Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O‘qituvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablar



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə231/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

O‘qituvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablar. Distervegning fikricha, o‘qitish chog‘ida bolalarning tashabbuskorligini o‘stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o‘qituvchi rahbarlik rolini o‘ynaganidagina mumkin bo‘ladigan ishdir. Komenskiy singari o‘qitish ishida puxta ishlangan o‘quv rejasi va yaxshi darslikning bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. Distervegning Komenskiydan farqi shuki, u ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi oqibat natijada darslik yoki metodga emas, balki o‘qituvchiga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Distervegning fikricha, yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini mukammal egallab olgan bo‘lishi hamda o‘z kasbini va bolalarni sevishi kerak. Dars chog‘ida hamma bolalar tetik bo‘lib turishi, o‘qituvchi g‘ayrat bilan dars berib, o‘quvchilarning aqliy kuchini uyg‘otishi, ularning irodasini mustahkamlashi, ularning xarakterini tarkib toptirishi kerak. O‘quvchilar o‘zlarining ilgarilab borayotganliklarini hamisha sezib turishlari lozim. YAxshi o‘qituvchi, -deydi Disterveg, -o‘zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og‘ishmay o‘tkazib boradi, bu prinsiplardan hech qaytmaydi. O‘qituvchi muttasil o‘z ustida ishlashi lozim. SHundagina u o‘quvchilarni bilimlarni egallashda matonatli bo‘lishga o‘rgatadi va ularni o‘z yo‘llarida uchraydigan qiyinchiliklarni enga oladigan qilib tarbiyalaydi. Disterveg o‘qituvchining mustahkam xarakteri va o‘tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi qattiqo‘l va talabchan bo‘lish bilan birga, adolatli bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchilari orasida obro‘ qozonishi mumkin. O‘qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli bo‘lishi lozim, deydi.
Distervegning fikricha, “yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa haqiqatni topishiga o‘rgatadi”. Disterveg o‘qituvchilarga o‘z bilimlarini qanday qilib oshirishlari to‘g‘risida bir qancha qimmatli maslahatlar beradi, o‘qituvchilarga o‘zlari o‘qitayotgan fanga taalluqli asarlarni birinchi navbatda o‘qishni tavsiya qiladi, shuningdek, o‘qituvchi tarix va adabiyotni bilishi, pedagogika, psixologiya va metodikaga doir chiqayotgan yangi asarlarni kuzatib borishi kerak, deb ta’kidlaydi. Disterveg o‘qituvchilarni amaliy pedagoglik mahorati va malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin