ILM-FAN VA TABIAT: Mavzu: “Kimning uyi mustahkam” uy maketlarini tajribada sinab ko`rish. Faoliyatning borishi:
Rasmlar orqali uylar nimalardan qurilishi haqida bilim va mallakalarini oshirish.
Uy namunalarini ko`zdan kechirish.
Uylarning nimadan qurilganligini tahlil qilish.
Tayyor uy maketlarini birma-bir qo`pol harakatlar orqali mustahkamligini sinab ko`rish.
Qo`shimcha: Jamoa bo`lib qamishdan chayla qurishni taklif etish.
QURISH-YASASH VA MATEMATIKA MARKAZI: “Oilamiz uchun uy” mavzusida legodan uy yasash tavsiya etiladi. Faoliyatning borishi:
Uy qurilish jarayonini AKT orqali kuzatish.
Uy qurishni bolalar bilan rejalashtirish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Shinam uy qurish.
Uy uchun foydalanilgan materialni tahlil qilish.
Natijani tahlil qilish va do`stlari bilan o`rtoqlashish.
Qo`shimcha: Mavzuga doir multfilm namoyish etish.
SYUJETLI-ROLLI VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI: “Zumrad va Qimmat” ertagini sahnashtirish. Faoliyatning borishi:
Bolalar birgalikda ertak mazmunini eslaydilar.
Rollarni o`zaro taqsimlaydilar.
Ertak syujetini ijro etadilar.
Qo`shimcha: FRN orqali multfilm tomosha qilish.
Tarbiyachi: Bizning guruhimizni oila deya olamizmi? Biz ahil, inoq bo`lib bog`chamizga qatnayapmiz. Kelinglar mana bu qogozga hammamizning qo`llarimizni rasmini tushurib guruhimizga ilib qo`yamiz. Bugundan boshlab biz bog`chamizning “Eng mustahkam guruhi” bo`lamiz.
(Bolalar qo`llarini rangli bo`yoqlarga botirib “Eng mustahkam guruh” deb nomlangan katta oq qog`ozga qo`llarining izini qoldirishadi va rasm qabulxonaga ilib qo`yiladi)