79
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va
mavzusini aniqlash
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayoni uning aniq maqsadini
belgilashdan
boshlanib,
mualliflarga
keyinchalik
ekskursiya
xizmatinitashkillashtirishga yordam beradi. Gidning hikoyasi hamushbu maqsadga
bo‘ysunadi.Ekskursiya xizmatining bir nechta maqsadlarini sanab o‘tamiz:
ekskursantlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ijtimoiy foydali mehnatga
chorlash, boshqa millatlar madaniyatiga hurmat hissini uyg‘otish, estetik tarbiya,
dunyoqarashni
kengaytirish, ilm-fan va madaniyat to‘g‘risida qo‘shimcha
ma’lumotlar berish va boshqalar.
Bir xil ekskursiyalar bo‘lmaydi, ular eng avvalo mavzusi bilan farqlanadi.
Mavzu biror nimaning mazmuniga tegishli tushunchadir. Ekskursiya xizmatining
mavzusi ob’ektni ko‘rsatish va hikoya qilishning predmeti hisoblanadi.
Ekskursiya xizmati mavzusi uning mazmunini qisqa va lo‘nda ifodalaydi.
Mavzuni tanlash potensial talabga, aniq buyurtmagamaqsadli yo‘naltirilgan bo‘lishi
mumkin.
Mavzu
ekskursiyaxizmatining
ob’ekti
va
mavzuostilarnibirlashtiruvchinegiz hisoblanadi. Ijodiy guruh ekskursiya xizmatini
tayyorlash jarayonida ob’ektlarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Ob’ektlar
tanlash masalaning bir tomoni, mavzuni to‘liq va ishonchli yoritib
beruvchi aniq ma’lumotlarni topish ham muhimdir. Ishchiguruhning ko‘p oylik
mehnati
natijasida
yangi
mavzudagi
ekskursiyaxizmatitayyor
bo‘ladi.
Ekskursiyaxizmati mavzusi ob’ektlarni ko‘rsatish va mazmunli hikoya qilish bilan
uzviy bog‘langan bo‘ladi va uning mazmunini boyitadi. Ekskursiyaxizmatining
tarqoq
qismlarini mavzu birlashtiradi, ob’ektni qanday ko‘rsatish va qaysi
ma’lumotni hikoya qilish kerakligiga yo‘naltiradi.
Ba’zi ob’ektlarni bir nechta ekskursiya xizmatlarida ko‘rsatish mumkin.
Masalan,Samarqand viloyatidagi «Registon» maydoni haqida ekskursiya xizmati
mavzusidan
kelib chiqib, turli hajmda ma’lumotlar berish mumkin. Guruh
80
harakatlanadigan yo‘l ustidan ekskursiya xizmatining mavzusiga tegishli
bo‘lmagan ob’ektlar «chiqib turadi». Ushbu ob’ektlar haqida ma’lumotlar qiziqarli
bo‘lishi mumkin, lekin yoritilayotgan mavzu uchun ikkinchi darajali bo‘ladi va gid
ular haqidagi savollarga faqatgina qisqa javob beradi.
Har bir mavzu kichik
mavzuostilardan tashkil topadi. Mavzuostilar to‘liq va mantiqiy tugallangan
bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: