Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


XORIJIY TA’LIMDA TYUTOR, EDVAYZER, FASILITATOR VA MODERATORLIK FAOLIYATI



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə113/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

XORIJIY TA’LIMDA TYUTOR, EDVAYZER, FASILITATOR VA MODERATORLIK FAOLIYATI
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
TYUTOR-(Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER(advisor)-fransuzcha―avisen―o‘ylamoq)tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–yengil, qulay)-guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy echimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
MODERATOR-qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.
Nazorat uchun savollar
1.Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti
2.Xorijda maktabgacha ta`lim fanining maqsadi
3.Xorijda maktabgacha ta`lim fanining vazifalari.
4.Xorijda maktabgacha ta`lim fanining maqsadi.
5.Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari.
6.Zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar: blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar va boshq.
7.Zamonaviy ta’limda tyutor, supervizor, fasilitator, edvayzer va moderatorlik faoliyati.
8.Xorij ta’lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta’lim masalalari.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin