Dam olish daqiqasi.O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagicha dam olish daqiqasi bajariladi.
Shamol esadi g‘uv-g‘uv,
Yig‘laydi bulut duv-duv
Osmonda quyosh xafa
Kulib boqsin u yana!
Dam olish daqiqasida yana ekranda “vertolyot” trenajor mashqi bajariladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
694-masala ham doskada ishlanadi. Masalalami yeching va yechilishlarini taqqoslang:
1) Tegirmonga 39 qop bug‘doy va 27 qop arpa keltirildi. Tegirmonga arpaga qaraganda 840 kg ko‘p bug‘doy keltirildi. Agar bug‘doyli va arpali qoplar bir xil massaga ega bo‘lsa, tegirmonga necha kilogramm bug‘doy va necha kilogramm arpa keltirilgan?
Masalaning qisqa sharti:
B ug‘doy – 39 qop, 840 kg ortiq
Arpa – 27 qop,
Bug‘doy - ? kg
Arpa - ? kg
Yechish:
39-27=12 (qop)
840:12=70 (kg)
39·70=2730 (kg)
27·70=1890 (kg)
Javob: bug‘doy 2730 kg, arpa 1890 kg keltirilgan.
2) Tegirmonga bir xil qoplarda 2 730 kg bug‘doy va xuddi shunday qoplarda 1 890 kg arpa keltirildi. Bug‘doy arpaga nisbatan 12 qop ko‘p keltirildi. Necha qop bug‘doy va necha qop arpa keltirilgan.
Masalaning qisqa sharti:
B ug‘doy – 2730 kg, 12 qop ko‘p
Arpa – 1890 kg
Bug‘doy - ? qop
Arpa - ? qop
Yechish:
2730-1890=840(kg)
840:12=70(kg)
2730:70=39(qop)
1890:70=27(qop)
Javob: bug‘doy 39 qop, arpa 27 qop keltirilgan.
Masalalar bajarilib bir-birlari bilan solishtirib farqini tushunib olgach, vagonlardan yana biri yuradi. Shundan so‘mg mavzuga oid trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar berilgan misollarning bo‘linma va qoldig‘ini tog‘ri topsangiz qo‘ziqorin haqidagi qiziqarli ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Misol
|
Bo‘linma
|
Qoldiq
|
682:96
|
7
|
10
|
511:63
|
8
|
7
|
341:37
|
9
|
8
|
581:58
|
10
|
1
|
Agar to‘g‘ri moslashtirilsa misollarning o‘rniga qo‘ziqorin rasmi chiqib, u haqida ma’lumot beriladi.
Bilasizmi, olimlar 1960-yilgacha “Qo‘ziqorin o‘simlikmi yoki jonivor?” deya o‘zaro bahslashishgan ekan. Axiri qo‘ziqorinlar zamburug‘lar oilasiga kiradi, degan ilmiy xulosani qabul qilishgan. Dunyoda qo‘ziqorinlarning taxminan 2 millionga yaqin turi mavjud. Ammo olimlar atigi 100 mingga yaqin qo‘ziqorin turini o‘rganishgan, xolos. Qo‘ziqorindan mazali taomlartayyorlash mumkin. Lekin ba’zi qo‘ziqorinlar zaharli bo‘ladi. Tanlashni bilmaydigan odam qo‘ziqorindan zaharlanib qolishi ham hech gap emas. Qo‘ziqorin judayam tez o‘sadi.
Oxirgi vagon o‘rnidan siljiganda o‘qituvchi bugungi kutilgan natijaga erishilganini aytadi va “quvnoq vagon” da kelajak sari yana bir omadli yurish qilinganini aytadi.
695- masala sharti tushuntiriladi.
Do'konga har biri 50 kg dan 4 qop un keltirildi.Hamma un 2 kg dan qilib xaltachalarga joylandi.
Nechta xaltacha kerak bo'lgan?
50•4= 200 200:2= 100
Javob; 100 xaltacha
V. O‘quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash 696-topshiriq.
Dostları ilə paylaş: |