Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
Xususiy mulk. Foma Akvinskiy nuqtai - nazaridan shaxs o`z ko`nglini 
qo`ygan narsalarga egalik qilish huquqiga ega, ya`ni bunday istak asosida 
yaratuvchining yaratilgan narsalariga nisbatan huquqi bilan tenglashtiriladi. 
Birinchi navbatda, so`z inson mehnati mahsuli haqida ketib, bunda inson mazkur 
narsalarni yaratishda mehnat qiladi. Shu bilan birgalikda, inson narsalarni qabul 
qilish, olish, hamda me`ros qoldirish huquqiga ham egadir, zero uning mehnati 
nafaqat o`zi uchun, balki o`z oilasi, hamda avlodlari uchun ham xizmat qiladi. 
Xususiy mulk zaruratini Foma Akvinskiy inson tabiati gunohkorligi bilan 
bog`laydi. Uning yozishicha, inson faqatgina o`ziga tegishli bo`lgan narsalar 
borasida ko`proq qayg`uradi. Bundan tashqari, insonlar orasida mulkning 
bo`linishi barobarida, inson jamoadagi vazifalarini ham baham ko`radi, ya`ni har -
bir faoliyat ixtisoslashtirilib, bu holat yanada samaraliroq bo`ladi. Xususiy mulk 
kuchli tartibini o`rnatish, u yoki bu mulkka egalik qilish borasidagi munozaralarga 
chek qo`yadi. 
Nima bo`lganida ham, inson yaratguvchi tomonidan yaratilgan barcha 
narsalarga tabiiy egalik qilish huquqiga ega bo`ladi, va bu huquqdan inson 


18 
faqatgina ehtiyoj tug`ilgandagina foydalanishi mumkin. Inson o`zganing mulkini 
o`zlashtirish huquqiga ega bo`lib, buning uchun jazolanishi mumkin emas. 
Ijtimoiy tengsizlik. Foma Akvinskiy adolatning ikkita turini ajratadi. 
Birinchi turi almashinuv vaqtidagi adolatdir. Bunday adolat, almashtirilayotgan 
tovarlar tengligiga asoslanib, buning oqibatida adolatli narx va adolatli to`lov 
tushunchalari kelib chiqib, ular haqida quyida to`xtalib o`tamiz. Adolatning 
ikkinchi turi, bo`lish paytidagi adolatdir. Bunday tur, umumiy mahsulotning 
jamiyatning har - bir a`zosiga teng ulushda bo`linishiga asoslangan. Bo`lish huquqi 
arifmetik tenglikka emas, proportsional tenglikka asoslanib buning ostida bo`linish 
paytidagi har - bir ulush insonning jamiyatdagi mavqeiga qarab belgilanadi. 
Bunda adolat bajarilgan ishlar miqdoriga qarab belgilanadi. Har - bir jamiyat 
ierarxik ekanligi sababli, jamiyat a`zolari xizmatlari ham turlicha bo`ladi, demakki, 
ularning daromadlari ham turlicha bo`lishi lozim. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin