Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə30/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

1.Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra modullar fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli o‘qitish texnologiyasiga fan bo‘yicha faoliyat yondashuvida modullarni o‘quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida modullar bloki mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
2.Tizimli kvantlash usuli - bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi.
Modulda tizimli kvantlash tamoyili o‘quv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo‘li bilan erishiladi. Modul umumiy ko‘rinishda quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • tarixiy-bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish;

  • muammoli-bu muammoni shakllantirish;

  • tizimli-bu modul tarkibi tizimini namoyon etish;

-faollashtirish-bu yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko‘rsatish;

  • nazariy - bu asosiy o‘quv materiali bo‘lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipotezani asoslash, muammoni echish yo‘llari ochib ko‘rsatiladi;

  • tajribaviy-bu tajribaviy materialni (o‘quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish;

  • umumlashtirish-bu muammo echimini va modul mazmunini umumlashtirish;

  • joriy etish-bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va o‘rganilgan materialni amaliyotda qo‘llash;

  • xatoliklar–tinglovchilarning modul mazmunini o‘rganishdagi o‘zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo‘llarini ko‘rsatish;

  • bog‘liqlik-o‘tilgan modulni boshqa modullar bilan, shu jumladan yondosh fanlar bilan bog‘liqligini namoyon etish;

  • test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash.

O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni o‘rganishdagi tinglovchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin