Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə2/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
O\'zbek tili Bank ishi

1

1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)

Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin