Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


– bo‘lim. TIJORAT BANKI CHAKANA BANK XIZMATLARI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH



Yüklə 115,92 Kb.
səhifə6/12
tarix04.03.2023
ölçüsü115,92 Kb.
#86563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi

7 – bo‘lim. TIJORAT BANKI CHAKANA BANK XIZMATLARI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH


Tijorat banki chakana bank xizmatlari bo‘limi faoliyati bilan tanishish, bu borada bankning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish yo‘llariga e’tiborni qaratish.
Banklarning chakana bank xizmatlari bo‘limiga depozit siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda bankning resurs bazasini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda aholi omonatlarini turi va miqdorini ko‘paytirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish mas’uliyati yuklatilgan.
Tijorat banki chakana bank xizmatlari bo‘linmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan so‘nggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida so‘nggi nazoratchi shtat birliklari tashkil etilgan. Amaliyotchilar chakana bank xizmatlari bo‘limining faoliyati bilan tanishishlari va tahlil qilishlari kerak. Bo‘lim tomonidan tashkil etilayotgan monitoring ishlarida amaliyotchining ishtirok qilishi maqsadga muvofiqdir. Belgilangan davr ichida quyidagi masalalar ko‘rib o‘rganishi zarur:
1. Tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan depozit siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
2. Tijorat bankining depozitlari turi va miqdorini ko‘paytirish yuzasidan strategik rivojlanish yo‘nalishlari.
3. Tijorat banki tomonidan taklif etilayotgan milliy valyutadagi depozitlarning turlari va shartlari.
Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun):

  1. Tijorat banki depozit siyosatining 2022 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari.

  2. Depozitlarni ochish paytida rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

  3. Depozitlar bo‘yicha naqd va naqd pulsiz yo‘l bilan mablag‘larni qabul qilish va berilishida (ishlatilishida) rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

  4. Depozit operatsiyalari bo‘yicha marketing tadqiqotlari materiallari.

  5. Depozit operatsiyalari bo‘yicha reklama materiallari

  6. Depozit operatsiyalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar

  7. Omonat sertifikatlari

  8. Omonat daftarchasi

  9. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi

  10. Kirim orderi

  11. So‘ngi nazorat xabarnoma

  12. Chiqim orderi




Yüklə 115,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin