Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lgan egri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2510 "Umumiy
ishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish"
schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotidan hisobdan
chiqariladi.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan mahsulot
ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy
tannarx summalari aks
ettiriladi. Ushbu summalar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 2810
"Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi",
9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schyotlarining
debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq
tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari
bo‘yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari
bo‘yicha
guruhlanishi shuningdek, kalkulyasion hisob alohida schyotlar tizimida
amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir
korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi,
boshqarishni tashkil etish
xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa
belgilari bo‘yicha guruhlanishi hamda kalkulyasion hisob alohida schyotlar
tizimida hisobga olinmasa, 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining analitik
hisobi ham korxonaning alohida bo‘linmalari bo‘yicha yuritiladi.
21-son BHMS ga muvofiq asosiy ishlab
chiqarishni hisobga oluvchi
schyotlar (2000)ning bog‘lanishi quyidagicha
4
:
2- jadval
Dostları ilə paylaş: