Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka
Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va uni harakatlantiruvchi kuchlar Ichki qarama-qarshiliklar, masalan: o’quvchiga qo’yiladigan talablar bilan uning yetukliligi, boodobliligi o’rtasidagi qarama-qarshiliklar yoki tashqi ta’sirlar bilan tarbiyalanuvchining ichki pozisiyasi, ya’ni uning bu ta’sirlarga bo’lgan munosabati o’rtasidagi qarama-qarshilik tarbiya jarayonining manbai, harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Masalan: agar tarbiyachi bolalarga yangi faoliyat turini tavsiya qilgan taqdirda uning odobliligi, bu ishga kirishib ketishga tayyorgarligini hisobga olmagan bo’lsa, u qanchalik ko’p harakat qilmasin, tarbiyalanuvchilar passiv bo’ladilar, shuning uchun bu ishning o’quvchilarga ta’sir etish darajasi samarali bo’lmaydi.
Tarbiya jarayonining dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo’ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo’yiladigan talablarbilan ularning tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga qaratilgandir.
Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud bo’lgan normalar bilan atrofdagi kishilar yurish-turishi o’rtasidagi nomuvofiqlikda tafovvutda namoyon bo’ladi. Tashqi ziddiyatdlardan biri - tashqi talablar bilan o’quvchining xulq-atvori o’rtasidagi ziddiyatdir.
Maktab o’quvchilarining da’volari bilan uning shaxsiy imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyat ham ichki ziddiyatlar jumlasiga kiradi. Bu ziddiyatlar xylq-atvorda ravshan ifodalanadi. Va’da berib - va’dasini bajarmaydi, biror ishni boshlab qo’yib, oxiriga yetkazmaydi.
Insonnning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy manbalardan biri: talablar bilan ularni qondirish usullari (sharoitlari) o’rtasidagi ziddiyatlardir. Agar maktab o’quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat bilan va zarur xajmda kondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartaraf etiladi.
Yosh avlodni tarbiyalash kishilik jamiyatining yashashi va davom etishining eng zarur shartidir. Jamiyatning odamga tarbiviy ta’siri uning ilk bolalik davridan boshlanadi. Bu ta’sir oila, maktab, jamoatchilik va xalq ta’limi tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarbaya jarayoni tarbiyachilarining sistemali va rejali ta’sirini hamda tarbiyalanuvchilarning xilma-xil faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayot va faoliyatini padagogik jixatdan to’g’ri uyushtirish juda muximdir.
Tarbiya jarayonining muhim xususiyatlaridan biri uning sistamali olib borilishi va bir maqsadga qaratilganlipdir. Masalan: mamlakatimizda komil insonni tarbiyalash uchun barcha imkoniyat va sharoit vujudga keltirilgan bo’lib, yosh avlod ilk bolalikdan to voyaga yetgungacha yasli, bog’cha hamda maktablarda mohir tarbiyachi va o’qituvchilar qo’lida tarbiyalanadi. Tarbiya jarayonining samarasi ham tarbiyachiga, ham tarbiyalanuvchiga bog’liqdir.