Samdu kfning filiali ``Aniq va tabiiy fanlar`` fakulteti Kimyo yo`nalishi 22 08 guruh talabasi Qodirova Go`zalning Kimyo o`qitish metodikasidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 3,44 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü3,44 Kb.
#166237
kimyo o`qitish metodikasi

SamDU Kfning filiali ``Aniq va tabiiy fanlar`` fakulteti Kimyo yo`nalishi 22_08 guruh talabasi Qodirova Go`zalning Kimyo o`qitish metodikasidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu:Kirish.<>gi qonun va <> <> fanining nazariy va amaliy asosi.

Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash - kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish.

Kimyo o'qitishning metodologik asosi - kadrlar tayyorlash milliy dasturidir. Isloh qilishning asosiy yo'nalishlariga ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarni kimyo fanlari mavzulariga tatbiq etib o'qitish va ta'limning samaradorligini oshirish asosida dunyo andozalariga javob bera oladigan axloqiy va ma 'naviy yetuk kadrlar tayyorlash kiradi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'quvchilarning bilim va dunyoqarashini ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantirib borishga katta e'tibor qaratilgan shuningdek, milliy dasturda iqtidorli o'quvchilarni kamol toptirish respublikamizning taraqqiyoti uchun juda muhimligi ta'kidlab o'tilgan.

Kimyo o'qitish metodikasiga oid dastlabki ilmiy g'oya va qarashlar XVIII asrga kelib paydo bo'ldi. Jumladan, rus olimi M.V.Lomonosov atom-molekulyar ta'limotni yaratib, moddalarning xossalarini ularning ichki tuzilishi yordamida asoslash mumkinligini ko'rsatdi. O'zining «Chin fizik-kimyo muqaddimasi» asarida kimyo fanining vazifalari, mazmuni va metodlarini ko'rsatib berdi.

1990-2012-yillar davomida professor H.T. Omonov kimyo o'qitish metodikasi bo'yicha qator ilmiy maqolalar e'lon qildi va soha rivojiga munosib hissa qo'shdi. Uning rahbarligida kimyo o'qitish metodikasi bo'yicha uch nafar pedagogika fanlari nomzodlari tayyorlandi.


Yüklə 3,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin