Javob: 100000 y.e.
Masala 2. Bank mijozga 1 yil muddatga 10% lik stavka bilan 100000 so’m kredit ajratdi. Kreditni qaytarmaslik riski me’yoriy javobgarlilik tizimi bo’yicha sug’urtalandi, shuningdek sug’urtalovchining javobgarlilik chegarasi zararning miqdorining 30% qilib belgilandi. Kreditni qaytarmaslik holatida sug’urta qoplamasini aniqlang.
Echish. Dastlab kreditni qaytarmaslik holatida bankning zararini U ni aniqlaymiz. Quyidagi formula(1.5.1) bo’yicha hisoblaymiz
U = 100000*0.1 – (-100000) = 110000 (so’m)
Endi formula(1.2.2) bo’yicha Sb sug’urta qoplamasini aniqlaymiz:
Sb = 110000*0.3 = 33000(so’m)
Javob: 33000 so’m
Masala 3. Qarzdor 01.01.07da 1yil muddatga 21%lik yillik stavka bilan bankdan 800000$ kredit oldi. Kredit to’lovi( foizlar bilan birga ) har kvartalda teng miqdorlarda to’lab borilishi kerak. Bank kreditning qaytmaslik riskini sug’urtaladi. Sug’urtalovching javobgarlik chegarasi – 90%, sug’urta mukofoti sug’urta summasining 3.5%ini tashkil etadi. Sug’urta mukofoti kvartallik sug’urta badallari orqali bo’lib-bo’lib to’lanadi, bo’lib to’langanligi uchun komission to’lov olinmaydi. Sug’urta badallarining grafigini tuzing.
Echish. Dastlab qarzdor bankka qaytarishi kerak bo’lgan umumiy K summani va foiz to’lovi P ni aniqlaymiz:
K = 800000*1.21 = 968000 ,
P = 800000*0.21 = 168000 .
Qarzdor har kvartalda asosiy qarzning quyidagi summasini to’lab borishi kerak
Foiz to’lovi esa quyidagi summada
Endi kreditni to’lash grfigini tuzsak bo’ladi.
1-Jadval.
Sana
31.03
30.06
30.09
31.12
Asosiy qarzni so’ndirish
200000
200000
200000
200000
Asosiy qarzning umumiy summasi
800000
Foiz to’lovlari
42000
42000
42000
42000
Foiz to’lovlarining umumiy summasi
168000
So’ndirish summasi
242000
242000
242000
242000
Umumiy qaytim summasi
968000
Shuningdek sug’urta badallari hisobini ham jadvalda ko’rsatish qulaydir