Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə236/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

AQSh ta’lim tizimi. Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
1) bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
2) 1-8- sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
3) 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
4) Amerika Qo’shma SHtatlarida navbatdagi ta’lim boskichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar xamda dorilfununlar va boshkaoliy o’kuv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgachaamal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan besh yoshgachaxususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yonlash bir xaftada 200 dollarga tushadi. Bog’chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jixozlar vaovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. Besh yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yunaltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasigaxaq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. Urta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
AQShda OO‘Yulari asosiy funksiyalariga ko‘ra quyidagi 6 turga tasniflanadi:

  1. Tadqiqot universitetlari: I va II guruh. (3%, 125 OO‘YU), doktorlik darajasini beradi. Bu universitetlarning I va II guruhlari orasidagi farq federal moliyaviy yordam hajmi bilan bog‘liq, ya’ni II guruh OO‘Yulariga nisbatan kamroq mablag‘ ajratiladi.

  2. Doktorlik universitetlari: I va II guruh (3%, 111 OO‘YU). Ta’limning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi. I va II guruh orasida farq ilmiy darajalar soniga bog‘liq: I guruh uchun 5ta yo‘nalish bo‘yicha 40ta doktorlik darajasi, II guruh uchun 3ta yo‘nalish bo‘yicha 10ta doktorlik darajasi beriladi.

  3. Magistrlik o‘quv muassasalari (15%, 529 OO‘YU), bakalavriat va magistrlik dasturlariga ega. Bu o‘quv muassasasini ko‘p tarmoqli hamda keng qamrovli universitet va kollejlar deb atashadi. I guruh – milliy, II guruh – regional hisoblanadi.

  4. Bakalavr OO‘Yularining 4 yillik kollejlari – I, II guruh. (18%, 637 OO‘YU) – juda katta to‘lov asosida o‘qitiladigan, mamlakatning eng nufuzli universitetlari magistraturalariga kadrlar yetkazib beradigan elitar ta’lim muassasalari.

  5. Ixtisoslashtirilgan OO‘Yulari yoki bakalavr diplomi bilan qabul qilinadigan kasbiy maktablar (20%, 722 OO‘YU), (tibbiyot, xuquqshunoslik, pedagogik, boshqaruv va h.)

  6. Ikki yillik kollejlar va institutlar (41%, 471 OO‘YU).

Yaponiya ta’lim tizimi va uning o’ziga xosliklari. Yaponiya – juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehgatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish – bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va halqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok etib kelmoqda.
Yaponiya davlati 6800ga yaqin orollardan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat maydonining 99%ni asosan eng yirik 4ta orol – Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari tashkil etadi. Aholisi 127ming kishidan iborat. Aholi umrining davomiyligi millatning sog‘lomligini va aholi xayotining sifatini belgilovchi muhim bir ko‘rsatkichdir. Yaponlar uchun oila asosiy hayotiy boylik hisoblanadi. Bu joyda ajrashish dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha kam uchraydi. Yaponiya ta’lim tizimi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaponiya zamonaviy ta’lim tizimining tarixi quyidagi 5ta davrga bo‘linadi:
1. Asos solingan davr. 1867-1885 yillarni qamrab oladi. Zamonaviy ta’limning ilk tuzilishiga asos solingan.
2. Birlashuv (konsolidatsiya) davri. 1886-1916 yillarni o‘z ichiga oladi. Turli maktab qonunlari chiqarilgan, tizimli ta’lim yaratilgan.
3. Tarqalish (ekspansiya) davri. 1917-1936 yillarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimi bo‘yicha favquloddagi kengash tavsiyalariga asosan rivojlantirildi.
4. Harbiy davr. 1937-1945 yillar. Militaristik ta’lim tizimi.
5. Zamonaviy davr. 1945dan hozirgi davrgacha ta’lim islohotlari.
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya o‘z oldiga 2 vazifani: 1-boyish, 2-g‘arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini angladi.
1872 yili “Ta’lim haqida” qonun qabul qilindi. Bunda yapon ta’limi g‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirilgan. 1893 yilda kasb-ta’limi yo‘nalishidagi 1-kollej paydo bo‘lgan. 1908 yilda Yaponiya boshlang‘ich ta’limni majburiy 6 yillik qilib belgiladi. 1946-yili qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishi shart ekanligi qayd etilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari. Bolalar yoshlariga qarab 3,2,1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% - xususiy, 40,8% - davlatnikidir.
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir.
Yapon tarbiyachilarining bolalarni kichik guruhlarga “xan”larga bo‘lib o‘qitishlari tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu bolalarda qarorlar qabul qilishga, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh a’zolarini barchasini tashabbuskor bo‘lishga o‘rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda ham, o‘rta maktablarda ham davom etadi. Bu guruhlar o‘rtacha har 5 oyda shakllanib turadi. Yapon bolalariga sinfni boshqarish juda yoqadi. Shuning uchun har kuni bolalarning o‘zlari boshqaruvchi tanlaydilar. Har bir bola bu vazifani bajarib ko‘radi.
Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni xulqlarini yomon tomonlarini, maktabdagi kamchilikni tanqid qilishni o‘rgatadilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham Yaponiyada o‘qituvchi kasbiga katta e’tibor beriladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o‘qituvchining maoshi davlat raxbarlari maoshidan ham yuqori bo‘lgan yagona davlatdir.
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasi 6 yoshdan 15yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik o‘rta maktab 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo‘lgan hollarda ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud.
Yuqori o‘rta maktab 10,11,12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95%i kunduzgi maktablarda o‘qiydi.
Yaponiyada o‘quv yili – 240, AQShda – 180 kun. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o‘tiladi.
Universitetlarga yuqori va o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95tasi davlat tasarrufida, 34tasi munitsipal, 31tasi xususiydir. 1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 3 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish 2 bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tiladi.
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog‘liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
1. To‘liq sikldagi universitetlar (4 yil).
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil).
3. Kasb ta’lim kollejlari.
4. Texnika institutlari.
Germaniya ta’lim tizimi. Germaniya Federativ Respublikasi 16ta mustaqil Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat bo’lib, har biri shakliga ko’ra turlicha bo’lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo’lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo’lgan davlat ko’rsatmalari mavjud.
Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) hukumatining konpetentsiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqadi, OO’YUlarini kengaytirishga mablag’ ajratadi.
GFR konstitutsiyasiga ko’ra har bir Federal Yer o’z hududidagi maktab vaoliy ta’limni rejalashtirish vaamaliyotga tadbiq etish bo’yicha o’zi javob berishgaqaramay, barcha Federal Yerlar va Federal hukumat umumta’lim vaoliy ta’lim muassasalarida o’qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadidaxamkorlik qiladilar. Federal organlar va Federal Yerlarning ta’lim sohasi bo’yicha siyosati kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o’quv dasturi, imtixonlarni o’zaro tan olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar shular jumlasidandir.
Har bir Federal Yerda ta’lim tizimi xaqida o’zining qonuni mavjud, lekin buning xammasi umumiy federal qonun asosida ishlab chiqilgan. Har bir Federal Yer maktabga qatnash vaqti, o’qish muddati va darsliklarni belgilashda mustaqildir. O’quv rejalar va ta’lim darajasi har bir Federal Yer uchun turlichadir. O’qitish dasturlari, darsliklar viloyat xukumati bosqichida tasdiqlanadi. Har bir fan bo’yicha tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlangan bir necha darsliklar mavjud bo’lib, o’qituvchi darslikni o’zi tanlash huquqiga ega. Shu tariqa ta’limnig ko’p variantliligiga erishiladi, fikrlar plyuralizmi ta’minlanadi.
Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:

  • birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy vaoliy o’quv yurtlarida o’qish uchun pul olmaydi;

  • barcha Federal erlarda o’quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o’z hisobidan beradi;

  • deyarli barcha o’quvchilarga davrslik va o’quv qo’llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beradi;

  • ma’lum toifadagi o’quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko’ra davlat moddiy yordam ko’rsatadi.

Germaniyadaxususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o’quvchilar tahsil oladilar. Xususiy maktablar o’quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan erkin bo’lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o’tkazilib turiladi.
Sekin asta differentsiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o’quvchiga uning qobiliyati va o’qishdagi turlicha yo’nalishiga ko’ra moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda.
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o’z ichigaoladi:
1. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo’lib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog’chalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari bo’lib, bu erlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomidaota-onalar xohishiga ko’ra ixtiyoriydir.
2. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang’ich maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. O’qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi – bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat.
3. Ta’lim Ining ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo’nalishli bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko’ra o’quv muassasalarining kerakli turiga yo’naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. O’quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real vaasosiy maktablarni bitirgachginaolishadi.
4. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi. Muassasalarda kasbiy ta’lim “dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab chiqarishdaamaliyot 2 yil davomidaolib boriladi, bu o’qishni tugatish o’rna ta’limni tugatish bilan teng bo’lib, yakunida faqat kasbiy sohada o’qishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil o’qib, o’quvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy o’quv yurtiga kirishga imkon beradi.
5. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy o’quv yurtlari va malakaoshirish o’quv muassasalari.
GFR ta’lim tizimi umumYevropa ta’lim tizimiga integratsiyalashgan: o’quv muassasalarining barcha turlari Yevropa Ittifoqi (ES) dasturini amalgaoshirishga mo’ljallangan, EI davlatlari ta’lim standartlarini unifikatsiya (bir xillashtirish) qilinadi, diplomlar bu davlatlarda kuchga ega.
Germaniya uzoq davrlardan beri fan va madaniyat markazi sifatida mashhurdir. Shiller, Gyote, Shneger, Gumboldt, Kant, Gegel va boshqalar kabi buyuk shoirlar, yozuvchilar, filosoflar va jamoat arboblari hammaga tanish. Germaniyada o’rtaasrlarda tashkil topgan 1-universitet mavjud. Eng qadimiy universitet bu Geydelberg universiteti bo’lib, 1386 yil tashkil topgan. 1388 yil tashkil topgan Kyoln universiteti qadimiy universitetlardan sanaladi. Bu o’quv muassasalari qadimiy an’analari va klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Hozirgi kunda universitetlar va boshqaoliy o’quv yurtlari soni sezilarli darajadaortdi, ta’lim tizimi ham o’zgardi. Avvalgiday gumanitar ta’lim an’analari muhim o’rinni egallaydi, lekin texnik ta’lim, nazariya bilan amaliyot birligi, fanlararo ta’lim ham birinchi o’ringa chiqmoqda. Oliy o’quv yurtlari fan va texnikaning oxirgi yutuqlari – yo’nalishlarni aks ettiruvchi dasturlarni kiritmoqdalar. Shu maqsadda o’quv rejalari qayta ko’rib chiqilmoqda.
Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy tajribalarini o’rganish va tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq o’quv muassasida rivojlantirish bo’yicha qiyoslashga yo’naltirilgan dinamik pedagogik tizimdir.
Qiyoslash texnologiyasi ikkita bo’limdan iborat bo’lib, birinchisi “o’rganish va qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tatbiq qilish” deb nomlanadi.
“O’rganish va qayd qilish” bo’limida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
- ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va yo’nalishlarini aniqlash;
- ma’lumotlarni to’plash;
- aktlarni tahlil va tasnif qilish;
- qiyoslash mezonlarini tanlash.
“Tuzish va tadbiq qilish” bo’limidagi qiyosiy tadqiqotlar esa quyidagicha amalga oshiriladi:
- o’rganilayotgan obyektning prognostic modelini tuzish;
- a) tattbiq qilish shakli, metodi va chegaralari; b) xususiy va umumiylikni aniqlash;
- eng maqbul modelni tuzish;
- ta’lim muassasalariga tatbiq etish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi.Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar o’rganiladi.
Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi.Quyida makon omiliga ko’ra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab ko’ramiz. Masalan:

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin