9
II-BOB. QADIMGI SHARQ, ANTIK DUNYO, FEODAL JAMIYAT VA ILK
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA‟LIMOTLARI
2.1. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikrlari
Davr tavsifi. Miloddan oldingi III ming yillarda yuzaga kelgan ilk
tamaddunlar dastlab Misr, ikki daryo oralig`i davlatlarida, keyinchalik Osiyoning
bir qator davlatlarida tarqalib, mo„ayyan turdagi insonlar jamiyati shaklini yuzaga
keltirgan. Bu holat keyinchalik boshqa ba`zi qadimiy davlatlarda ham kuzatila
bordi. Xususan, Evropada (Krit), Amerikada (Mayya, Aytek, Inklar davlatlari) va
Afrikada (Misr) kabilar. Bu davlatlarda asosiy ishlab chiqarish vositalari, er va
sug`orish tizimlari, davlatga tegishli bo`lib, davlatchilik mutloq monarxiya
ko`rinishida amal qilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar jamoalarga birlashgan
hunarmandlar va erkin dehqonlar bo`lib, ular soliq to`lab ma`lum bir mehnat
majburiyatlarini bajarishgan. Qullar esa ishlovchilarning kamchilik qismini tashkil
etib, asosan puldorlarga, zodagonlarga xizmat ko`rsatishgan yoki eng og`ir mehnat
jarayonlarida, xususan temir va tosh konlarida ishlashgan.
Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy tizimining katta ulushini natural xo`jaliklar
tashkil etgan, Shu bilan birga, tovar munosabatlari (tovar xo`jaliklari) ham
qadimdan mavjud bo`lgan. Jamiyatning oliy tabaqa vakillari, asosan
mansabdorlardan tashkil topgan, Chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, asosan
davlat tomonidan tabaqalashtirilib, nazorat qilingan. Shuningdek jamiyatning
ma`naviy hayotida din katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: