Bank ichki auditini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari Bugungi kunda respublika tijorat banklarida ichki audit faoliyati umum qabul qilingan me’yoriy xujjatlarga asoslangan bo’lib, ushbu jarayonning shakllanishida mas’ul davlat tashkilotlari bilan bir qatorda, nodavlat, notijorat tashkilotlari, O’zbekiston auditorlar palatasi, O’zbekiston professional buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi vakillarining faol ishtirok etishlari auditning jahon andozalari talablari asosida rivojlanishiga ijobiy turtki bo’lmokda. Respublikamizda hozirgi davrda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi idoralar huquq va majburiyatlarini belgilash, davlat va jamoat auditorlik tashkilotlarining roli va funktsiyalarini aniqlash jarayoni kechmoqda.
To’rtinchi pog’ona - vazirliklar va idoralar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyatini tashkil etish hamda muayyan sohalar bo’yicha soliqqa tortish, moliya, buxgalteriya hisobi, xo’jalik hisobining alohida masalalari bo’yicha audit o’tkazish qoidalarini o’rnatuvchi me’yoriy xujjatlardan tashkil topgan.
Banklarda moliyaviy nazoratning tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish
Banklarga moliyavit nazoratni tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish Bank nazorati hukumatning amaldagi bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidan iborat tizimli boshqaruv vositasi hisoblanadi. Mazkur tizim oldiga ikkita asosiy vazifa qo’yiladi: nazorat jarayonlarini amalga oshirayotgan paytda ham banklar manfaatini,ham mazkur banklarga o’z omonatlarini joylashtirgan mijozlar manfaatdorligini ko’zlab ish ko’rishlari lozim bo’ladi. Bundan tashqari nazorat qilinayotgan banklar joriy faoliyati bilan bog’liq risklar darajasini aniq baholab berish talab qilinadi.
Zero, bank mijozlari banklarning ommaviy chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlari axborotlari asosida moliyaviy koeffisietlardan foydalangan holda bank faoliyatiga mustaqil baho berishlari mumkin.Bunda bank tizimidagi biron-bir bank faoliyatiga salbiy baho berilishi bank tizimi mijozlarida boshqa banklarga bo’lgan ishonchga ham putur etkazishi mumkin. Shuning uchun ham bank tizimini to’la-to’kis sog’lom ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli nazoratlar o’tkazib turish juda muhim hisoblanadi. Bank nazoratining yana bir vazifalaridan biri bank sektorida ichki raqobatni rivojlantirish va shu asosda mijozlarga ularning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutanosib ravishda xizmat ko’rsatishni ta’minlash hisoblanadi. Bank nazorati 100 yildan ortiq muddat davomida AQShda va G’arbiy Evropa davlatlarida o’zining qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, shakllanib kelgan edi. So’nggi 15-20 yil atrofida rivojlanayotgan mamlakatlar ham bank nazoratini bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini anglab etdilar va o’z milliy bank tizimlariga joriy qila boshladilar.
Bank nazoratini amalga oshirish uchun bank tizimidagi mavjud muammolarni yechimi sifatida quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi: -mamlakat bank tizimini barqarorligini ta’minlash uchun turli xil iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqishni talab etadi (Masalan, hisob siyosati, kredit siyosati, investisiya siyosati va h.k.);
-bank tizimini nobarqarorligi banklarni bankrot bo’lishiga va shu tarzda bank mijozlarida banklarga bo’lgan ishonchni susayishiga olib kelish muammosini bartaraf etish uchun davriy tekshiruv nazoratlarini o’tkazib turish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirilmasligi quyidagi makroiqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi: -pul massasini qisqarishi; -pul tizimini buzilishi va natijada hukumatning yirik hajmdagi ko’zda tutilmagan majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmay qolishi. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasiga ko’ra, emissiya banki va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga olgan ikki pog’onali bank tizimi samarli faoliyat ko’rsatishiini yo’lga qo’ymasdan turib, davlat iqtisodiyotini yuksaltirish mumikn emas.Bunda birinchi pog’onada Markaziy bank bo’lib, u mamlkatni ng pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Bank faoliyati barcha mamlkatlarda qat’iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi va albatta nazoratning maqsadi aholini, qolaversa, mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir.
Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari mavjud. Birinchidan, banklar mamlakat aholisining jamg’armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholasini moddiy zarar ko’rishdan saqlash uchun tashkil etiladi Ikkinchidan, bank kreditorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartiga solish amaliyotlari qo’llaniladi. XYuS va jismoniy shaxslar o’z faoliyatlarini rivojlantirish , turmush farovonligini oshirish maqsadida tijorat banklarining kreditlaridan foydalanadilar.
Xulosa Xulosa qilib aytganda bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-BANKNING O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALGA OSHIRADIGAN OPERATSIYALARI VA BOSHQA TURDAGI OPERATSIYALARNI BAJARADILAR.
Отделение: 00742-ТОЙЛОК Т., АТ ХАЛК БАНКИ TОЙЛОК ФИЛИАЛИ