Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   169
Mak-Kullox Jon Ramsey (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni qo„llagan, 
mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok yetadi, degan fikrni 
ilgari surdi. 
Senior A. (1790-1864) - ingliz siyosiy iqtisodi vakili, «So„nggi soat» va 
«Tiyilish» nazariyalarini ilgari surgan, unga ko„ra go„yoki ishchilar o„n bir yarim 
soat ish vaqtining faqat oxirgi bir soati davomidagina foyda keltirar yekanlar. 
Sey Jan Batist (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi, 
«kompensasiya» nazariyasini ilgari surgan, «Sey qonuni»ning («Bozorlar 
qonuni») muallifi, unga ko„ra taklif talabni avtomatik ravishda vujudga keltiradi, 
S. inqirozlarni inkor yetgan, sinflar o„rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi 
(«ular o„rtasida uyg„unlik bor», deydi). Proteksionizm o„rniga savdoni targ„ib 
qilgan. Ishlab chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi. 
Maltus Tomas Robert (1766-1834) - ingliz iqtisodchisi, «Nufus nazariyasi», 
«Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni»ning muallifi. Uningcha aholi 
geometrik progressiya asosida, noz-ne‟matlar yesa arifmetik progressiya asosida 
o„sib boradi, oqibatda qashshoqlikning sababi aholi soniga bog„liq deb 
ko„rsatiladi. M. aholi sonining o„sishini cheklash tarafdori bo„lgan. 
«Uchinchi shaxslar» - XIX asr boshlarida muomalaga kiritilgan tushuncha. 
Xo„jalik hayotini sinfiy tahlil qilish metodida qo„llaniladi. Jamiyatning asosiy 
ishlab chiqarish kuchlari bo„lgan tadbirkorlar va yollanma ishchilardan tashqari 
qatlam bo„lib, olimlar fikri bo„yicha ular mahsulotni yaratish va realizasiya 
qilishga imkon beradi. 
Bastia F. (1801-1850) - fransuz iqtisodchisi, «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobi 
va g„oyasi, «manfaatlar uyg„unligi» va «xizmatlar» nazariyalarining muallifi. 
Keri Genri Charlz (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, «Manfaatlar 
uyg„unligi» (1872) asarini yozgan. Shu g„oyaning tarafdori bo„lgan, millatlar 
uyg„unligi g„oyasini ilgari surdi, Rikardo va Maltusga qarshi chiqdi. Yerkin 
savdoni rad yetdi, proteksionizm va qulchilikni qo„lladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin