Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Oligofren bolalar va ularning tavsifnomasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə185/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Oligofren bolalar va ularning tavsifnomasi
Markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatida turg‘un buzilgan bolalar-oligofrenlardir. Oligrofeniya yunoncha «oligos»-«kam, oz» ; «fren»-«aql» degan so‘zlardan olingan bo‘lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofrenopedagogikada bu bolalar aqliy rivojlanish darajasiga ko‘ra debil, imbetsil va idiotlarga ajratib o‘rganiladi. Debillik- oligofreniyaning eng yengil darajasi bo‘lib, bunday bolalarni tashqi ko‘rinishidan sog‘lom tengdoshlaridan ajratib bo‘lmaydi. Chet el olimlari ularni «ta’lim olishi qiyinlashgan bolalar» deb nomlashmoqdalar. Zehn va fahm-farosatga bog‘liq ishlarda debil bolalar ancha qiynaladilar, biroq maxsus maktabda o‘qigach, ular mustaqil yashab, oddiy turdagi mehnat bilan shug‘ullanib, o‘zini-o‘zi eplab ketadi. Ular uylanadi, turmushga chiqadi, mehnat qiladi. Imbetsil va idiot bolalar o‘zini o‘zi eplay olmaydilar. Ular uchun maxsus bog‘cha va maktab dasturi murakkablik qiladi. Imbetsil bola yuradi, gapiradi, o‘rgatsa o‘ziga o‘zi xizmat qiladi. Idiot bola hattoki o‘z ota-onasini ham tanimaydi, o‘zini-o‘zi uddalay olmaydi. Imbetsil va idiot bolalar ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi muassasalarda tarbiyalanadi, ular nogiron bolalarga kiradilar.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra oligofreniya tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida oligofreniya kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo‘lsa, bunday aqlan zaiflik demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressivlashadigan, ya’ni kuchayib boradigan xususiyatga ega. Oligofreniya esa-turg‘un bo‘ladi.
Oligofreniyaning faqat debil darajasidagi bolalar maxsus bog‘cha va maxsus maktab dasturini o‘zlashtirib, mustaqil hayot kechira oladilar. Imbetsil va idiot bolalar ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi bolalar-internatlarida 18 yoshgacha tarbiyalanib, so‘ngra nogironlar uyida umrining oxirigacha yashaydilar.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin