1.
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
O’quvchilarga tarqatma materiallar orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
11 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni. O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifalar berish
|
4 daqiqa
|
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:
1. Yorug’likning tabiiy manbalari.
2. Yorug’likning sun’iy manbalari. Yorug’likning sun’iy manbalarini turmushda va texnikada qo’llanilishi.
3. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi.
Qadimgi greklar inson ko‘zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular narsa, buyumlarga tushib uni ko‘radi, deb o‘ylaganlar. U holda ko‘zning ko‘rishi kechasi va kunduzi bir xil bo‘lishi kerak emasmi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug‘likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni yorug‘lik nuri deb ataladi. Yorug‘lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko‘zimizga tushsa, ularni ko‘ramiz deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug‘lik bilan bog‘liq ko‘pgina hodisalarni tushuntirsada, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu yoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug‘lik ta’sirida rangi o‘chib ketishi, o‘simliklar bargining yashil bo‘lishi va h.k.
O‘zlaridan yorug‘lik chiqaradigan jismlar yorug‘lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o‘zlaridan yorug‘lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o‘ziga tushgan yorug‘likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko‘zgular. Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o‘zlaridan nur chiqaradi. Yorug‘lik manba larini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun’iy manbalar. Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog‘dusi, yaltiroq qo‘ng‘izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug‘likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug‘lik manbalariga sun’iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi. Yorug‘lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo‘ladi. Jismlarning yorug‘lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo‘lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o‘zgaradi. Masalan, elektr lampochkasidan belgilangan tok o‘tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.
Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan jismlar yorug‘likni qabul qilgichlar deyi ladi. Inson ko‘zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, Quyosh batareyalari, pult bilan boshqariladigan televizor va magnitofonlar shular jumlasidandir. O‘simliklarda Quyosh nurlari ta’sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo‘lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog‘ hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |