Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə122/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Jamoa ta`limi. Jamoa ta`limi o`quvchilarning barchasiga mo`ljallangan umumsinf ishidir. Jamoa ta`limi quyidagi xususiyatlari bilan umumsinf ishi sanaladi: barcha o`quvchilar uchun bir xil o`quv materiali tanlanadi, bir xil murakkablikdagi va qiyinlikdagi o`quv topshiriqlaridan foydalaniladi; ta`lim tempi o`rtacha tezlikda ishlaydigan o`quvchilarga mo`ljallanadi; ta`lim natijasi saylanma (tanlab) tekshiriladi. Jamoa ta`limi xususiyatlari keyingi bobda kengroq bayon etiladi.
O`tkazish o`rniga ko`ra ta`lim tashkiliy shakllari. Ta`limni tashkil etish, boshqarish o`rniga ko`ra uning quyidagi tashkiliy shakllari farqlanadi: ta`limning maktab doirasida tashkil etiladigan shakllari, ta`limning maktabdan tashqarida o`tkaziladigan shakllari.
Ta`limning maktab doirasida o`tkaziladigan shakllari. Ta`limning maktab doirasida o`tkaziladigan turlari qatoriga sinf-dars mashg`ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlash, to`garak mashg`ulotlari, fakul`tativlar, o`quv anjumanlari, sinov va imtihonlar, konsultatsiyalar, qo`shimcha mashg`ulotlar, seminar mashg`ulotlari kiradi.
Sinf-dars mashg`ulotlari hozirgi o`quv yurtlarida, o`rta maktab, litsey kollejlarda ta`limning yyetakchi shakli sanaladi. Dars doimiy o`quvchilar jamoasi, dastur va darsliklar asosida qat`iy tartib va oldindan belgilangan o`rinda o`tkaziladi. Har bir dars uchun o`quvchilarning yoshi, o`quv predmetlari xususiyatlariga qarab 30, 45, 80 daqiqadan vaqt ajratiladi. Dars o`qituvchi va o`quvchilar hamkorligida tashkil etiladi.
Laboratoriya mashg`ulotlarida bolalar turli o`quv predmetlari bo`yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o`tkazishadi. O`quv predmetlarining barchasi bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari o`tkazish imkoniyati mavjud: masalan, ona tilidan turli asboblar vositasida tovush kuchi, tembri, balandligi, nutqni ohang xususiyatlari bo`yicha tajribalar o`tkazish mumkin, geografiyadan esa kontr karta, globus bilan ishlab, u yoki bu shaharning koordinatalarini belgilashga oid ishlarni o`tkazish ta`limning samaradorligini oshiradi. Hozirgi paytda laboratoriya mashg`ulotlari ko`pincha kimyo, fizika, biologiya fanlari bo`yicha tashkil etiladi.
Laboratoriya mashg`ulotlari didaktik adabiyotlarda praktikum – amaliy dars deb ham yuritiladi. Amaliy darslarda o`quvchilar guruhlarga ajralishadi, turli eksperimental topshiriqlarni bajarishadi. Amaliy – eksperimental topshiriqlarni bajarishga uzoq vaqt ajratiladi. O`quvchilar 10 - 16 soat mobaynida turli tajribalar o`tkazishadi, natijalarni to`plab, xulosalar chiqarishadi. Shuningdek, qisqa muddatga (1-2 soatga) mo`ljallangan amaliy mashg`ulotlar ham o`tkaziladi.
Seminar mashg`ulotlari nazariy muammolarni faol o`rganish shakli hisoblanadi. Umumta`lim maktablarida, litsey, kasb-hunar kollejlarida o`tkaziladigan seminar mashg`ulotlari oliy o`quv yurtlari uchun tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. O`rta umumta`lim maktablarida seminar mashg`ulotlari quyidagicha o`tkaziladi: seminar mashg`ulotlari uchun mavzu tanlanadi; mavzu bo`yicha qilinadigan reja, ko`rsatmalar beriladi; reja bandlari uchun asosiy va qo`shimcha ma`ruzachilar ajratiladi; seminar mashg`ulotiga tayyorgarlik ko`rish uchun yetarli vaqt (ikki, hatto undan ko`proq hafta) ajratiladi; seminarga oid chizmalar, jadvallar, modellar, diagrammalar tushuntiriladi; seminar o`tkaziladigan kungacha konsultatsiyalar – maslahatlar berib boriladi; seminar bo`yicha o`tkaziladigan tajribalar o`qituvchilar yordamida sinab ko`riladi. Seminarga sinf o`quvchilarining barchasi tayyorgarlik ko`rishadi. Seminar mavzusi, uning hajmiga qarab o`quv soatlari ajratiladi. Odatda uni o`tkazishda ikki soat vaqt beriladi. Seminarning oxirida o`qituvchi yakunlovchi suhbat o`tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
O`quvchilarning qobiliyati, o`z qiziqishlari va xohishlari bo`yicha tanlashiga ko`ra u yoki bu o`quv predmetini, uning bulimlarini chuqurlashtirib o`rganishga fakultativ mashg`ulot deyiladi. Fakultativ mashg`ulot o`quvchilar guruhiga mo`ljallangan, ularning bilish faoliyatini, mustaqilligini ta`minlashga yo`nalgan differensial ta`limdir.
Hozirgi maktab tajribasida fakultativ mashg`ulotlar 7-sinfdan boshlanadi. Ular maxsus dasturlar asosida o`tkaziladi. Har bir o`quvchi fakultativ mashg`ulotni ixtiyoriy tanlaydi. Unda ma`ruza va amaliy ishlar qo`shib olib boriladi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin