Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendentsiyasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə62/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendentsiyasi. Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uni ko’pchilik “qo’llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o’qitish deb ataydilar. U odamni kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan bo’lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo’llab turish uchun mo’ljallangan.
Ayni vaqtda “innovasion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mazkur ta’limning quyidagi o’ziga xos xususiyatlar mavjud:

  1. bu oldindan ko’ra bilish, ya’ni, o’quvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o’qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo’ljallashga o’rgatishdan ibora bo’lib, o’quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, ko’zlash, modellashtirish va loyihalashtirish amalga oshira olishi zarur.

  2. o’quvchining hamkorlikda ta’lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizasiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta’minlash.

Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia – masofa) – masofadan turib o’qitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy o’qitish – ta’lim texnologiyasi bo’lib, unga ko’ra o’quvchi qayerda va qanday holatda bo’lishidan qat’iy nazar muayyan ta’lim muassasasi ta’lim dasturini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o’rganilayotgan materialni kompyuter telekommunikasiyalari orqali uzatish, videotasmalar, munozaralar va seminarlar o’tkazish, regional va milliy televideniye hamda radio orqali o’quv dasturlarini namoyish etish, kabelli televideniye va ovozli pochta, ikki tomonlamali videokonferensiyalar, telefon orqali qayta aloqa bilan bir tomonlama videotranslyasiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali o’qitish o’qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan, jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o’qish imkonini yaratadi, o’quv fanlari erkin tanlanadi, fan, ta’lim va madaniyat mashhur namoyandalari bilan munosabatlar imkonini beradi. O’quvchi va o’qituvchilarning faol o’zaro munosabatlari, mustaqil ishlashni faollashtirish va o’quvchilarning mustaqil bilim olish ehtiyojlarini qoniqtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin