Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti r. A. Qosimova, U. S. Do



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə29/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#41726
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti r. A.

1. Qo’l to’pida o’yin taktikasi.

O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Shu sababli o’yinni boshqarishda turli xil taktik vositalardan foydalanish lozim.

Taktika deganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlarini tashkil qilinishi, ya’ni, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan harakatlarni tushunish kerak.

Taktikadagi asosiy vazifa bu – hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vositalari va o’zaro uyg’unlashgan shakllarini belgilashdan iboratdir.

Qo’l to’pi o’yinida taktika bilan texnika bir-biriga uzviy bog’liq bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatishni, to’p bilan himoyani yorib o’tishni, darvozaga qachon to’p otishni hal qilayotgan o’yinchi o’z tafakkuridan, tushunchasidan, bilimidan foydalanadi va harakatini amalga oshirayotganida o’z texnik mahoratini namoyish qiladi. Shu sababli texnika o’yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

O’quv-mashg’ulotlar davomida taktik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Shunday qilib har bir o’yinchi va jamoa harakatlarning turli variantlarini mukammal egallagan, yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi kerak.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin