Samarqand davlat universiteti «tasdiqlayman»


Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K



Yüklə 190 Kb.
səhifə2/20
tarix02.01.2022
ölçüsü190 Kb.
#37679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Davlat tilida ish yuritish. 2019.тарих ва архео

Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K.
“Davlat tilida ish yuritish” fanining ishchi-o‘quv dasturi filologiya fakulteti ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil _____-iyuldagi _____-bayonnoma).

Fakultet ilmiy kengashi raisi prof.Eltazarov J.

Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi prof.Abdiyev M.

Kelishildi:

O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig`i Aliqulov B.


Kirish
Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Davlat tilida ish yuritish” fani ularga termin, terminologiya, uning ilm-fanda tutgan o‘rni, termin va so‘z, ularning o‘zari o‘xshash va farqli tomonlari, shuningdek respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritib kelinayotgan ish qog‘ozlari turlari, ularning vazifasi, ularda aks etadigan ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari, ular bilan bog‘liq atamalar to‘g‘risida ma’lum tushunchalar beradi.

Respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho‘rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan, 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini joriy etish togrisida”gi qonun qabul qilingan, 1995-yil24-avgustda “Ozbek tilining asosiy imlo qoidalari”, tasdiqlangan va, eng asosiysi, 2010-yildan e’tiboran davlat tilga va yangi alifboda ish yuritishga otilgan bo‘lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qogozlarini yangi davr talabida yuritishga o‘tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.

Ish qogozlari yuritish bo‘yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o‘quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to‘grisidagi hujjatni qo‘lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qogozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o‘z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so‘ng ishga tushganligi to‘grisida bildirishnoma yozishi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo‘ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo‘yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to‘gri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to‘gri rasmiylashtirishga qiynaladilar. Shunga ko‘ra oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish” kursining kiritilishi hamda o‘qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir.

Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan hujjatlar, ularning xillari, har bir hujjatda qamrab olinishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos dalillar, ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotimizga oid, o‘z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar, ularni tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni kengroq o‘rganishlari uchun xizmat qiladi.

Fanning maqsad va vazifalari

“Davlat tilida ish yuritish” fani o‘tilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad universitetning tegishli fakultetini tugatib, oliy ma’lumotga ega bo‘ladigan bo‘lg‘usi o‘qituvchilar va murabbiylarimizga o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari hamda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha ona tilimizga oid, shuningdek, o‘zlashma terminlar haqida tasavvur berish, ularning to‘g‘ri qo‘llanish yuzasidan yo‘llanma berish, amalda qo‘llanayotgan ish qog‘ozlarining turlari, ularning namunalari, yozilishi, ularning o‘ziga xos jihatlarin o‘rgatish, ularning yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yaqindan yordam berishdir.

Mazkur fan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar majmuasiga taalluqlu bo‘lib, uchinchi kurs talabalari uni rejaga ko‘ra beshinchi yoki oltinchi semestrda o‘rganadilar.


Yüklə 190 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin