Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'luotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi. Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi. Men sizdan quyidagi savollarga javob olishni istardim:
loyihangizda saqlanadigan ma'lumotlar ko'pmi?
Loyiha dasturi bu ma'lumotlarga tez-tez murojaat qiladimi?
Bu ma'lumotlar tez-tez o'zgaradimi?
Bu ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi murojaat qilishi mumkinmi?
Vaqt o'tishi bilan ma'lumotlar miqdori oshib yoki o'zgarib boradimi?
Ma'lumotlarning yo'qolib qolishi siz uchn katta yoqotish bo'ladimi?
Yuqoridagi savollarni hech bo'lmaganda bittasiga HA deb javob bersangiz, siz ma'lumotlaringizni ma'lumotlar omborida saqlashingizni tavsiya qilgan bo'lar edim. Ma'lumotlar ombori haqida nima deyishimiz mumkin? Ma'lumotlar omborida barcha ma'lumotlar bir-biriga bog'langan holda saqlanadi. Ma'lumotlar Omborini Boshqarish Tizimi (MOBT) bu omborga ma'lumotlarni yozadi, o'chiradi, o'zgartiradi va shunga o'xshash ishlarni amalga oshiradi. MOBT lari juda ko'p, biz ulardan birini o'rganish va foydalanish uchun tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Bu holatda mening fikrim mazkur kurs uchun asosiy o'rinni egallaydi. Men bu kurs uchun MySQL MOBTni tanlab oldim. Albatta nima uchun:
Aksariyat Web serverlar MySQL ni ham qo'llaydi;
MySQL ni o'rgnish juda oson;
PHP MySQL bilan oson muloqot qila oladi;
MySQL kiliyent/server texnologiyasini qo'llaydi;
MySQL hozirda Web muhitdagi eng ommaviy MOBT laridan biri;
MySQL ni Internetdan osongina yuklab olish va foydalanish mumkin;
MySQL Web muhitda ham juda tez ishlaydi.
Nega men MySQL ni tanlaganimni Web sayt yaratganingizda to'laroq tushinib olasiz degan umiddaman. MySQL ni sistemangizga o'rnatib olish haqida gapirib o'tirmayman, agar siz DENWERni o'rnatsangiz MySQL ham birga o'rnatiladi.