Samarqand viloyati sharoitida amaranthus hybridusning ayrim biologik va fiziologik xususiyatlari



Yüklə 193,47 Kb.
səhifə16/16
tarix11.06.2023
ölçüsü193,47 Kb.
#128402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3 БОБ (2)

Xulosalar
1.Amarant navlarining vegetasiya davri davomiyligi nav tavsifi bo’lishi bilan birga tuproq-iqlim sharoitlarida qisman o’zrishi aniqlandi. Bunda amaranthus hybridus navi boshqa navlarga qaraganda vegetasiya davri eng uzun (98-101 kun), Xarkovskiy 1 navida 92-95 kun va Krepish navida eng qisqa (73-79 kun) bo’lganligi aniqlandi.
2.amarant navlari bo’yining balandligi nav xususiyati bo’lishi bilan birga meteologik sharoitlar va grotexnologik tadbirlar ta’sirida o’zgaradi. Qulay oziqlanish sharoitida o’simlikalar baland poyali bo’lishi ta’minlanadi. amaranthus hybridus navi butun vegetasiya davomida o’sishda davom etib, boshqa o’rganilgan navlarga qaraganda baland bo’yli bo’lsa, Krepish navi unib chiqqandan 50 kunlargacha jadal o’sib, keyinchalik o’sishning susayishi sodir bo’ladi
3.xlorofil miqdori bo’yicha Amarantus gidridus navi boshqa navlarga qaraganda ustun bo’lib, barglari to’q yashil rangda bo’lishi aniqldandi. Karotinoidlar miqdori Xarkovskiy 1 navida boshqa navlarga qaraganda ko’p bo’lib, Amarantus gibridus navi oraliq o’rinda bo’lishi aniqlandi.
4. , amarant navlari hosil strukturasi uning muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanib, o’rtacha hisobda barg massasi 16,6-17,3 %, poyasi 54,7-56,4 %, ro’vagi 27,0-28,0 % ni tashkil etib, amaranthus hybridus boshqa navlarga qaraganda poyasi baquvvatligi aniqlandi.
5. Samarqand viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida amarant yetishtirishda Amarantus gibridus navida eng yuqori yashil massa (mutloq quruq modda) olish ta’minlanadi. Urug’ hosildorligi bo’yicha esa eng yuqori ko’rsatkich Xarkovsiy 1 navidan olinadi. Shunga ko’ra, mazkur sharoitda yashil massa hosili yetishtirishda amaranthus hybridus va urug’ hosil olishda Xarkovsiy 1 navlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
6. Amarant navlarining ildiz-ang’iz qoldiqlari amarant navlari orasida Amarantus gibridus barcha ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa navlarlan ustun bo’lib, Xarkovskiy1 va Krepish navlari keyingi o’rinlarda va ayniqsa, Krepish navi ko’rsatkichlar bo’yicha oxirgi o’rinda bo’lishi qaniqlandi.
7. amarant navlarida gullash fazasida protein miqdori ko’p bo’lib, sut-mum pishish fazasiga kelib uning kamayishi kuzatilsa, yog’ miqdori gullash fazasidagiga qaraganda sut-mum pishish fazasida ko’payishi kuzatiladi. Shu bilan birga kletchatka miqdorining ko’p bo’lishi kul moddlari miqdori ko’p bo’lishiga olib keladi. Sut-mum pishish fazasida kul moddalarining kamayishi esa, o’simlikning reproduktiv organlarida organik moddalar ko’payishi bilan bog’liq.
8. amarant navlarining transpirasiya jadalligi asosiy muhit omillariga (yorug’lik, namlik, harorat), amarant navlarining anatomo-morfologik tuzilishiga, yuqori va quyi yarus barglarining transpirasiya xususiyatlariga, nav xususiyatiga qarab barglarning transpirasiya jadalligiga bog’liq.
9. , barcha o’rganilgan amarant navlari Samarqand viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida noqulay tashqi omillarga yaxshi moslashadi, transpirasiyaning yuqori jadalligi tufayli ular yaxshi rivojlanadi va yuqori harorat va past havo namligi sharoitlarida ham yaxshi o’sib, rivojlanadi hamda yuqori hosildorlikni ta’minlaydi.
Yüklə 193,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin