Fin ta’limining asoslari haqida Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqartirilgan maktab kunida o‘qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o‘z ixtiyoriga ko‘ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning eng katta maktabida 960 ta o‘quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. SHuningdek, xususiy maktablarham bor.
Finlyandiya yuqori darajadagi ta’limga ega. Dastlabki tayyorgarlik, o‘rta ta’lim va ikkinchi bosqichni o‘qitish bepul bo‘lib, ko‘p hollarda qo‘shimcha ta’lim ham bepuldir. Daromad darajasidan qat’i nazar, har bir oila sifatli ta’lim olish va mamlakatning faol fuqarosi bo‘lish uchun teng imkoniyatga ega. Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqarti- rilgan maktab kunida o‘qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o‘z ixtiyoriga ko‘ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning eng katta maktabida 960 ta o‘quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. SHuningdek, xususiy maktablarham bor.
O‘quv yili avgustda boshlanib, may oyi oxirida yakunlanadi Fin ta’limi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan 7 ta asos bor. SHular haqida to‘xtalamiz: hamma narsada tenglik kerak:
Bu har bir narsada tenglik tamoyilini ilgari suradi. Keling izohlaymiz. Masalan, eng yaxshi maktab yoki eng yomon maktab degan tushuncha yo‘q. Barcha ta’lim muassasalari bir xil jihozlanadi, bir xil moliyalashtiriladi. Tenglik tamoyili maktabning har bir yo‘nalishida aks ettirilgan, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, hamma fan-lar birdek o‘qitiladi, biri boshqasiga qaraganda chuqurroq o‘rgatilmaydi. O‘quvchining ota-onasi qaerda, kim bo‘lib ishlashi muhim emas, hamma o‘quvchi tengdir, degan qarash ham bor. O‘qituvchilarga o‘quvchilardan ota-onasi, ularning ish joyi haqida so‘rashi taqiqlangan. Bundan tashqari, o‘quvchilar bir-biriga taqqoslanmaydi ham. YA’ni, yaxshi o‘qiydigan bola ham, fanlarni yomon o‘zlashtiradigan o‘quvchi ham hammasi birga o‘qiydi.
Bepul ta’lim: Finlyandiya maktablari mutlaqo bepul. Bundan tashqari, ovqatlanish, ekskursiyalar, maktab taksisi, darsliklar, ofis, jihozlar va hatto planshet-noutbuklar ham bepul.
Individuallik: Fin maktabida har bir bola individual o‘quv dasturiga muvofiq o‘rganadi. Har bir o‘quvchining o‘z darsliklari, vazifalari, mashqlari mavjud bo‘ladi. Bitta sinfning o‘zida, bir darsda bolalar bir xil emas, aynan har xil murakkablikdagi mashqni bajarishadi. Har bir bola o‘z vazifasini bajaradi va alohida baholanadi. Bolalarni o‘zaro taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Amaliylik: Bu narsa ko‘proq hayotga tayyorlov yondashuvidan kelib chiqadi. YA’ni maktablarda nafaqat turli fanlardan saboq beriladi, balki hayotga foydali bo‘lgan narsalar ham o‘rgatiladi. Masalan, ular meros solig‘i yoki ish haqi miqdorini hisoblab, bir necha chegirmalardan so‘ng mahsulot narxi qancha bo‘lishini taqqoslab ham berishadi.
Ishonch: Mamlakatda ta’lim dasturi bir xil. U faqat umumiy tavsiyalarni ifodalaydi. Har bir o‘qituvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan, o‘zi qaysi birini ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha uslubni qo‘llagan holda dars o‘tadi. Ishonch tamoyili bevosita o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda ham aks etadi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, dars davomida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi mumkin. Eng muhimi, u o‘ziga nima kerakligi, qaysi biri foydali ekanligini yaxshi biladi.