Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakllari



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə52/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakllari. Mustaqil O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
An’anaviy metodlarning afzalliklari:

  • Ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.

  • O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.

Kamchiliklari:

  • O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.

  • O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.

  • O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.

  • Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.

  • Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari:

  • O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.

  • O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.

  • Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.

  • O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.

  • Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.

  • O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

  • Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.

  • O’z-o’zini baholashning o’sishi.

  • O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.

  • Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.

  • Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.

  • Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.

Kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab etilishi.

  • O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

  • Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.

  • «Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababali «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.

- O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bulishining talab etilishi
XULOSA: Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi.
An’anaviy dars o’tish modelida ko’prok ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin