O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida 9,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi! Bu ko‘rsatkich 2018 yilning yanvar-dekabriga (9,3%) nisbatan 0,1%ga ko‘p, biroq 2018 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,3%ga pastroqdir.
Eng yuqori ishsizlik darajasi 9,7% bilan Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida (8,0%) aniqlandi. Ishga muhtoj aholi soni 1 391,1 ming kishini tashkil etdi.
Ishsizlik darajasi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida 15,3%ni, shundan 15−25 yoshlilar o‘rtasida 17,1%ni, ayollar ishsizligi esa 13%ni ko‘rsatdi.
Ijtimoiy faol bo‘lmagan aholi soni homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi yoki 2 yoshgacha bo‘lgan farzandlar qarovidagi ayollar (50,3 ming) ortishi hisobiga, garchi o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmagan shaxslar (8,7 mingga) biroz kamaygan bo‘lsa-da, 4,186,8 ming kishini (1 foizga ko‘paygan) tashkil etdi.