1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
R.S.AMRIDDINOVA, N.E.IBADULLAYEV, G.R.TURSUNOVA,
O.I.TUXLIYEV
EKSKURSIYA XIZMATINI
TASHKIL QILISH
5610300- «Turizm(xalqaro va ichki turizm)», 5610200- «Mehmonxona xo‘jaligini
tashkil etish va boshqarish» ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanma
Samarqand – 2015
2
Ekskursiya
xizmatini tashkil qilish
.
O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Vazirligi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. – Samarqand, 2015, 320 bet.
Annotatsiya
O‘quv qo‘llanmada ekskursiyaning mazmuni va mohiyati, ekskursiya
xizmatining funksiyalari,
xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflash, ekskursiya rahbari-gidga qo‘yilgan
talablar, ekskursiya xizmatini
tayyorlash texnologiyasi, ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash, ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov
ekskursiyasini o‘tkazish tartibi yoritib berilgan.
Shuningdek, ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullari,
ekskursiya ob’ektlarini hikoya qilish usullari, ekskursiyani xizmatining tashkiliy masalalari, O‘zbekistonning tarixiy-
arxitektura yodgorliklariga ekskursiya tashkil qilish, O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya tashkil etish,
turizmning maxsus turlariga
ekskursiya tashkil qilish, ekskursiya marshrutida ekskursantlarning xavfsizligini
ta’minlash, ekskursiya marshrutida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasi keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuni talaba tomonidan yaxshi o‘zlashtirishi bo‘yicha tayanch so‘z va
iboralar, mustaqil
ishlash uchun savollar, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun topshiriqlar va test
savollari berilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
va Mehmonxona
xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga,
magistrlarga
mo‘ljallangan. Undan turizm kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan
mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.