Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə101/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Axloqiy munosabatlar - bu jamiyatga, mehtatga, odamlarga va qolaversa, har bir kishining o’ziga munosabatidir.
Karimov ta’kidlaganidek, "Axloq - ma’naviyatning o’zagi". Ma’naviyat - ilm va amal birligi bo’lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o’zgalarga nisbatan ma’naviy munosabatini anglatadi. Axloq ma’naviyatning amalidir. U avvalo insof va adolat tuyg’usi, imon va halollik kabi amaliy ma’naviyatning o’zak tushunchalari bilan bog’liq ma’naviyat o’zlikni anglashdir. Dunyoda hamma narsa o’zgaradi, ammo fazilat qonunlari sira ham o’zgarmaydi. Oz-oz o’rganib dono bo’lur.
Maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, u axloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini hal etadi: axloqiy ongni, mustahkam axloqiy e’tiqodlarni tarbiyalash; yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o’ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg’ularni tarbiyalash.
"Odatga aylanmagan tarbiya, qum ustiga qurilgan binodir"-degan K.D.Ushinskiy. Axloq tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi - bu har bir kishida aktiv hayotiy nuqtai nazarni hosil qilishdan iborat. Insonning jamiyatta munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar orasida Vatanparvarlik yetakchi o’rinii egallaydi.
Vatanparvarlik - Vatanga muhabbat, mamlakat manfaatlari xaqida g’amxo’rlik, Vatan himoyasiga tayyor turish, o’z mamlakatining ijtimoiy va madaniy yutuqlari bilan faxrlanish, Vatanniig tarixiy o’tmishiga va uning an’analariga hurmat tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik qarashlar, his - tuyg’ula o’quvchilarning Vatan haqidagi, uning qaxramonlar o’tmishi va hozirgi hayoti haqidagi chuqur va har tomonlama to’la - to’kis bilimlari asosida shakllanadi.
Mustahkamlash uchun savollar

    1. Dunyoqarashning o’zi nima?

    2. Uning qanday shakllari bor?

    3. Aqliy tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?

    4. Axloq nima o’zi?

    5. Axloqiy munosabatlar?

    6. Falsafiy dunyoqarash?

    7. Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun zarur?




Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin