Nazorat uchun savollar:
1. XX asr 20-30-yillari iqtisodiyotining farqli tomonlarini sanab bering.
2. Iqtisodiyot fanida XX asrning 20-30-yillarida mavjud bo`lgan asosiy
yo`nalish va maktablarni sanab o`ting.
3. XX asr 30-yillari oxiriga kelib marjinalizm yo`nalishi doirasida yuz bergan
asosiy o`zgarishlarni sanab bering.
4. Stokgol`m maktabi iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga qanday hissa
qo`shdi.
5. Mazkur davr institutsional yo`nalishi rivojlanishi asosiy xususiyatlari
qanday?
6. Keyns davlat nazorati kontseptsiyasidan va mumtoz liberalizmning
neoliberalizmdan nimasi bilan farq qiladi?
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1. История экономики: Учебник / Под ред. О.Д. Кузнецовой и И.Н.
Шапкина. М.: ИНФРА – М, 2002.
2. Камерон Р. Краткая экономическая история мира от палеолита до
наших дней. М.: РОССПЕН, 2001.
3. История экономических учений. Ч- II. / Под ред. А.Г. Худокормова. М.,
1994.
4. Блюмин И.Г. Критика буржуазной политической экономии. Т.- III. М.,
1962.
137
XVI-BOB. NEOMUMTOZ YO`NALISHINING RIVOJLANISHI
16.1. Kardinalistik yondashuvdan ordinalistik yondashuvga o`tish
XIX asrning so`nggi davrida iqtisodiyot fanida yuz bergan marjinalistik
inqilob, neomumtoz yo`nalish rivojlanishi uchun kuchli turtki bo`ldi. Iqtisodiyotda
Yangi matematik apparatning tadbiq etilishi, ko`plab kontseptsiyalar rivojlanishiga
olib keldi. Iqtisodiy nazariya, deyarli Yangi mazmunda boshqatdan yozib chiqildi.
Uning asosini esa grafik va tahliliy ko`rinishdagi maksimal tahlili bo`ldi. Bu holat,
mumtoz nazariya echa olmagan bir qator muammolar echilishi imkoniyatini,
hamda iqtisodiy qonuniyatlarning keyingi unifikatsiyasining imkoniyatini berdi.
Xususan, maksimal foydalilik printsipini tadbiq etilishi, narxga ta`sir etuvchi ikki
omil tushunchasini yani, kam uchrashlik va predmet foydaliligi bir tushunchaga
birlashtirish imkoniyatini berdi, bu holat suv va brilliantlar haqidagi paradoksni
echib berdi.
Qiymatning Yangi talqini, nisbatan to`laroq edi, zero tarkibiga kam
uchraydigan tovarlar tahlilini olib, ular qiymatning mehnat nazariyasi doirasida
bundan oldin ko`rib chiqilmagan edi (Rikardo).
Ammo marjinalistik inqilob davomida, o`z echimini talab etayotgan qator
Yangi masalalar ham yuzaga keldi. Xususan, maksimal darajadagi foydalalikka
asoslangan Yangi usul, o`z sub`ektivizmi bilan farq qilar, Chunki barcha asosiy
iqtisodiy toifalar tovar foydaliligi individual baholanishidan kelib chiqgan edi.
Bunday yondashuv, aniq iqtisodiy vazifalar echilishiga o`tishga qator
muammolarni yaratar edi. Xususiy iste`molchilik istaklari, o`zining sub`ektiv
tavsifi sababli, aniqlanishi murakkab bo`lib, aynan Shu sababli ularni miqdoriy
ravishda baholash imkoniyati yo`q. Buni tushungan holda, iqtisodchilar, maksimal
foydalilik nazariyasi sub`ektivizmini echishning asosiy yo`nalishlarini ishlab
chiqishdi.
Sub`ektivizm
masalalarini
echishdagi
asosiy
holat,
foydalalikning
kardinalistik talqinidan, ordinalistik talqiniga o`tish bo`ldi. Kardinalistik
yondashuv deb, marjinalistik inqilob birinchi bosqichida qo`llanilgan yondashuvga
aytiladi. U absolyut ko`rinishdagi har - bir alohida tovar iste`molchilik
foydaliligining miqdoriy bahosini nazarda tutadi. Masalan, U. Djevons foydalilik
darajasini baholashda «utili birligi» atamasini kiritgan. Ordinalistik yondashuv
al`ternativ varianti bo`lib, uning doirasida, boshqa tovarlarga nisbatan tovar yoki
tovarlar guruhining qaysi biri iste`molchi uchun istalganligini aniqlash etarli deb
hisoblanadi. Mazkur yondashuvni qo`llanilishi, bozordagi tovarlar mutanosibligi
yoki almashinuvi mexanizmi tahlili uchun farqsizlik chiziqlarini kiritish
imkoniyatini berdi. Ilk marotaba mazkur chiziqlarni ingliz iqtisodchisi Frensis
138
Edjuort (1845-1926) kiritgan. Uning o`zi foydalalikning miqdoriy hisobi
imkoniyatiga asoslangan. Yangi ordinalistik uslub yaratilishi uchun, mazkur
chiziqlarni ilk marotaba Vil`fredo Pareto qo`llagan. Aynan uning siyosiy
iqtisodiyot darsligida, ordinalistik foydalilik kontseptsiyasi o`z ko`rinishiga ega
bo`ldi.
Yangi yondashuv rivojlanishiga katta hissa qo`shgan iqtisodchilardan biri
Djon R. Xiks (1904-1989) bo`ldi. Uning «Tannarx va kapital» (1939) asarida,
ordinalizm iqtisodiy nazariyadan ustun kelishi tilga olingan.
Dj.Xiks tomonidan farqsizlik chiziqlarining yangi interpretatsiyasi kiritildi. U
mazkur chiziqlarni tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishiga asoslanib emas, bir
tovarning boshqa tovarga nisbatan maqbul ko`rilishi empirik faktlari asosida,
qurilishini taklif qilgan. Buning uchun, eng maqbul xarid tuzilishi, tahlil etilgan.
Xaridor tanlovi, bir tovarning boshqa tovarga nisbatan ko`proq maqbul ko`rilishi
akti sifatida talqin etilgan. Endilikda foydalilik maksimal darajasi kamayishi fakti,
bir tovardan boshqa tovar foydasiga voz kechishda aks etar edi. Buning natijasida,
tovar maksimal foydalilik tushunchasi Dj.Xiks tomonidan ikki tovar o`rin
almashish maksimal normasi toifasiga kiritildi. U endilikda, foydalilik absolyut
darajasi o`lchanishini talab etmas edi. Demak, ikki tovar o`rin almashish maksimal
pasayib borayotgan normasi tamoyili asosida tovar maksimal pasayayotgan
foydalilik printsipi bilan almashtirildi.
Foydalilikni tadqiq etish Yangi printsipi natijasida, tadqiqotchilik vazifasi
ham o`zgardi. Endilikda, u yoki bu tovar foydalilik darajasini aniqlash zarurati
yo`q edi. Tadqiqot markaziga, bir tovar foydasiga ikkinchi tovardan voz kechish va
mazkur istakning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash masalasi qo`yildi,
Shunday qilib, tahlilga ob`ektiv iqtisodiy toifalar kiritila boshlandi.
Dj. Xiks o`z nazariyasining mazkur qismida rus iqtisodchisi Evgeniy Slutskiy
asarlaridan foydalanib, Evgeniy Sluchkiy ingliz iqtisodchisi asarlaridan ancha
oldin talab tahliliga nisbatan ob`ektivlashtirilgan yondashuvni taklif qilgan edi. U
o`z e`tiborini, tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishi masalasiga bog`liqligini
emas, tashqi omillar ta`sirini qo`yib, tashqi omillar, iste`molchilik istaklariga ta`sir
ko`rsatishini aytib o`tgan edi.
Xususan, o`zining «Iste`molchi balanslashtirilgan byudjeti nazariyasi» (1915)
asarida, u narxlar va daromad darajasi o`zgarishida, iste`molchi harakatlari qay
tarzda o`zgarishini tadqiq etgan edi.
Shunday qilib, ob`ektiv iqtisodiy toifalarning o`zaro ta`siri, tadqiq etilib,
buning asosida talab, va daromadlar olingan. Slutskiy asarlari mustaqil ravishda
jahon iqtisodiy adabiyotiga keng tarqalmagan, zero bunga tarixiy hodisalar sabab
bo` lib, aynan Xiks va uning tomonidan rus iqtisodchisi asarlariga tayanishi,
mazkur g`oyalar tiklanishiga zamin yaratgan.
139
Boshqa ingliz iqtisodchisi Roy Dj. Allen (1906-1983) bilan birgalikda, Xiks
Slutskiy yondashuvini rivojlantirdi. Olingan xulosalar, avvalo 1934 yilda nashr
etilgan «YAna bir bora narx nazariyasi haqida» asarida aytib o`tilib, keyinchalik
Dj. Xiks qalamiga mansub «Tannarx va kapital» asarida rivojlantirildi. Buning
natijasida, tovarning ikki asosiy vazifasi funktsiyasi ajratildi – ya`ni almashinuv va
daromad samaralari. Almashinuv samarali, narxlar o`zgarishi sababli tovarga
nisbatan talab o`zgarishini bildirilib, bunda qay turdagi tovarlar ayniqsa yuqori
darajada talab etilishi va boshqa tovarlarni bozordan siqib chiqarishi tushuntirilgan.
Daromad samarali, iste`molchi daromadlari ortishi yoki pasayishi natijasida talab
qay darajada o`zgarishini tushuntiradi. Birinchi kontseptsiya, ya`ni almashinuv
samarali,
maksimal
darajadagi
foydalilik
mavjud
nazariyasining
modernizatsiyalashtirilgan varianti edi. Ikkinchisi, ya`ni daromadning talabga ta`sir
etuvchi element sifatida ko`rib chiqilishi, neomumtoz nazariyadagi printsipial
ravishdagi Yangi holat bo`ldi. Shu sababli, bu elementni to`liqroq ko`rib chiqamiz.
Umuman olganda, daromad samarali, to`g`ridan - to`g`ri daromad va talab
darajasiga bog`liq: daromadlar ortishi sayin, o`rtacha darajada tovarlarga talab ham
oshadi. Daromad pasaygani sayin esa, tovarlarga nisbatan talab tushib ketadi.
Mazkur umumiy qonuniyat bilan birgalikda, qator istisnolar mavjud. Ulardan
ikkitasini keltiramiz.
1. Daromad miqdori oshib boishi bilan, arzon, yomon sifatga ega tovarlarga
nisbatan talab pasayadi, Chunki individ iste`mol tuzilishi o`zgaradi. Katta
moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan iste`molchi, yuqori sifatdagi
tovarlarni sotib olishga moyil bo`ladi, va ular bundan oldin uning
daromadlari uchun juda qimmat edi. Demakki, past darajadagi sifatga ega
tovarlarga talab, bunday iste`molchi tomonidan qisqaradi.
2. Daromadlar pasayishi sayin, aholining kam daromadli qatlamlarida birinchi
navbatdagi ehtiyojga ega tovarlarga nisbatan talab ortadi. Buning sababi,
qimmatbaho tovarlar endilikda arzonroq tovarlar bilan almashtirilishidir.
Masalan, kam ta`minlangan oila, oila byudjeti qisqarganida, nisbatan
qimmat oziq - ovqat mahsulotlarini sotib olishdan voz kechadi va ularni eng
arzon oziq-ovqat tovarlari bilan almashtiradi. Masalan, non bilan. Demakki
daromad pasayishi, mazkur tovarga nisbatan, talab o`sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |