Samarqand filiali



Yüklə 1,1 Mb.
tarix10.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#87124
Shuhrat Asm

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

  • Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
  • Samarqand filiali

  • QXI-220 Agrosanoat Majmuasi Menejmenti fanidan
  • Mustaqil ta’lim
  • Bajardi: Ergashev Sh
  • Tekshirdi: Yuldoshev G’
  • Mavzu: Qishloq Infratuzilma sohalarini boshqarish
  • Reja:
  • 1. Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining maqsadi, tarkibi, ularni boshqarish xususiyatlari.
  • 2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlash, sotish va logistik jarayonlarni boshqarish.
  • 3. Qishloq infratuzilmasini samarali yoʻllar bilan boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi
  • Infratuzilma — (lot. infra — ostida, struktura — tuzilishi, oʻzaro joylashuvi;.ingl. infrastructure) — takror ishlab chiqarish (yoʻllar, aloqa transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash sohalari va boshqalar) sharoitlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmuidir. Boshqacha qilib aytganda, infratuzilma ishlab chiqarishning normal ishlashi va tovarning normal aylanishi hamda odamlarning normal hayotiy faoliyatini yuritish uchun sharoitni yaratib berishga qaratilgan sohalar hamda ushbu sohalarga kiruvchi korxonalarning va tashkilotlarining majmuasi.
  • Infratuzilma muassasalari xizmatlarining yetarli boʻlishi va uning sifati korxonani bozor munosabatlari sharoitida samarali ishlashini ta’minlashning zaruriy shartlaridan hisoblanadi
  • Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini normal rivojlantirish uchun sharoit bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarga berkitib quyishga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi

1.Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.

  • 1.Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.
  • Uning tarkibiga:
  • - moddiy-texnika ta’minoti;
  • - mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash;
  • - texnik xizmat koʻrsatish;
  • - suv va elektr ta’minoti kabi boʻlinmalar kiradi.
  • Bu turdagi xizmatlarni ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiritishdan asosiy maqsad – bu xizmatlar ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir etadi.
  • Ishlab chiqarish infratizilmasi oʻziga xos bir qator belgilarga ega:
  •  bu turdagi xizmatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir etadi;
  •  koʻrsatilgan xizmatlar samaradorligi faqat xizmat qilayotgan tarmoq, korxona, xizmat koʻrsatish punktlari ta’sirida amalga oshadi;
  •  infratuzilma tarmoqlarining rivojlanish darajasi asosiy ishlab chiqarish jarayonining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2020-2024-yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2020-2024-yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
  • Loyihada Oʻzbekistonning Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablagʻ olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Loyiha Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki (OIIB) moliyaviy koʻmagida amalga oshirilib, Jahon Banki 100 mln AQSH dollari va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki 82 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻi ajratganlar. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mazkur maqsadda 1,6 mln AQSH dollari ajratilgan boʻlib, loyihaning jami qiymati 183,6 million AQSH dollarini tashkil etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin