Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

4.5. «Gid portfeli»ni tahlash 
 
«Gid portfeli»
deb, ekskursiyani o‘tkazish jarayonida foydalanadigan 
ko‘rgazmali vositalar jamlanmasiga aytiladi. Bu ko‘rgazmali vositalar odatda bitta 
papka yoki portfelda joylashtiriladi. «Gid portfeli»ning vazifasi ob’ektlarni 
ko‘rsatish qatoridagi «bo‘shliq»larni to‘ldirishdir. Eksursiya xizmatida mavzuni 
yoritish uchun zarur bo‘lgan ob’ektlarning hammasi ham asl holicha saqlanmagan 
bo‘lishi mumkin. Masalan, yillar ta’sirida buzilgan tarixiy binoni ekskursantlar 
ko‘ra olmasligi mumkin yoki mazkur ob’ektning avvalgi holati to‘g‘risida 
ekskursantlarga tasavvur uyg‘otish kerakdir. Shu maqsadda ob’ektning avvalgi 
holati haqida tasavvur uyg‘otish uchun fotosuratlarni yoki aksincha, ob’ektning 
kelajakdagi ko‘rinishini tasavvur qilish uchun uning loyihasini ko‘rsatish mumkin. 
«XIX asr madaniyati namoyondalari» nomli ekskursiyada Xiva xoni, shoir 
Muhammad Raximxon Feruz rasmini ko‘rsatib mavzuni yanada boyitish mumkin. 
Ekskursiya xizmatida asl hujjatlar, qo‘lyozmalar, adabiy asarlarning nusxasi gid 


87 
hikoyasini ishonchli qilishga yordam beradi. Ko‘rgazmali vositalarning yana bir 
muhim vazifasi ob’ekt haqida tomoshaviy tasavvur uyg‘otishidadir. «Gid 
portfeli»da fotosuratlar, geografik xaritalar, jadvallar, rasmlar, mahsulot namunalari 
va boshqalar kiritiladi. Bunday «portfel»lar odatda har bir mavzu uchun alohida 
taxlanadi. Ular doimo gidning qo‘lostida bo‘lib, o‘tmish va kelajakka bo‘ladigan 
«sayohat»ni qiziqarli va foydali o‘tkazishga yordam beradi.
«Portfel»ning ko‘rgazmali vositalari ekskursiya mavzusidan kelib 
chiqib,foydalanishga qulay bo‘lishi,lekin son jihatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.Aks 
holda ular ekskursantlarni asosiy ob’ektlardan chalg‘itib, e’tiborini susaytiradi. 
Ko‘rgazmali vositalarni tanlab olishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi: 
-
ulardan foydalanishning zaruriyati va maqsadliligi; 
-
ilmiy ahamiyati, ya’ni qanchalik ushbu ko‘rgazmali vosita ekskursiya 
xizmatini boyitishi, ko‘rsatish va hikoyani ko‘rgazmali va tushunarli qilishi 
mumkin; 
-
jozibadorligi; 
-
aniqligi; 
-
saqlanganlik holati. 
Fotosuratlar, xarita sxemalar, reproduksiyalar 18x24smo‘lchamli karton asosli, 
aniq va tiniq bo‘lishi, avtobusda ko‘rsatishga mo‘ljallangani esa 24x30smga 
kattalashtirilishi zarur.Ijodiy guruh yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda 
to‘plangan ko‘rgazmali vositalardan mavzuni yoritishga gidga yordam beradigan 
eng yorqinlarini tanlaydi va marshrutda ularni ko‘rsatish metodikasini tekshirib 
olishadi. Keyin «portfel»dagi vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni uslubiy 
ishlanmaga kiritishadi. 
«Portfel»dagi har bir ko‘rgazmali vositaga eslatma qog‘ozi birkitiladi va 
ro‘yxatiga aniqlik kiritiladi. Muzeylar, ko‘rgazmalar, arxivlar«portfel» vositalarini 
tanlashga katta yordam qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin