SAMARQAND VILOYATI
STATISTIKA BOSHQARMASI
2019-yil
yanvar-may
Xizmatlar sohasining rivojlanishi
11
Zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish
uchun shart-sharoitlar
yaratish maqsadida innovatsion bank texnologiyalarini joriy etish,
jumladan, "raqamli" banklar va ularning chakana xizmatlarni ko'rsatish,
masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish va to'lov
tizimini yanada
rivojlantirishga ixtisoslashgan bo'limlarini faoliyatini tashkil etish moliyaviy
xizmatlar jadal rivojlanishiga yordam beradi.
Zamonaviy biznesni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit
hozirgi zamon infratuzilmasidan foydalanish hisoblanadi.
Yirik bozorlar,
Internet-savdo, xom-ashyo, komponentlar
va texnologiyalarni izlash,
reklama va marketing faoliyati, jarayon
va texnologiyalar tizimini
boshqarish, shuningdek raqamli tizimlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha
ixtisoslashtirilgan ma'lumotlar bazalari zamonaviy tashkilotning majburiy
xususiyati hisoblanadi.
2019-yil
yanvar-may
oylarida
aloqa
va
axborotlashtirish
xizmatlarining hajmi 232,5 mlrd. so'mga teng bo’ldi. O'tgan
yilning mos
davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o'sishi 8,2 % ni tashkil etdi.
Ko'rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 5,2 % ni
tashkil etdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya
xizmatlari (simli
va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog’i, yo'ldoshli
aloqa xizmatlari va boshqalar) katta qismni egallab,
uning ulushi
97,8 % ni tashkil etadi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida nashriyot
xizmatlari 1,4 %,
kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari
va boshqa yordamchi xizmatlar - 0,5 %, axborot
sohasidagi xizmatlar -
0,2 % ni tashkil etadi.