1.Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.
2.Ta’lim va tarbiya ko’pgina fanlarning predmeti sifatida.
3.Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati.
4.Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Talabalarning pedagogik-psixologiyaning predmeti va vazifalari bo‘yicha umumiy tasavvurlarini shakllantirish va fanning strukturaviy tuzilishi bilan tanishtirish.
Pedagogik vazifalar:
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari haqida umumiy tushunchalar bilan tanishtirish;
Fan sifatida pedagogik-psixolo-giyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati haqida ma’lumot berish;
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish.
O‘quv faoliyatining natijalari:
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari haqida umumiy tushunchalar bilan tanishtirish;
Ta’lim va tarbiya ko’pgina fanlarning predmeti sifatida haqida ma’lumot berish.
Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati haqida ma’lumot berish;
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish.
Ta’lim metodlari
Ma’ruza, «aqliy hujum», namoyish etish
Ta’lim vositalari
Ma’ruza matni, kodoskop, slaydlar, format qog‘ozlari, markerlar, skotch
O‘qitish shakllari
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
O‘qitish shart-sharoiti
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan auditoriya
1.1. O‘quv fanining nomini e’lon qiladi. Fan haqida dastlabki tushuncha beradi va fan miqyosida uslubiy va tashkiliy ishlarning asosiy tomonlarini ochib beradi.
1.2. Mazkur fan bo‘yicha o‘rganiladigan mavzularni e’lon qiladi, ular haqida qisqacha ma’lumot beradi hamda seminar va amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘laydi. Fan reytingi: joriy, oraliq va yakuniy nazoratning baholash mezonlari bilan tanishtiradi .
Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etadi va izohlaydi
1.3. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilajak o‘quv natijalarini e’lon qiladi.
1.4. «Aqliy hujum» metodini qo‘llab, mavzu bo‘yicha tanish tushunchalarni aytishlarini taklif qiladi. Barcha takliflarni doskaga yozib boradi.
1.5. Ushbu ishni o‘quv mashg‘ulotining yakunida oxiriga yetkazishlarini aytadi.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar va yozib oladilar
aniqlashtiradilar, savollar beradilar
Mavzuni daftarlariga yozadilar
O‘z fikrlarini bildiradilar.
II. Asosiy bosqich (50 daqiqa)
2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi: mavzu rejasi va asosiy tushunchalar bilan tanishib chiqishni taklif qiladi.
2.2. «Aqliy hujum» metodini qo‘llab, mavzu bo‘yicha tanish tushunchalarni aytishlarini taklif qiladi. Barcha takliflarni doskaga yozib boradi
2.3. Namoyish qilish va izohlash yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni beradi. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini tushuntiradi
Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. Talabalarning e’tiborini asosiy tushunchalarga va ahamiyatli tomonlariga jalb qiladi.
Tinglaydilar.
Javob beradilar .
II. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar qiladilar. Faoliyat natijalarini izohlaydi. Mazkur mavzu bo‘yicha egallangan bilimlar kelajakda qayerlarda qo‘llanilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
3.2. Talabalar faoliyatini va belgilangan o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) bo‘sh sxemalarni to‘ldirish; (2) savollarga og‘zaki javob topib kelish.
Savollar beradilar, tinglay-dilar. O‘zaro baholashni o‘tkazadilar
Vazifani yozib oladilar
1-Mavzu: PEDAGOGIK PSIXOLOGIY: PREDMET, TUZILMA, MUAMOLAR Reja: 1.Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari. 2.Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. 3.Pedagogik psixologiya tuzilmasi. 4.Pedagogik psixologiyaning asosiy muamolari. 5.Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Ma’lumki, qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs kamoloti eng asosiy masala qilib olingan. Respublikamizda ularda ko’rsatib o’tilgan vazifalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Pedagogik psixologiya psixologiya fanining muhim tarmoqlaridan biridir. Pedagogik psixologiya murakkab tuzilishiga ega bo’lib, inson hayotining barcha sohalarining, ayniqsa, ta’lim va tarbiyaviy tomonlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik psixologiya kursining maqsadi - talabalarga ta’lim va tarbiyaning mazmuni, undagi psixologik qonuniyatlar, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, pedagogik psixologiyaning metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalariga bakalavrlarni ijtimoiy faoliyatining ta’lim va tarbiya kabi yo’nalishlarida o’qituvchi shaxsi mehnatini tashkil etish, pedagogik jamoalarda ishni tashkil etish omillari, mexanizmlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish, ta’lim faoliyat motivlarini mukamal o’zlashtirish, o’quvchilarning ta’limdagi qobiliyat va iqtidorini o’stirish yo’llari hamda ularni rivojlantirish omillariga o’rgatish, bu borada ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiati va mohiyatini tushunishga ko’maqlashishdan iboratdir.
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o’quv muassasalarida bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya - ta’lim-tarbiyaning ta’siri okibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muamolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma’nosi shuki, pedagogik psixologiya o’quvchilar tomonidan bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va shuningdek, o’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilar shaxsining tarkib topishini o’rganadigan fandir.
Pedagogik psixologiyaning vazifasiga, shuningdek, o’quvchilar va o’qituvchilar, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabati, o’qituvchi shaxsiga nisbatan qo’yiladigan talablarni o’rganish, o’qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o’rganish kiradi. Pedagogik psixologiya ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topishini o’rganadi.
O’qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o’rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakkurining shakllanishini tekshiradi; o’zlashtirish jarayonining idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish muamolarini o’rganadi, o’qitish jarayonining, o’quvchi va o’qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatlarning, ta’lim oluvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli bo’lishiga ta’sir qiladigan psixologik omillarni aniqlaydi; o’quvchilarning individual-psixologak tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarining psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti ta’lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini o’rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o’zaro masalalarni o’rganadi. Bundan tashqari pedagogik psixologiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o’rganadi.
Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xati-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir.
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muamolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi.
Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topish muomolarini o’rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko’radi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, qurollari, ta’lim va tarbiyaning samarali metodlari, o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga tayyorlash masalalarini har bir o’quvchining o’ziga xos sifatlarni bilmay turib, amalga oshirib bo’lmaydi.
O’quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o’sa borishi, o’quvchilar jamoasidagi o’zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o’quvchida bilimlarni o’zlashtirish malaka va ko’nikmalarini bilmay turib, ta’lim va tarbiya ishida muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat: