilalarining “arxitektorlari” bo‘ldilar;
b) nima uchun ko‘p odamlar orasidan ular bir birlarini tanladilar? Qachon va qayerda o‘zaro ko‘ngil qolish ularning munosabatlariga sabab bo‘ldi? Ular bir birlariga ixlosi qaytganligini qay tarzda ifodalaydilar. Bu Djonnining Djonsga oilani birgalikda ushlab turishi uchun qay tarzda simptomlarni namoyon qilishiga ta’sir ko‘rsatadi?
Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati og‘ir hayot sharoitida bo‘lgan bolalar va oilalarga oilani saqlab qolish, bolani oiladan olib qo‘yilishining oldini olish, ota-onalarning farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatini kuchaytirish va bolalarni rivojlantirishga qaratilgan xizmatlarni taqdim etadi. Xizmatlar Markaz asosida ham, mobil guruh sharoitida ham taqdim etiladi. Erta aralashish xizmati bolalar rivojlanishidagi buzilishlarni erta tashxislash va ota-onalarga ushbu bolalarni tarbiyalash va o‘qitish uchun maqbul sharoitlarni yaratishda yordam berish uchun maxsus ehtiyojli bolalar va ularning oilalari uchun kunduzgi xizmatlarni taqdim etadi. Ota-onalarda alohida ehtiyojli bolani tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan vakolatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bolalarni maxsus turar joy muassasalariga joylashtirishning oldini olishga yordam beradi. Kichik guruh uyi-bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi, imkon qadar oila sharoitlariga yaqin sharoitlarda.
Kichik guruh uyida bolalar bilan ishlash bola va uning oilasi bilan ishlashning individual rejalari usuli bo‘yicha amalga oshiriladi, bu ishni asosiy ijtimoiy ishchi boshqarishini va u bilan bolada uning o‘rnini bosuvchi birikma hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning ehtiyojlari va uning oilasi resurslaridan kelib chiqib, muammoni hal qilishning uchta varianti mavjud: kelib chiqqan oilaga qo‘shilish, tarbiyaning oilaviy shakllariga joylashtirish, bolani mustaqil hayotga tayyorlash va jamoada muvaffaqiyatli moslashish. Kichik guruh uyida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yo‘q, shuning uchun bolalar ijtimoiy ishchilar bilan birgalikda o‘z hayotlarini boshqaradilar. Har bir bola o‘z hayotiga ta’sir qiladigan rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishi shart. Ushbu yondashuv bolalarni mustaqil hayotga maksimal darajada tayyorlashga imkon beradi.
Shuningdek, oilalar bilan ishlashda ekotizimli yondashuv ham muhim aha-miyat kasb etadi. Ekotizimli modelga binoan inson o‘z o‘zidan alohida qaralmaydi, balki ijtimoiy atrof-muhitda bo‘lgan inson kabi qaraladi, bunda oila, yaqin insonlar, turli ijtimoiy institutlar (misol uchun, maktab), mahalla, ijtimoiy xizmatlar va shu kabilar atrof-muhit deb tushuniladi. Shunday qilib, ekologik ko‘rinish umumiy ijtimoiy mazmunining oila yoki bola faoliyatidagi mumkin bo‘lgan buzilishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv xavf ostida bo‘lgan oilalar, nogiron bolalar va boshqa zaif guruhlarga jamiyat tomonidan salbiy munosabatning o‘zi ularning zaifliklari sababi sifatida qaralishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, o‘z ehtiyojlarini qondirishlari uchun ularning imkoniyatlarini pasaytiradi. Mana shu mazmunda munosabatlarning o‘zgarishi va salbiy fikrlardan voz kechish oila va bolaning farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy ish xodimlar ijtimoiy o‘zgarishlar agentlari hisoblanib, zaif va marginal guruh insonlariga nisbatan jamiyatda mavjud noto‘g‘ri va odatiy fikrlarni pasaytirish maqsadida reklama kompaniyalari va ta’lim dasturlari orqali jamiyatning xabardorligini oshirishga intiladilar.
“Ekoxarita” – Attenev (Atteneave, 1976) va Xartmanlar (Hartman, 1979) tomonlaridan taklif etilgan texnika. Uning maqsadi – oilani sxematik tasvirlash va uning ehtiyojlarini hamda boshqa oilalar, ijtimoiy tashkilotlar va institutlar bilan aloqalarini o‘rganish. Aloqalar, keskinlik, yordam ko‘rsatish oila ichki va metaoilaviy munosabatlarning boshqa ko‘plab ko‘rinishlari ushbu metodika asosida yaqqol taqdim etilishi mumkin, bundan tashqari, u oilaning hissiy va moddiy resurslarini aniqlashga imkon beradi.
Ekoxarita kengaytirilgan oila va metaoilaviy munosabatlarga mo‘ljallangan oilaga kompleks psixologik yordamni boshqarish strategiyasi zarur tarkibiy qismi hisoblanadi – u psixoterapevtik jarayonga individlarning maksimal sonini jalb etishga imkon beradi. Ekoxaritani tuzish uchun mijozlar atrofida haqiqatda oilaviy muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘lgan, ammo oila turli sabablarga ko‘ra ularga murojaat etmagan insonlar (qarindoshlari, qo‘shnilari, hamkasblari) borligini aniqlab olish kerak. Bu oilaga yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar – o‘qituvchilar, ijtimoiy xodimlar, shifokorlarga ham taalluqli – ular odatda bir-birlariga ishora qiladilar, ammo hech qachon uchrashmaydilar. J.Stanton va M.Stanton (Stanton, Stanton, 1984) har qanday ijtimoiy tizim yoki individ, uni o‘zlari uchun qulay va odatiy yo‘nalishga moyilliklarini va bu ko‘pincha keskinlik va oilaviy nizolar sababi bo‘lishini ta’kidlaydilar.
Oilaning atrofi “oila, mahalla va jamiyatdan tashkil topgan” ekotizim sifatida tushuntirilishi mumkin (Chung & Pardeck, 1997, Background section, para4). Masalan, bola ham oila tizimiga kiritilgan bo‘lib maktab, tengdoshlari, qo‘shnilar, jamoa hamda ijtimoiy xizmatlar sohasi kabi mahalliy tashkilotlar va muassasalardan iborat o‘zining keng atrof-muhitiga jalb etilgan. Bunday holatda ijtimoiy xodimlar ko‘rsatib o‘tilgan bola atrofdagi muhit qismlaridan har biri uning ehtiyojlarini qondirishga yordam berishini va bolaning ehtiyojlarini qondirish maqsadida ushbu qismlar bir-birlari bilan qanday aloqada bo‘lishlarini tahlil qilishi kerak. Bu vaziyatga boshqa burchak ostida qarash imkonini beradi. Misol uchun, bolaga g‘amxo‘rlik bo‘lmagan noqobil oiladagi vaziyat qaralayotganda ijtimoiy xodim ekologik modeldan foydalanib, quyidagi savollarga javob topadi: qaysi tashkilotlar, muassasalar va insonlar ushbu ekotizimning qismlari hisoblanadi; ularning faoliyatlari ushbu oila tizimi ichidagi vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi va shu kabilar. Shunday qilib, bolaning farovonligi uchun faqat oilaning emas, balki ushbu oila atrofidagi ijtimoiy muhitning roli va mas’uliyati ta’kidlanadi.
Ekologik manzara ijtimoiy xizmatlar tizimi kamchiliklarini tushunishda katta hissasini qo‘shadi. Misol uchun, bolaning ehtiyojlari ekologik xaritasi tuzilar ekan, aniq biror-bir bolaga yoki oilaga xizmat ko‘rsatishda u yoki bu ijtimoiy xizmatlarning kamchiliklarini yoki ushbu oila bilan ishlashda ushbu agentliklar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning yo‘qligini ko‘rish mumkin, bu bolani muassasaga joylashtirishning oldini olishga yordam berishi mumkin.