Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Chaqqonlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan



Yüklə 194 Kb.
səhifə7/11
tarix18.04.2023
ölçüsü194 Kb.
#100044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti

Chaqqonlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan
namunaviy mashqlar
1. Bir va ko‘p marotaba oldinga va orqaga o‘mba!oq oshishlar. Xuddi shu mashq ayrim texnik usullarni bajargandan so‘ng.
2. Turgan joydan va yugurib kelib 180°, 270°, 380“ ga burilib bir va ko‘p marotaba sakrashlar. Burilishlar bilan turli texnik harakatlarni bajarish.
3. Turli buyumlar orasidan va ustidan o‘tib harakatlanishlar.
4. Gimrmstika ko‘prikchasidan depsinib havoda turli harakatlami bajarib sakrashlar.
5. To‘siqlar osha estafetalar.
6. Turli signal va ta’sirlarga belgilangan harakatlar bilan javob berish. Signallar va ta’sirlar sekin-asta ko‘paytirib boriladi
Chidamlilik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1. 15-20 sek davomida sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada ko‘p sakarash. Ikkinchi urinishda maksimal darajada balandroq sakarash. 4-5-seriyalarda 1—1,5 daqiqa. Davomida to‘xtovsiz sakarash. Ushbu Mashqni arg‘amchilar bilan ham bajarish mumkin.
2. Pastki turish holatidan 1-1,5 daqiqa. davomida turli yo‘nalishlarda harakatlanishlar. 3-4-seriyalarda 2-5 kg og‘irliklar bilan.
3. Hujum zarbasi va to‘siqni taqlid qilib, orqa zonalarda do‘mbaloq oshishni navbatlashtirib bajarish. Har bir texnik usulni marotabadan.
4. Turli harakatlanishlar bilan estafetalar o‘tkazish.
5. Turli yo‘nalish va masofalarga ≪mokkisimon yugurishlar≫
Egiluvchanlikni tarbiyalash
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfofunksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparatning zvenolari harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Amplituda burchak o‘lchovlarida yoki chiziqli o‘lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlikning ikki turi farqlanadi: faol va sust egiluvchanlik. Faol egiluvchanlik kishining o‘z mushaklari kuch berishi hisobiga namoyon bo‘ladi. Sust egiluvchanlik gavdaning harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar-og‘irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlardan foydalanganda namoyon bo‘ladi. Egiluvchanlik mushak va to‘qimalarning elastikligiga bog‘liq bo‘ladi. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko‘p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi muhitning tashq sezilarli o'zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari ortib boradi. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foyda- Ianiladi. Harakatlarda biror bo‘g‘indagi harakatchanlikning ortishi
shu bo‘g‘mdan o‘tadigan mushaklarning qisqarishi hisobiga ro‘y beradi. Harakatlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar; silkinish va ma’lum holatlami qayd etib turish; og‘irliklar bilan mashqlar.
Cho‘ziluvchanlikni oshiradigan mashqlami seriyalar bilan har birini bir necha marta takrorlab bajarish tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi orttirib boriladi. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og‘riq paydo bo‘lguncha bajarish lozim. Egiluvchanlik mashqlari mustaqil bajarish uchun topshiriq sifatida berilishi mumkin. Egiluvchanlik mashqlari tayyorgarlik qismida, asosiy qismning oxirida va boshqa mashqlar oralig‘ida bajariladi.

    1. jismoniy sifatlarni voleybol sport turida uzviy bog’lash

muayyan sport turida yuqori natijalarga erishish sportchilami shakllangan jismoniy tayyorgarligiga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, jismoniy sifatlami (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) maqsadga muvofiq shakllantirish sport tayyorgarligining muhim Shartlaridan biridir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonlaridan iborat bo‘lib, muvofiq sport turining xususiyatiga mos ravishda tashkil qilinishini taqozo etadi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi umumiy va maxsus jismoniy sifatlami tarbiyalashga qaratiladi. Umumiy jismoniy sifatlaming rivojlanganlik darajasi maxsus jismoniy sifatlami samarali yoki samarasiz shakllanishiga bog'liq bo‘ladi Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchi iar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy sifatlami rivojlantirishga qaratiladi. Barcha sport turlari kabi voleybolda ham о‘yin malakalarini tez, aniq va vaziyatga nisbatan maqsadga muvofiq ijro etish eng avvalo maxsus jismoniy sifatlarga bog‘liqdir. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari turli yo‘nalishda ijro etiladigan maxsus mashqlar bo‘limi to‘p kiritish, qabul qilish, uzatish, zarba berish, to‘siq qo‘yish kabi o‘yin malakalaridan iboratdir. Ma’lumki, zamonaviy voleybolda barcha о‘yin malakalari aksariyat vaziyatlarda o‘ta katta tezlikda tayanchsiz holatda (sakragan vaqtda, ko‘krakka yiqilib to‘pni qabul qilish) ijro etiladi. Demak, maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini tashkil qilishda sport tayyorgarligining davri va bosqichlariga qarab sakrash, turli yo‘nalishda qisqa oraliqlarga chopish, “yiqilish”, to‘xtash, debsinish mashqlari alohida yoki o‘yin malakalarini ijro etish bilan qo‘llanilishi mumkin. Tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash, ayniqsa ulami og‘irlik moslamalari (oyoq va belga qo‘rg‘oshindan qilingan moslama, zarba berishda bilakka о‘mashtiriladigan og‘irlik moslama) va turli trenajyorlar yordamida rivojlantirish umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Quyida ayrim tana qismlari mushaklarming kuchini rivojiantiruvchi namunaviy mashqlar yoritilgan: Bilak mushaklari kuchini rivojiantiruvchi mashqlar:
- gantellami (1-3 kg) qo‘llarda ushlab, bilak-kaft bo‘g‘imida
o‘ng va chap tomonga aylanma harakat qildirish;
- shu bo‘g‘imda-gantelni yuqoriga va pastga harakatlantirish;
- to‘ldirma to‘pni uloqtirish (qoilar yuqoriga yozilgan hoiatdan, bilak-kaft bo‘g‘imiga urg‘u berish lozim);
- to‘ldirma to'pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish va hokazo. Yelka mushaklari:
- har xil holatlardan turli uzoqlikka to‘ldirma to‘pni uloqtirish;
- o‘ng va chap qo‘l bilan amortizatorda zarba malakasini taqlid qilish;
- qoilarga tayanib yotgan holatda qo‘l bilan “yurish”, “siljib yurish”, “sakrab yurish”;
- shu holatda — turli yo‘nalishlarga;
19.1.Maxsus kuchni rivojlantirish
- to‘p (yoki to‘ldirma to‘p) bilan zarba berish;
- o‘tirgan holatda oldinga va orqaga toTairma to‘pni uloqtiris va hokazo.
Sakrovchanlik Voleybolda aksariyat î‘yin malakalari sakragan holatlarda ijro
etiladi. Shuning uchun ushbu sifat foydali natijaga erishishda hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Namunaviy mashqlar:
- o‘z vaznidan 50-70% og‘irliklar bilan o‘tirib-turish;
- 50%dan ortmagan og‘irlikni yelkaga qo‘yib yarim o‘tirgan holatdan shiddat bilan turish;
- turli og‘irlikdagi moslamalar bilan sakrash;
- trenajyorlarda oyoq mushaklarini mashq qildirish;
- turli tezlikda va balandlikda skakalka bilan sakrash;
- turli balandlikdagi to‘siqlar osha sakrash va hokazo. Voleybolchining maxsus tezkorligi uni qisqa muddat ichida maydoncha bo‘ylab harakatlanishi va o‘yin malakalarini vaziyat
talabiga mos ravishda samarali ijro etishi bilan belgilanadi.
Tezkorlik voleybolda 3 xil shaklda namoyon boiadi:
- turli ishora va vaziyatni fahmlash tezligi (jamoadoshining ishorasi, o‘yin vaziyatini o‘zgarishi va uni bahoiash, raqib o‘yinchining joylashishi va hokazo);
- ushbu vaziyatlarga nisbatan tezkor va maqsadga muvofiq harakat qilish;
- harakatlanish yoki bir necha harakatlami ko‘p martalab ijro etish tezligi.
Namunaviy mashqlar:
- murabbiyni ishorasiga turli harakatlar bilan tez va aniq javob berish: Masalan: murabbiy bir marta chapak chalsa - to‘pni yiqilib olish malakasini taqlid qilish, ikki marta chapak chalsa -sakrab zarba berish taqlidini bajarish, bir qo‘lim yuqoriga ko‘tarsa
- sakrab to‘p uzatish taqlidi va hokazo;
- voleybol maydonchasi maketida turli taktik vazifalami qisqa muddatda yechish (taktik vaziyatni baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilish tezligini takomillashtirish);
— har bir zonada shu zona o'yinchisi funksional harakati
(malakasi)ni taqlid qilish (umumiy tezlik baholanadi). Masalan: 1- zona — to‘p kiritish; 6-zona - raqib tomondan yo‘naltirilgan to‘pni yiqilib olish; 5-zona raqib tomondan kiritilgan to‘pni 2-zonaga uzatish; 4-zona - baland uzatilgan to‘p — sakrab zarba berish; 3- zona - qisqa uzatilgan to‘p - sakrab zarba berish; 2-zona - 2, 3 va 4-zonalarda to‘siq qo‘yish va hokazo.

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin