Kapital. Kapital tushunchasini ilk marotaba Kene tahlil etgan bo`lsada,
ammo uning lug`aviy boyligida bunday atama mavjud emas edi. Kapital atamasi
o`rniga Kene «avans» atamasini qo`llagan, Chunki kapitalning asosiy omili
sifatida uning nazdida xarajatlar narxi aylanmasi turib, aynan Shu aylanma ishlab
chiqaruvchiga avans tariqasida qaytib keladi. Bundan tashqari, Kene “kapital”
tushunchasini asosiy, hamda aylanma kapital toifalariga bo`ladi. Aylanma kapitalni
u har yilgi avans deb ataydi. Xarajatlarning mazkur qismi, bir qishloq xo`jalik yili
davomida, aylanadi. Asosiy kapital esa, boshlang`ich avans deb atalib, qator yillar
davomida qo`llaniladi. Aylanmaning o`zi esa har yili uning bir qismi amortizatsiya
fondiga o`tkazilishi asosida amalga oshiriladi. Asosiy kapitalning barcha summasi
o`sha erda yig`iladigan bo`lsa, aylanma tugallangan deb hisoblanadi.
Umumiy milliy mahsulot qayta taqsimlanishi. (jamoatchilik qayta
ishlanmalari realizatsiya, hamda sohalararo balans). yuqorida tilga olingan barcha
atamalar o`zaro bog`liq. Qayta ishlab chiqarish uchun (ishlab chiqarishni qaytarish
uchun) xo`jalik sub`ektiga tayyor mahsulotni realizatsiya etish zarur. Olingan
mablag` evaziga esa, ishlab - chiqarishning Yangi elementlari va iste`mol
predmetlari sotib olinishi kerak.Xo`jalik sub`ektlari orasidagi barcha oldi - sotdi
aktlari umumiy tarzda, umumiy milliy mahsulotning qayta taqsimlanishini
bildiradi. Ammo
qayta taqsimlanishning barcha aktlarini kuzatishning
imkoniyatlari mavjud emas, Shu sababli mazkur jarayonlarning modellashtirilishi
uchun xo`jalik sub`ektlari sohaviy guruhlarga birlashishadi, va sohalararo oldi -
sotdi aktlarini ko`rib chiqishadi. Bunday model`, sohalararo balans deb ataladi.
Kene nazariyasida, sohalararo balans yaratilishining birinchi tajribasi keltirilib, bu
holat “iqtisodiy jadval” deb atalgan. Iqtisodiy jadvalda xalq xo`jaliging uch
sektorli modeli tasvirlanib, unda sektorlar orasida umumiy milliy mahsulotning
qayta taqsimlanishi amalga oshadi (quyida ko`rsatiladi).
A.Tyurgo ta`limotlari o`zining 1766 yilda yozilgan, va nashr etilgan
«Boylikning yaratilishi va qayta taqsimlanishi haqidap fikrlar» asarida, u qator
Yangicha nazariy g`oyalarni ilgari surgan.