Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Yekonometrika (Yekonometriya)



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169
Yekonometrika (Yekonometriya) - iqtisodiy jarayonlarga matematik 
usullarni qo„llash bilan bog„liq iqtisodiy matematik yo„nalish. XIX asrning 
boshlarida vujudga keldi va hozirgi kunda nazariya va amaliyotda keng 
qo„llaniladi. 
Kurno 
Antuan 
Ogyusten 
(1801-1877) 

fransiyalik 
matematik, 
birinchilardan bo„lib matematikani iqtisodiy jarayonlarga keng qo„llash uslubini 
ishlab chiqdi. Yekonometrika yo„nalishining asoschilaridan biri, «talablarning 
yelastikligi» funksiyasi va grafigini yaratdi. 


251 
Iogann Genrix fon Tyunen (1783-1850) - nemis olimi, yekonometrikada 
matematik modellashtirish bo„yicha yirik mutaxassis. 
Iqtisodiy ta‟limot, nazariya, qonun, kategoriya - merkantilizm, 
fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, marjinalizm - bu iqtisodiy ta‟limotlardir; 
«nufus», «so„nggi soat», «uchinchi shaxslar», yuqori foydalilik, umumiy bandlik, 
qiymatning mehnat nazariyasi; qiymat, qo„shimcha qiymat, talab va taklif 
qonunlari; tovar, mehnat taqsimoti, pul, narx, ish haqi, renta va boshqalar iqtisodiy 
kategoriyalardir. 
Konsepsiya (lotincha tushuncha, tizim degani) - ma‟lum predmet, hodisa va 
jarayonlarni tushuntirish uslubi, predmet va boshqalarga qaratilgan asosiy 
ko„zqarash; ularni sistematik yoritib berish uchun bosh g„oya; bu matn ilmiy va 
boshqa faoliyatdagi asosiy fikrni, konstruktiv tamoyilni belgilash uchun ham 
qo„llaniladi. Masalan, tabiiy tartib konsepsiyasi va boshqalar. 
Tarixiy maktab - Germaniyada (vakillari: F.List, V.Rosher, B.Gildebrand, 
K.Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda foydalilik va yuqori naf birinchi 
o„ringa qo„yiladi. Iqtisodiy qonunlar inkor yetilib, iqtisodiy tarix bilan 
almashtiriladi. 
Fridrix List (1789-1846) - nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab asoschilaridan 
biri, uning ta‟limotiga ko„ra, qiymat «millatning ruhi» tomonidan yaratiladi; F.L. 
taraqqiyotni besh bosqichga bo„ladi: badaviylik, cho„ponlik, dehqonchilik - 
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo; urush va bosqinchiliklarning 
tarafdori bo„lgan, F.L. fashizmning iqtisodiy nazariyotchisidir. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin