Ulug’murodova Yulduz Abdulxoshimovna SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA AMARANTHUS HYBRIDUSNING AYRIM BIOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI Mutaxassislik: 70510101-Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
D I S S E R T A T S I Y A
Ilmiy rahbar: qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor A.L.Sanakulov
Samarqand 2023
MUNDARIJA
Kirish
1
ABIYOTLAR SHARHI.
1.1
Amarantning madaniylashtirish tarixi va morfologik belgilari to’g’risida
1.2
Amarantning fizologik belgilari va bioekologik xususiyatlari to’g’risida
Samarqand viloyatida ekilgan Amarantning morfologik xususiyatlari
3.2
Samarqand viloyatida ekilgan Amarantning fiziologik ko’rsatkichlari
4
XULOSALAR
5
ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Dunyo aholisi soni ortib borishi bilan oziq-ovat muammosi ham , tabbiy holdagi to’yimli, oqsilga boy sifatli oziq-ovqat, suvtejamkor,iqlim o’zgarishlarning turlixil omillariga moslashuvchan , jahon bozorida haridorgir, dorivor va yuqori biomasaga ega har tomonlama universal o’simliklarni ekish ko’paytirish hozirgi zamon talabidir.Bundan tashqari suv tanqisligi bo’lgan qurg’oqchil hamda sho’rlangan maydonlarning tobora ortib borishi, ekologik muammolarning keskinlashishi sababli bunday tuproq iqlim sharoitlarida yetishtirish mumkin bo’lgan ozuqabop o’simliklar ustida ilmiy hamda amaliy izlanishlar olib borish maqsadida Prezidentimizning (2008 yilda) «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora tadbirlari to’g’risida»gi farmoni e’lon qilindi. Shu munosobat bilan so’nggi yillarda mamlakatimizda kuzgi bug’doy, paxta va boshqa oziqabop ekinlar hosildorligi barqaror oshayotgan bo’lsada bir qator muammolar to’planib qoldi.
Shuning uchun sarf xarajatlarni, resurslarni, energiyani tejab, tuproqni ikkilamchi sho’rlanishini oldini olishga, unumdorligini oshirishga imkon beradigan yangi davr talablariga javob beradigan agrotexnologiyalarni kompleks ravishda ishlab chiqish o’simlikshunoslikdagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Ana shunday qimmatbaho o’simliklardan biri Amarant hisoblanadi. Amarant o’simligi yuqori mahsuldorligi,ko’plab elementlar mujassam bo’lgan muhim oqsil va aminokislotaga boyligi tufayli ayni paytda xalq xo’jaligi sohasida oziq-ovqat, yem-xashak, siderat va biologik faol moddalar olishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlikdir.Amarant o’simligi XXasrning 30-50 yillarida asosan Ukraina va SHimoliy Kavkazda yem-xashak ekini sifatida muvaffaqiyatli yetishtirilgan. So’nggi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha , amarantning doni oqsil, aminokislotalar tarkibi,vitaminlar, makro va mikroelementlar, biologik aktiv moddalar , lipidlarning sifatli tarkibi bo’yicha asosiy an’anaviy oziq –ovqat ekinlaridan ustun turadi.BMTning oziq ovqat bo’yicha ekspertlari amarantni XXI asr o’simligi deb hisoblashmoqda.
U eng ko'p ishlatiladigan donlarga qaraganda ko'proq proteinni o'z ichiga oladi. Alanin, arginin, valin, fenilalanin, leysin, metionin, triptofan, alfa-aminobutirik kislota, izolösin, serin aminokislotalarining tarkibi ancha boy va muvozanatli. Amaranthning yog 'kislotalari 47% linoleik, 26% oleyk va 19% palmitik yog' kislotalarini tashkil qiladi. Skualen va tokotrienolning yuqori miqdori bilan LDL xolesterinni kamaytiradigan ta'sirga ega. U magniy, fosfor va kaltsiy minerallarining yuqori miqdoriga ega va tolaning yaxshi manbai hisoblanadi. Amaranthning kraxmal miqdori bug'doynikiga qaraganda kamroq bo'lib, bu muhim xususiyatdir.100 g amaranth tarkibida kaltsiy miqdori 100 ml sutnikidan yuqori. Bu amaranth kaltsiyning yaxshi manbai ekanligini ko'rsatadi. Rivojlanish yoshidagi bolalar va sut iste'mol qila olmaydigan odamlar kaltsiyga bo'lgan ehtiyojlarini amaranth donidan qondirishlari mumkin. Boshqa donlar (makkajo'xori, javdar, grechka, guruch) bilan solishtirganda amaranth yuqori protein tarkibiga, yuqori lizinga, kamroq uglevod va kraxmalga, shuningdek, kaltsiy, temir va magniyga nisbatan ancha yuqori.
Amaranth tarkibidagi skualen teriga namlovchi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, uning saratonga qarshi himoya ta'siri muhim xususiyatdir. Yana bir o'ziga xos xususiyat shundaki, u gipertenziya xavfini kamaytiradi va diabet bilan og'rigan bemorlarning qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Albatta, u tarkibidagi kaltsiy bilan suyak rivojlanishiga muhim hissa qo'shadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'yicha bir qator vazifalarga asosiy e'tibor qaratilgan.Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi agrar sohaga ixtisoslashgan, qishloq ho'jalik ekinlarining deyarli barcha turlari bo'yicha yuqori hosil olishga mos qulay iqlim sharoitiga ega mamlakat hisoblanadi.
Amarant o’simligi yuqori mahsuldorlikka ega bo’lib, vitaminlar va minerallarga to’yingan ko’k massa (1500 s/ga gacha), don (60 s/ga gacha) beradi. U yuqori sifatli oqsil tarkibiga ega bo’lib, donida 20% gacha, barglarida 4,0% gacha, don va barglarida mos ravishda 10 va 6% gacha moy bo’ladi (Breus I.P., 1998; Magomedov I.M., 1989; Chernov I.A., Zemlyanoy B.Ya., 1991; Saunders R.M., Becker R., 1984; Wegerle N., Zeller F.J.1995).
Oziq modda va vitaminlar tarkibi bo’yicha ham amarant an’anaviy donli va yem-xashak ekinlar bo’lgan bug’doy, arpa, sholi, raps, soyadan ustun turadi va lizin tarkibi bo’yicha bedadan qolishmaydi (Breus I.P., 1998).
Amarantdan fitomeliorativ maqsadda ham foydalanish mumkin. Uning ba’zi turlari tuproqdagi natriy xloridli sho’rlanishga chidamli xususiyatga ega. Tuproq tarkibidagi NaCl konsentrasiyasi 10 mM bo’lganda o’simlikning o’sishi tezlashadi va mahsuldorligi ortadi. O’simlik NaCl ni intensiv o’zlashtirib tuproq tuz rejimini yaxshilaydi. Bunday tuproqlarga 2-3 yil davomida amarant yetishtirish hisobiga tuproq tuz rejimini yaxshilash va bug’doy yetishtirish uchun yaroqli holatga keltirish mumkin (Chirkova T.V., 1999).
Ba’zi og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni fitoremidasion uslub bilan sog’lomlashtirish uchun amarant o’simligidan foydalanilganda ham amarant o’simligi og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarda o’sishi va tuproqni tozalash xususiyatiga ega ekanligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud (Cheremisina A.I. (2011).
Biogaz ishlab chiqarish jarayonida organik substratning metan gazi ajralishi ortishi uchun mikrobiologik jarayonlarni yaxshilash maqsadida ham amarant o’simligi sharbati va to’ppalaridan foydalanilganda amarant qo’llanilgan substratda metan hosil bo’lishi nazoratga nisbatan yuqori bo’lganligi isbotlangan. (Belostoskiy D.Ye., 2012).
Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tarkibida biologik faol moddalar va antioksidant moddalar manbai, asosan past molekulali suvda eruvchan, tirik organizmlarda yuqori fiziologik faollikka ega bo’lgan dorivor qishloq xo’jalik ekinlarini ko’paytirish bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda (Molchanova A.V., 2008; 2011; Bikov Yu.V., 1999). Antioksidantlar erkin radikallarni o’ziga biriktirib olib xavfli kasalliklarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shunga bog’liq ravishda yangi va quritilgan holda taom tayyorlashda foydalaniladigan yashil va bargli sabzavotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillardagi ma’lumotlarga qaraganda xuddi shunday ekinlardan biri barglari sabzavot sifatida foydalaniladigan, tarkibida murakkab kimyoviy kompleks birikmalar saqlaydigan amarant hisoblanadi. Ushbu o’simlik odam organizmiga har tomonlama ijobiy ta’sir qiladi (Molchanova A.V., 2011; Bikov Yu.V., 1999).