Samarqand davlat universiteti


Tadqiqot predmeti va usuli



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə3/5
tarix31.05.2022
ölçüsü32,3 Kb.
#60237
1   2   3   4   5
Magistrlik dissertatsiyasi

Tadqiqot predmeti va usuli: yorug‘lining kombinatsion sochilishi va nazariy kvanto-kimyoviy hisoblashlar
Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi va vazifalari: molekulalararo o‘zaro ta’sir to‘g‘risida kombinatsion sochilish spektrlaridan foydalanib ma’lumotlar olishdan iborat. Bu ishda kombinatsion sochilish spektrlarida molekulalararo vodorod bog‘lanishning namoyon bo‘lish xususiyatiga asoslangan holda molekulalararo vodorod bog‘lanishni o‘rganishga qaratilgan.
Suv va uning turli xil eritmalarida molekulalararo ta’sirlarni tebranish spektrida namoyon bo‘lishi, tuzilishi, xossalari va tebranish chastotalari kvanto-kimyoviy hisoblashlar orqali aniqlanadi. Kombinatsion sochilish spektrlari yordamida olingan tajriba natijalari o‘tkazilgan kvanto - kimyoviy hisoblashlar natijalari bilan taqqoslanadi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi: Siklogeksanonning kombinasion sochilish spektrlaridagi C=O tebranish polosasning parallel va perpendikulyar tashkil etuvchilari shakli va yarim kengligi bir xil emas, bu oriyentatsion korrelyatsiya vaqti kattaligidan molekulaning oriyentatsion harakati parallel tashkil etuvchisi polosasining kengayishiga juda kam hissa qo`shishdan dalolat beradi. Nazariy hisoblashlar yordamida siklogeksanon molekulalari monomer hamda dimer holatda bo‘lishi aniqlandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Suyuqliklarda molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlarini namoyon bo‘lishini o‘rganish.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: Ushbu dissertatsiya ishida yorug‘likning kombinatsion sochilish spektri va kvanto-kimyoviy hisoblashlar bajarildi.
Tadqiqot natijalarini nazariy va amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiyasida olingan natijalar suyuqliklarning tabiatini va ularning xususiyatlarini o‘rganishda ma’lum bir hissa qo‘shish bilan birgalikda siklogeksanon molekulasida atomlarning joylashish geometriyasini tahlil qilishda yordam beradi.

Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin