139
Boshqa ingliz iqtisodchisi Roy Dj. Allen (1906-1983) bilan birgalikda, Xiks
Slutskiy yondashuvini rivojlantirdi. Olingan xulosalar, avvalo 1934 yilda nashr
etilgan «YAna bir bora narx nazariyasi haqida» asarida aytib o`tilib, keyinchalik
Dj. Xiks qalamiga mansub «Tannarx va kapital» asarida rivojlantirildi. Buning
natijasida, tovarning ikki asosiy vazifasi funktsiyasi ajratildi – ya`ni almashinuv va
daromad samaralari. Almashinuv samarali, narxlar o`zgarishi sababli tovarga
nisbatan talab o`zgarishini bildirilib, bunda qay turdagi tovarlar ayniqsa yuqori
darajada talab etilishi va boshqa tovarlarni bozordan siqib chiqarishi tushuntirilgan.
Daromad samarali, iste`molchi daromadlari ortishi yoki pasayishi natijasida talab
qay darajada o`zgarishini tushuntiradi. Birinchi kontseptsiya, ya`ni almashinuv
samarali,
maksimal
darajadagi
foydalilik
mavjud
nazariyasining
modernizatsiyalashtirilgan varianti edi. Ikkinchisi, ya`ni daromadning talabga ta`sir
etuvchi element sifatida ko`rib chiqilishi, neomumtoz nazariyadagi printsipial
ravishdagi Yangi holat bo`ldi. Shu sababli, bu elementni to`liqroq ko`rib chiqamiz.
Umuman olganda, daromad samarali, to`g`ridan - to`g`ri daromad va talab
darajasiga bog`liq: daromadlar ortishi sayin, o`rtacha darajada tovarlarga talab ham
oshadi. Daromad pasaygani sayin esa, tovarlarga nisbatan talab tushib ketadi.
Mazkur umumiy qonuniyat bilan birgalikda, qator istisnolar mavjud. Ulardan
ikkitasini keltiramiz.
1. Daromad miqdori oshib boishi bilan, arzon, yomon sifatga ega tovarlarga
nisbatan talab pasayadi, Chunki individ iste`mol tuzilishi o`zgaradi. Katta
moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan iste`molchi, yuqori sifatdagi
tovarlarni sotib olishga moyil bo`ladi, va ular bundan oldin uning
daromadlari uchun juda qimmat edi. Demakki, past darajadagi sifatga ega
tovarlarga talab, bunday iste`molchi tomonidan qisqaradi.
2. Daromadlar pasayishi sayin, aholining kam daromadli qatlamlarida birinchi
navbatdagi ehtiyojga ega tovarlarga nisbatan talab ortadi. Buning sababi,
qimmatbaho tovarlar endilikda arzonroq tovarlar bilan almashtirilishidir.
Masalan, kam ta`minlangan oila, oila byudjeti qisqarganida, nisbatan
qimmat oziq - ovqat mahsulotlarini sotib olishdan voz kechadi va ularni eng
arzon oziq-ovqat tovarlari bilan almashtiradi. Masalan, non bilan. Demakki
daromad pasayishi, mazkur tovarga nisbatan, talab o`sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: