Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə43/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Java MAJMUA

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Ostki klass deganda nima tushuniladi?
2. Irsiyat degani nima?
3. Biror bir klassning ostki klassi qanday xususiyatga ega bo’ladi?
4. Interfeys deganda nima tushuniladi?
5. Interfeysni bajarish uchun nima qilish kerak?
6. Ichki klass deganda nima tushuniladi?
7. Ichki klass qanday xususiyatga ega?
8. O’ram deganda nima tushuniladi?
9. Qanday ko’rinilish o’zgartiruvchilari mavjud va ular qanday vazifani bajaradi?
10. Object klassi qanday klass?


Adabiyotlar
[1].David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4].ШилдтГерберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com
Dars № 8. Grafik dasturlash


Reja:
1.Swing
2. Frame yaratish va joylashtirish
3. Ma’lumotlarni Panelda ko’rsatish
4. Xodisa va amal
5. Tugmalar va yozuvlar
6. Checkbox va radio tugmalar
7. Ro’yxat va combobox
8. Slayder va spinner
9. Menyular
10. Qurollar paneli
11. Dialog oynalar

  1. Swing

Swing bu Java dasturlash tilining grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamidir. javax.swing o’rami interfeys elementlari xisoblanadigan oynalar, tugmalar, combo qutilari, katalog daraxtlari, jadvallar, menyular va zamonaviy grafikli dastur tuzish uchun kerak bo’ladigan boshqa elementlarni o’z ichiga oladi.
Swing qurollar to’plamidan oldin grafikli foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun Java dasturlash tilida Abstract Window Toolkit (AWT) nomli qurollar to’plami ishlatilgan. AWT qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi elementlarini yaratishni dastur mo’ljallanayotgan platformaning (Windows, Macintosh, Solaris) grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamiga yo’naltirgan. Natijada xar bir platforma uchun dastur ko’rinishi ushbu platformaga xos bo’lgan. Shu orqali Java dasturlarni portativligi ta’minlangan.
AWT qurollar to’plami qo’llaydigan printsipni o’ziga xos kamchiliklari xam mavjud. Ushbu qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi interfeys elementlarini yaratishni dastur bajarilayotgan platformaga yo’naltirayotganligi sababli xar xil platformalarda interfeys elemetlari bajarayotgan amallari farq qiladi. Bundan tashqari, xamma platformalar xam bir xil grafikli interfeys elementlar to’plamiga ega emas. Shu va boshqa kamchiliklarni oldini olish maqsadida grafikli foydalanuvchi interfeys elementlari mustaqil xosil qilish bo’lib ushbu printsip Swing qurollar to’plamida qo’llanilgan.
Swing qurollar to’plami yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratishda oldindan tayyorlangan komponentlardan foydalaniladi. Ushbu komponentalar maxsus konteynerlar ichiga joylashtiriladi. Konteynerlar ichida komponentlarni tartibli joylashtirish uchun joylashuv menedjerlar ishlatiladi. Joylashuv menedjerlari foydalanuvchi interfeys elementlarini joylashish strategiyasini belgilab beradi.


  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin