ESTSning asosiy tamoyillari ESTS quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
1.Transferancy-bu ESTStizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotningto‘siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ‘iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.
Axborot targ‘iboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
almashish sxemasiga kiritilgan tinglovchilarning o‘qish natijalari haqida bir-biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish;
oliy o‘quv yurtlarining o‘z axborot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o‘rganish;
oliy o‘quv yurtlarida, ESTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.
2.Agreement–tinglovchi bilan ikkala oliy ta’lim muassasasiningESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o‘quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o‘quv rejalaridagi farqni bartaraf etish tartiblari haqida o‘zaro kelishuvlarini anglatadi.
3.Sredits – Hostuniversitetida(qabul qiladigan universitet)
muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post – universitetda ( tinglovchini boshqa OTMga jo‘natgan universitet) hisobga olinishi zarur.
4.Ta’limning insonparvarlashuvi–bu shaxsning turli ta’limxizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiliyatining ochilishini anglatadi. ESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o‘quv fanlarini va o‘qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
5.Ta’limning individuallashtiruvi–bu har bir tinglovchiningindividual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Tinglovchi tanlovi asosidagi fanlar 70%ni, majburiy fanlar esa 30% dan oshmaydi. Tinglovchining mustaqil ish hajmi 70%ni, auditoriyadagi ishi esa 30%ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.